Toshkent viloyati Qibray tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi Djaparxodjayev Saydalim


Download 176.32 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi176.32 Kb.
#152581
Bog'liq
vitaminlar dars ishlanma



Toshkent viloyati Qibray tumani

4-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi Djaparxodjayev Saydalimning Vitaminlar mavzusida ishlangan

bir soatlik dars ishlanmasi

Sana:________“___” Sinf: 8
Mavzu.Vitaminlar.

I.Darsning maqsadi:

a)ta’limiy maqsad: O’quvchilarga vitaminlar haqida bilimlar berish.

b)tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni shaxsiy gigiyenaga amal qilishga undash, ekologik, iqtisodiy, ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

c)rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d) shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3

II.Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning texnolgik xaritasi


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar




VIII.Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Vitaminlar (lot. vita - hayot va amin, hayot aminlari) - tirik organizmda juda muhim biokimyoviy va fiziologik funksiyalarni bajaradigan yuqori molekulali birikmalar. Vitaminlar lotin alifbosidagi А, В, C, D, E va boshqa bosh harflar orqali ifodalanadi.

Vitaminlarni o'rganishga rus olimi N.I. Lunin asos solgan. Bu terminni 1912-yilda polyak olimi K. Funk taklif etgan. Organizmda vitamin yetishmasligi avitaminoz deyiladi. Vitaminlar organizmda sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiya- lami kuchaytiradi va oziq moddalar o’zlashtirilishiga ta’sir ko'rsatadi. Fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini ta’minlaydi. Organizmda vitamin yetishmaganida moddalar almashinuvi izdan chiqib, odamning mehnat qobiliyati, yuqumli kasalliklarga chidamliligi pasayadi. Vitaminlar organizmga juda kam miqdorda (sutkada bir necha mkg dan bir necha mg gacha) kerak. Ular organizmda sintezlanmaydi yoki juda kam sintezlanadi. Odam organizmi vitaminlarni, asosan, o’simlik va hayvon mahsulotlaridan oladi. Organizmda ayrim vitaminlarning hosil bo'lishida ichakda yashovchi mikroorganizmlar katta ahamiyatga ega. O'simliklarda vitamin hosil qiluvchi moddalar - provitaminlar (masalan, karotinoidlar) bor. Odam va hayvonlar organizmida ulardan vitaminlar hosil bo’ladi.

A vitamini, asosan, baliq yog'i, sariyog’, sut, tuxum sarig’i, baliq ikrasi va boshqa hayvon mahsulotlarida mavjud. O’simliklardan sabzi, ismaloq, pomidor, o’rik va qizil garmdorida bu vitaminni hosil qiladigan karotin moddasi bo’ladi. A vitamini organizmning o’sishi va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu vitamin yetishmaganida ko’pincha shabko’rlik paydo bo’ladi. Bolalar ovqatida A vitamini yetishmaganida ularning bo’yi va sochlari yaxshi o’smaydi, tishlarining shakllanishi buziladi. O’pka va ichakning jarohatlanishi kuzatiladi. Odam har kuni 1 g ga yaqin A vitamini iste’mol qilishi lozim.

С vitamini oqsillar va karbonsuvlar almashinuviga ta’sir qiladi. Bu vitamin na’matak, qora smorodina, limon, apelsin, piyoz, sarimsoq, ko’pchilik o’simliklar mevasi va o’simliklarning yashil qismi, ayniqsa novdasida hamda ko’katlarda mavjud. Organizmda С vitamini yetishmaganida singa kasalligi paydo bo’ladi. Bu kasallikda odamning tish milklari qonaydi, og’zining shilliq pardasiga mayda yaralar toshadi. tishlari tushib ketadi va bo’g’imlari og’riydi. Kamqonlik paydo bo'ladi hamda immuniteti keskin pasayib ketadi.

В vitaminlari guruhi. Bu guruhga B1 B2, B6, B12 kabi bir qancha vitaminlar kiradi. B: vitamini uglevodlar almashinuviga ta’sir qiladi. Shuning uchun bu vitamin yetishmaganida karbonsuvlar jadal almashinadigan organ va to'qimalar (yurak, nerv sistemasi, muskullar) ishi buziladi.

B1 vitamini boshoqli va dukkakli ekinlar donida va tuxum sarig'ida, oz miqdorda ayrim sabzavot va mevalarda, ya’ni ismaloq, sabzi, karam, piyoz va olma mevasida bo’ladi. Ovqatda B] vitamini yetishmaganida beri-beri kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallikda tomir tortishib, ko‘krak qafasi, diafragma va qo‘l-oyoq muskullari shol bo‘lib qoladi. Ilgari bu kasallik Tinch okean orollarida yashovchi, ko‘p guruch iste’mol qiladigan xalqlar orasida keng tarqalgan edi.

B12 vitamini biologik o'ta faol modda. Metionin aminokislotasi, nuklein kislotalar sintezi, qon hosil boTishida ishtirok etadi. Bu vitamin tanqisligi, odatda, oshqozon-ichak kasalliklari ta’sirida uning ichak orqali so'rilishining buzilishi natijasida kelib chiqadi. B12 vitamini, asosan hayvon mahsulotlari bilan organizmga tushadi, bakteriyalar ishtirokida odam ichagida bam oz miqdorda sintezlanadi. Bu vitamindan tibbiyot, chorvachilik va parrandachilikda keng foydalaniladi. B12vitamini yetishmasa kamqonlik paydo bo'ladi.

D vitamini, Bu vitamin organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi, umuman suyaklanish jarayonida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmaganida, orga­nizmda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishi oqibatida bolalarda raxit kasalligi paydo bo'ladi. Raxit bilan og'rigan bolaning suyaklari to'g'ri shakllanmaydi, oyoqlari qiyshiq o'sadi, qorni kattalashadi. Baliq yog'i, jigar, sariyog', baliq ikrasi, tuxum D vitaminiga boy bo’ladi. Quyosh nuri ta’sirida odam terisida D vitamini sintezlanadi. Shuning uchun yosh bolalarni ertalab va kechqurunlari ochiq havoda sayr qildirish lozim.

Oziq moddalarda vitaminlarni saqlab qolish. Oziq-ovqat mahsulotlarida vitaminlarning saqlanib qolinishi ularning saqlanish sharoiti va muddati, ovqat tayyorlash texnologiyasi bilan bevosita bog'liq. A, Bx, B2 vitaminlari har qanday ta’sirga chidamsiz boadi. A vitamini ovqat pishirish, mahsulotlarni quritish davo­mida parchalanib ketadi. A vitamini pishirilgan sabzida xom sabziga nisbatan ikki marta kamayadi. Pishirilgan go'shtda Вguruh vitaminlari 15-60 %, o'simlik mahsulotlarida to'rtdan bir qismi saqlanib qoladi.

С vitamini issiqlik ta’sirida va ochiq havoda oson yemiriladi. Shu sababdan sab’zavotlarni

bevosita ovqatga solishdan oldin tozalash, ko'p qaynatmaslik, qopqoqni yopib pishirish lozim. С vitamini metall idishlarda ham tez parchalanadi. Shu sababdan sabzavotlar faqat emalli idishlarda pishiriladi. Sabzavotli ovqat pishgandan so‘ng tezda iste’mol qilinadi.

Odam har kuni ovqat bilan vitaminlarni zarur miqdorda qabul qilishi kerak. Olma, sabzi va boshqa sabzavotlar, ko‘katlar qish faslida vitaminlarning asosiy manbai hisoblanadi. Oziq moddalarda vitaminlar yetishmaganida shifokor tavsiyasi bilan vitaminli preparatlardan fbydalanish mumkin. Lekin vitaminlarni keragidan ortiq iste’mol qilisb ham salbiy oqibatlarga olib keladi.





Yangi mavzuni mustahkamlash:



Darsni mustahkamlash uchun quyidagi jadvalni to’ldirish


Vitamin turi

Qaysi maqsulotlarda uchraydi

Vazifasi

A vitamini







C vitamini







D vitamini







B1 vitamini









Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish ______________________

Foydalanilgan adabiyotlar: 8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi: ______________________________________________
O`quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________________
Download 176.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling