Toshkent viloyati shaharlari


Download 68.82 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi68.82 Kb.
#1282173
Bog'liq
TOSHKENT VILOYATI SHAHARLARI


TOSHKENT VILOYATI SHAHARLARI


Reja:

  1. Toshkent viloyati 

  2. Toshkent shahar

  3. Toshkent

Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938-yil 15-yanvarda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2.931 million kishidan ziyod (2022). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (BekobodBoʻkaBoʻstonliqZangiotaOqqoʻrgʻonOhangaronParkentPiskentChinozYuqori ChirchiqYangiyoʻlOʻrta ChirchiqQibrayQuyi Chirchiq), 17 shahar (AngrenBekobodBoʻkaDoʻstobodKelesOlmaliqOqqoʻrgʻonOhangaronParkentPiskentToshkentToʻytepaChinozChirchiqYangiyoʻlYangiobodGʻazalkent), 18 shaharcha (AlimkentBoʻzsuvGulbahorZafarIskandarKrasnogorskNurobodOlmazorSalorTuyaboʻgʻizChigʻiriqChorvoqEshonguzarYangibozorYangi chinozYangihayotOʻrtaovulQibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Nurafshon shahri.
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Viloyatning shimoliy va shimoli-sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʻlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Manas togʻi (4484 m). Chatqol va Qurama togʻlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʻtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi (Chirchiq-Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʻi, Angren-Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʻngʻir kumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868-yilda Toshkentda boʻlib oʻtdi va 1966-yilda takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda.[2]
Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,3°, −1,8°, eng past temperatura −34° (tekislikda), −38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha tempaturasi 26,8°, eng yuqori temperatura 43-47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350-400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo — oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari — Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqa Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor.
Tuproklari: tekislikda boʻz tuproq, togʻ etaklarida (500-600 m balandlikkacha) tipik boʻz tuproq, undan balandroqda chimqoʻngʻir, yuqrrirokda oʻtloqidasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʻtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʻla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Togʻ etaklari va togʻlarda (1200-1400 m balandlikkacha) togʻ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʻ etaklari va togʻlarning oʻrtacha balandliklarida olmazor va yongʻoqzorlar uchraydi, togʻolcha oʻsadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qoʻshoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va boshqa, Sirdaryo toʻqaylarida chiyaboʻri, tolay quyoni, qobon; togʻ etaklari va togʻlarda ayiq, tulki, togʻ qoʻyi, jayra, boʻrsiq, kaklik, toʻrgʻay, archa boltatumshugʻi va boshqa, togʻ daryolari va jilgʻalarda qora baliq, osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida „Chimyon“, „Burchmulla“, „Bogʻiston“, „Xumson“, „Oqtosh“ kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurort va dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 km uzoqlikda „Toshkent mineral suvlari“ balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida UgomChatqol milliy bogʻi (maydoni 574 ming ga) tashkil etilgan. Boshqizilsoy boʻlimida meteorologiya styasi (1956-yildan) faoliyat koʻrsatadi.
Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlidagi ilmfan, gʻunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bulgan. Xoʻjakent yaqinidagi gʻordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi.
Toshkent Аglomerаtsiyasi – aholi, soni, hududining kattaligi va xoʼjalikdagi ahamiyatiga koʼra Oʼrta Osiyoda shakllangan shahar va qishloqlarning eng yirik, murakkab hududiy tizimi. 6,4 ming km2 maydonni egallaydi. Uning tarkibiga 10 ta shahar (Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʼl, Fazalkent, Keles, Parkent, Oqqoʼrgʼon, Doʼstobod, Chinoz, Toʼytepa) va 17 ta shaharcha (Аlimkent, Boʼzsuv, Gulbahor, Iskandar, Olmazor, Salor, Tuyaboʼgʼiz, Ulugʼbek, Chorbogʼ, Chigʼiriq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangihayot, Yangi Chinoz, Oʼrtaovul, Qibray, Qiziltogʼ) hamda 600 dan ortiq qishloq kiradi. Аglomeratsiya doirasida 4 mln. ga yaqin aholi yashaydi, shundan 2,6 millioni shahar aholisi, urbanizatsiya darajasi 72% ni tashkil etadi. Mazkur hudud respublikada yuqori darajada urbanizatsiyalashgan boʼlib, shaharlar zichligi har ming kv.km ga respublikada 0,5 tani tashkil etgani holda, bu yerda 4,2 tadan toʼgʼri keladi.
Аglomeratsiya Chirchiq daryosi vodiysi boʼylab polosasimon koʼrinishda janubi-gʼarbdan shimoli-sharqqa 130 km dan ortiq masofaga choʼzilgan, koʼndalang diametri 40 km ga yetadi. Janubi-gʼarb¬da Sirdaryo, shimoli-sharqda Chorvoq suv omboriga borib tutashadi. Shimoliy chegarasi Qozogʼiston bilan boʼlgan davlat chegaralariga, janubi esa keng qishloq xoʼjalik yerlariga toʼgʼri keladi.
Аglomeratsiya monotsentrik tipda boʼlib, poytaxt shahar negizida, sugʼorma dehqonchilik hududida vujudga kelgan. Qulay iqtisodiy geografik oʼrnidan kelib chiqqan holda funktsional va hududiy jihatdan atrofga qarab kengayib bordi. Hozirgi kunda shahar maydoni 330 km2 boʼlib, 1922 yilga nisbatan 3,3 marta kengaygan. Аglomeratsiyalashuv jarayonining dastlabki davrlarida (1960-yillarda) tizim tarkibida 11 ta yoʼldosh shahar boʼlgan. 1970 yilda ularning soni 17 ta, 1989 yilda 27 taga yetdi. Аglomeratsiya aholisining deyarli yarmi uning markazida toʼplangan. Shahar aholisining nisbati uning markazi foydasiga 4:1 ni tashkil etadi.
Аglomeratsiya «yadro»si – Toshkent shahri; aholi zichligi 1 km2 ga 300–350 kishi, oʼqish, mehnat boʼyicha aloqalar ustun turuvchi, markazga jamoat transportida qatnash vaqti 1 soat, radiusi 35–40 km gacha boʼlgan 1-zona. Bu zonada Toshkentning oʼng qanotida 1-toifali yoʼldosh shahri – Chirchiq joylashgan boʼlib, u ham oʼz navbatida atrofidagi Fazal¬kent, Iskandar, Orkutsoy, Chorvoq, Qibray kabi aholi manzilgohlarini oʼz taʼsir doirasiga tortib turadi. Chap tomonida 2-yirik yoʼldosh shahri Yangiyoʼl ham ana shunday lokal hududiy tizimni shakllantirish arafasida. Ushbu zonaning bevosita Toshkentga tutash qismida aholi nihoyatda zich (1 km2 ga 600–700 kishi) joylashgan (587 ming kishi). Bu yerdagi Keles, Eshonguzar, Nazarbek, Koʼksaroy, Yangibozor, Salor kabi aholi manzilgohlari suv, energiya, kanalizatsiya, telefon tarmoqlari, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda aholi aloqalari orqali Toshkent bilan chambarchas bogʼliq holda rivojlanadi. Ular birgalikda Toshkent megapolisi yoki «Katta Toshkentni» tashkil etadi.
2-zona mehnat va oʼqish aloqalari susayib, madaniy-maishiy, rekreatsiya aloqalari ustunlik qiluvchi, aholi zichligi 1 km2 ga 150–200 kishini tashkil etuvchi, markazdan 60–70 km radiusga ega hududlarni oʼz ichiga oladi. Bu yerda Toshkentning «uzoqdagi» yoʼldosh shaharlar va qishloqlari joylashgan boʼlib, uning chegaralari markazga qatnash vaqti 2 soatgacha boʼlgan izoxronalardan oʼtadi. Bu yerda aloqalar susayib borib, shahar atrofi tashqi zonasi bilan bogʼlanib ketadi.
Аglomeratsiyaning hududiy tarkibida Toshkentni atrofi bilan bogʼlovchi transport yoʼllari «oʼq»larga oʼxshab atrofga kirib boradi va yoʼldosh shahar hamda qishloqlarni aglomeratsiya «yadro»siga tortilib turishini taʼminlaydi. Ular markazdan atrofga radial yoʼnalishda ketuvchi temir yoʼl, yirik avtomagistrallar va ulardan yonga tarmoqlanib ketuvchi 2-darajali yoʼllardir. Аholi manzilgohlarining asosiy qismi Chirchiq va Chinoz yoʼnalishi boʼylab joylashgan. Bu yoʼllar aglomeratsiyaning nafaqat ichki qismini, balki uni qoʼshni hududlar bilan ham bogʼlab turadi.
Аglomeratsiyada Toshkent bosh shahar boʼlib, yoʼldosh shaharlar uni toʼldiruvchi va unga xizmat qiluvchi funktsiyalarni bajaradi.
Aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi — aholi punktlari, aso-san shaharlar, shuningdek qishloqlarning intensiv xoʻjalik, mehnat va madaniy-maishiy hamda rekreatsion aloqalar bilan bogʻlanib, yagona birlikni tashkil qilgan kompakt hududli guruhi. Aholining guruh boʻlib joylashishining eng rivoj-langan shakllaridan biri. Shaharlarda (asosan yirik shaharlar atrofida) aholining toʻplanishi asosida vujudga kelgan va rivojlangan. Monotsentrik Aglomeratsiya va politsentrik Aglomeratsiya a. boʻladi. Aglomeratsiya uchun aholi yashaydigan hududlarning yaqinligi, aholining 150mehnat qilish uchun shahar atrofidan shahar markaziga borishi xos. Urbani-zatsiya jarayonida Aglomeratsiya dunyo boʻyicha koʻpayib bormoqda. Oʻzbekistonda 2 yirik Aglomeratsiya (Toshkent, Fargʻona-Margʻilon) bor. Toshkent Aglomeratsiyada 60% shahar va 40% qishloq aholisi, Fargʻona-Margʻilon Aglomeratsiyada 50% shahar aholisi va 50% qishloq aholisi yashaydi Toshkent shahar hokimligi ma’muriyati poytaxtga qo‘shilishi rejalashtirilayotgan hududlar haqida ma’lum qildi. 
Qayd etilishicha, Toshkent doimiy rivojlanmoqda, yangi infratuzilmalar va ijtimoiy ob’ektlar paydo bo‘lyapti, yangi turar joylar va majmualar qurilayotir, poytaxt aholisi o‘smoqda. 
Ma’lum qilinishicha, o‘sib borayotgan aholi hayot sifatini yaxshilash, shahar qiyofasini zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish, shuningdek, yangi shahar inshootlarining uzluksiz barpo etilishi va Toshkent viloyatining shaharga chegaradosh ba’zi tuman hamda shaharlarining Toshkent bilan paydo bo‘layotgan yaqindan aglomeratsiyasi ma’muriy chegaralarni vaqti-vaqti bilan kengaytirishni taqozo etyapti.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra Toshkent shahrining doimiy aholisi 2 554 900 kishini tashkil etgan. Kadastr bo‘linishiga ko‘ra, shaharning umumiy maydoni 33 500 ga yoki 334 kilometr kvadratga teng.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda “Pastdarxon“, “Yuqoridarxon“ va “Toshkent“ mahallalarida aholini ro‘yxatga olish, ularda joylashgan ob’ektlar, muhandislik kommunikatsiyalarini qabul qilish ishlari hamda boshqa zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda.
“Aytgancha, yirik shaharlarning kengayishi — dunyo tendensiyasi. Yanada ko‘proq odamlar shaharlarda yashashni afzal bilishmoqda, shahar aholisi zichligi qishloqnikiga nisbatan sezilarli ravishda yuqori bo‘lib boryapti“, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti, Мarkaziy Оsiyodagi eng yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaz bo‘lib, unda 2,3 mln kishi yashaydi. Bugun Тоshkеnt nafaqat stratеgik хalqarо mavqеga ega bo‘lgan siyosiy markaz, balki Мarkaziy Оsiyoning yirik sanоat-transpоrt chоrrahasidagi muhim iqtisоdiy mеgapоlisdir.

O‘zbekiston Prezidentining qarorgohi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, xorijiy elchixonalar, BMT va uning tarkibidagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari Toshkentda joylashgan. Shaharsharqona tafakkur bo‘yicha qayta qurilmoqda.


Toshkent shahri mamlakat iqtisоdiyotiningturli sоhalarida yеtakchi o‘ringa ega. Хususan, rеspublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulоtning 16,9 fоizi, sanоat ishlab chiqarishning 14,7 fоizi, invеstitsiyalarning 19,9 fоizi, savdо aylanmasining 26,8 fоizi, хizmatlarning 29,3 fоizi, tashqi savdо aylanmasining 35 fоizi, ekspоrtning 27,5 fоizi pоytaхt hissasiga to‘g‘ri kеladi (2012-yil).


Pоytaхt iqtisоdiyotining yеtakchi tarmоg‘i hisоblangan sanоatning o‘rni har dоimgidеk salmоqli bo‘lib qоlmоqda. Sanоat kоrхоnalari nafaqat katta quvvatga ega, balki ishlab chiqarish tехnоlоgiyasi ham yuqoridir.



Shahar energetikasi Chirchiq–Bo‘zsuv gidroelektrostansiyalar tizimi va Toshkent IESga tayanadi. Ular mamlakat yagona energetika tizimiga ulangan. 

Toshkent muhim transport tugunidir. O‘rta Osiyo davlatlarini boshqa mamlakatlar bilan bog‘laydigan temiryo‘l, avtomobil yo‘llari Toshkent orqali o‘tadi. Shahar atrofidagi rayonlar bilan elektrpoyezd orqali ham bog‘langan. Toshkent havo yo‘li orqali xorijiy davlatlarning 40 dan ortiq shaharlari bilan bog‘langan.Shaharda 2 ta temiryo‘l vokzali, 3 ta aeroport va Markaziy Osiyoda yagona metropoliten mavjud. Umumiy uzunligi 36 km dan ortiq bo‘lganmetropoliten orqali yiliga 60 mln dan ortiq yo‘lovchi tashiladi. 


Toshkent - butun Markaziy Osiyoda eng yirik ilmiy-madaniy markaz hisoblanadi. Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akade miyasi, Qishloq xo‘jaligi Fanlar akademiyasi, o‘nlab ilmiy-tadqiqot institutlari, 32 ta oliy o‘quv yurti bor. UNESKO tashkiloti tomonidan 2007-yilda Toshkent Islom madaniyati poytaxti deb e’tirof etildi. Shaharda 500 ga yaqin maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, ko‘plab teatr va konsert zallari, sirk, zamonaviy stadion va boshqalar mavjud. Toshkent ta’sirida, poytaxtga tutash tumanlarda urbanizatsiya jarayoni jadallashmoqda.


Urbanizatsiya – ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish va shahar aholisi salmog‘ining ortishi natijasida mamlakat hayotida shahar rolining kuchayishi.


Endilikda shahar maydoni 330 kv. km dan ortib, atrofidagi avtomobil halqa yo‘lidan (64 km) tashqaridagi hududlarni ham qamrab olmoqda. 
Poytaxtning iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri negizida undan 60–70 km radiusdagi hudud bo‘ylab 10 ta shahar va 20 ga yaqin shaharchadan iborat Toshkent aglomeratsiyasi vujudga kelgan.

Aglomeratsiya – shaharlarning yirik shahar atrofida to‘planishi. Bu aholi punktlari asosan Chorvoqdan Sirdaryogacha bo‘lgan oraliqdagi yo‘llar atrofida joylashgan. Ular Toshkent taraqqiyotini tartibga solish uchun muhim qulayliklar yaratadi.




Xulosa
Аglomeratsiyada Toshkent bosh shahar boʼlib, yoʼldosh shaharlar uni toʼldiruvchi va unga xizmat qiluvchi funktsiyalarni bajaradi.
Aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi — aholi punktlari, aso-san shaharlar, shuningdek qishloqlarning intensiv xoʻjalik, mehnat va madaniy-maishiy hamda rekreatsion aloqalar bilan bogʻlanib, yagona birlikni tashkil qilgan kompakt hududli guruhi. Aholining guruh boʻlib joylashishining eng rivoj-langan shakllaridan biri. Shaharlarda (asosan yirik shaharlar atrofida) aholining toʻplanishi asosida vujudga kelgan va rivojlangan. Monotsentrik Aglomeratsiya va politsentrik Aglomeratsiya a. boʻladi. Aglomeratsiya uchun aholi yashaydigan hududlarning yaqinligi, aholining 150mehnat qilish uchun shahar atrofidan shahar markaziga borishi xos. Urbani-zatsiya jarayonida Aglomeratsiya dunyo boʻyicha koʻpayib bormoqda. Oʻzbekistonda 2 yirik Aglomeratsiya (Toshkent, Fargʻona-Margʻilon) bor. Toshkent Aglomeratsiyada 60% shahar va 40% qishloq aholisi, Fargʻona-Margʻilon Aglomeratsiyada 50% shahar aholisi va 50% qishloq aholisi yashaydi Toshkent shahar hokimligi ma’muriyati poytaxtga qo‘shilishi rejalashtirilayotgan hududlar haqida ma’lum qildi. 
Qayd etilishicha, Toshkent doimiy rivojlanmoqda, yangi infratuzilmalar va ijtimoiy ob’ektlar paydo bo‘lyapti, yangi turar joylar va majmualar qurilayotir, poytaxt aholisi o‘smoqda. 
Download 68.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling