Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Niderlandiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa Garbiy Evropa
Download 199.19 Kb. Pdf ko'rish
|
1Garbiy Yevropada Uygonish davri san’ati Italiyada Uygonish davri san’ati Florensiya san`ati
Niderlandiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa Garbiy Evropa
mamlakatlarida Uygonish davri san’ati. Italiyada boshlangan uyg’onish harakati 15 asrdan boshlab, Evropaning bir qancha erlarida ham tarqaldi. Bu harakat shu erdagi mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan mustaxkamlanishi, dastlabki kapitalning to’planishi bilan bog’liq xolda amalga oshdi. Evropa mamlakatlarida gumanistik g’oyalarning tarqalishi, milliy birlik mustaqillik uchun kurash, din qurshovidan chiqish va dunyoviy madaniyatga qiziqish bilan birga namoyon bo’la bordi. Bu qiziqishning amalga oshishiga Italiya gumanistik san’ati va uning san’atkorlari katta ta’sir ko’rsatdilar. San’atkorlar italyan gumanistlarini o’z ustozlari deb biladilar. Antik madaniyatni qiziqib o’rgandilar, uning asl namunalarini ko’rish ishtiyoqida Italiyaga sayoxat qildilar. Evropa mamlakatlaridagi uyg’onish davri madaniyati va san’atini boshlanishi hamma erda bir hil va bir vaqtda rivojlandi deb bo’lmaydi. Bu vaqt ba’zi mamlakatlar san’ati va adabiyotida yutuqlar sezilarli bo’lsa, boshqa mamlakatlarda esa tasviriy san’at va me’morlikning gumanistik harakat printsiplari o’zini to’liq ifoda etdi. Ayrim mamlakatlarda Italiya gumanizmining inqiroz davri san’ati an’analari ta’sirida rivojlanishi ham shu mamlakat san’ati taraqqiyotining gumanistik harakatlariga ta’siri sezilarli bo’ldi. Shuningdek ayrim mamlakatlarda feodal munosabatlarining sekinlik bilan chekinishi bu erlarda uyg’onish san’atining gurkirab o’sishiga to’sqinlik qildi. Jumladan, Frantsiyada uyg’onish harakati 15-asr o’rtalaridan boshlanib, uning rivoji bevosita gotika me’rosining realistik tomonlarini rivojlantirish bilan birga asta-sekin Italiya renesansini o’zlashtirish va tadbiq etish bilan birga namoyon bo’ladi. Frantsiyada Uyg’onish harakati 15 asr o’rtalaridan boshlanib, uning rivoji bevosita, gotika me’rosining realistik tomonlarini rivojlantirish bilan birga, astasekin Italiya renesansini o’zlashtirish va tadbiq etish bilan birga namoyon bo’ldi. Frantsiyada Uyg’onish harakatining kuchayishi bu erda ko’plab italyan san’atkorlarining kirib kelishi bilan bog’liqdir. 15 asrda Frantsiyada millat shakllandi. Shu yillarda Renesans san’atining asoslari paydo bo’ldi, ya’ni ilk Renesans davri boshlandi. 15 asr o’rtalarida Frantsiya erlari yagona davlat bo’lib birlashdi. Bu yagona davlat milliy san’at va madaniyatning shakllanishida muhim o’rinni egalladi. Fan va madaniyat gurkirab rivojlandi. Fransiyaning italiya bilan yaqin aloqada bolishi bu yerda Renessansning kirib kelishini tezlashtirdi. Bu xol me’morchilikda Renesans me’morlik uslubining kirib kelishida, arkalar, yuzaning yaxlit bo’lishiga e’tibor berishda ko’rindi. Lekin gotika san’atining ta’siri hamon sezilarli edi. 15 asrda o’zining eng gullagan davrini boshidan kechirgan miniatyura san’atida davr kishilarining muhitga bo’lgan munosabatlari, bilimga bo’lgan intilishlario’z ifodasini topdi. Aka-uka Limburglar miniatyuralarida realizmga intilish, hayotiy lavxa va detallar, real hayotning tasvirini ishlashga harakat qilish yaqqol seziladi. Bu miniatyuralarda fazoviylik etishmaydi, kompozitsiya yarusli (ustma-ust joylashtirish) echimga ega, rassomning kompozitsiyada hamma komponentlarga deyarli bir xilda qarashi esa fikrni yaqqol ifodalashga halaqit bergan. Lekin shunga qaramay, realistik tendentsiyaning kuchayib borayotganligini ko’rish mumkin. Download 199.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling