4.1.11 Standartlashtirish va birxillashtirishga qo’yiladigan talablar
Standartlashtirish va bir xillashtirish talablarida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) AT funksiyalarini amalga oshirishning standart va bir xillashtirilgan usullari;
2) namunaviy dasturiy yechimlar;
3) namunaviy matematik usullar va modellar;
4) namunaviy loyiha yechimlari;
5) boshqaruv hujjatlarining bir xillashtirilgan shakllari;
6) texnik-iqtisodiy axborot tasniflagichlari va qo‘llash sohasiga muvofiq boshqa toifadagi tasniflagichlar;
7) namunaviy avtomatlashtirilgan ish joylari, komponentlar va komplekslardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar;
8) kirish va chiqish ma'lumotlarining standart formatlari va strukturalari.
Standartlashtirilmagan va namunaviy bo‘lmagan yechimlar TTning tegishli bo‘limlarida ko‘rsatiladi, masalan, tasniflagichlar «Axborot ta'minotiga qo‘yiladigan talablar» bo‘limida (Ошибка! Источник ссылки не найден.), dasturiy yechimlar - «Dasturiy ta'minotga qo‘yiladigan talablar» bo‘limida (Ошибка! Источник ссылки не найден.) ko‘rsatiladi va h.
4.1.12 Qo’shimcha talablar
Qo‘shimcha talablarga quyidagilar kiritiladi:
1) ATni xodimlarni o‘qitish uchun mo‘ljallangan qurilmalar (trenajorlar, shunga o‘xshash vazifadagi boshqa qurilmalar) va ular uchun hujjatlar bilan jihozlashga qo‘yiladigan talablar;
2) ATni ixodimlarni o‘qitish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha media materiallar (interaktiv yoki video darslar va sh.k.) bilan jihozlashga qo‘yiladigan talablar;
3) AT elementlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan servis apparaturasi, stendlarga qo‘yiladigan talablar;
4) ekspluatasiya qilishning alohida sharoitlari bilan bog‘liq ATga qo‘yiladigan talablar;
5) ATni ishlab chiquvchi ѐki buyurtmachisining xohishiga ko‘ra maxsus talablar;
6) yaratilaѐtgan ATning buyurtmachi ѐki boshqa tashkilotlarning foydalaniladigan tizimlari bilan integratsiyalashuviga qo‘yiladigan talablar;
7) buyurtmachining ATga nisbatan boshqa talablari.
Do'stlaringiz bilan baham: |