Toshkentda “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb muammolari: gepatopankreatoduodenal sohasining o‘tkir jarrohlik kasalliklari va shikastlanishi” mavzuida XIV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Download 49.85 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq- Bu sahifa navigatsiya:
- XIV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
toshvil.uz 1 Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb masalalari Toshkentda “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb muammolari: gepatopankreatoduodenal sohasining o‘tkir jarrohlik kasalliklari va shikastlanishi” mavzuida XIV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Shoshilinch tibbiy yordam vrachlari assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimiz mutaxassislari bilan bir qatorda AQSh, Rossiya, Ozarbayjon, Ukraina, Turkiya kabi davlatlarning nufuzli tibbiyot muassasalari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Bosh direktori A.Hojiboyev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan aholiga ko‘rsatilayotgan shoshilinch tibbiy yordam xizmatini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar inson salomatligini har tomonlama mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining shu yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Prezidentimiz sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazgani, o‘ttizdan ortiq farmon va qarorlar qabul qilingani sohani kompleks rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi. Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada Prezidentimiz tomonidan mazkur yo‘nalishda belgilab berilgan vazifalar ijrosi, tez tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohasida ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash xususida so‘z yuritildi. Konferensiya shoshilinch tibbiy yordam tizimida faoliyat yuritayotgan shifokorlarning kasb mahoratini yanada yuksaltirishga qaratilgan bo‘lib, unda jigar, oshqozon osti bezi va o‘t pufagi yo‘llari jarohatlanganda shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish, tashxis qo‘yish va davolashda mini-invaziv va yuqori texnologik amaliyotlar kabi masalalar atroflicha muhokama etildi. – Shoshilinch tibbiy yordam xizmati aholiga ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tez tibbiy xizmat ko‘rsatish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini xalqaro me’yorlarga mos holda tashkil etish, xorijiy turdosh tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori o‘rinbosari Doniyor Alimov. – Bunga erishish soha xodimlarining bilim va malakasini muntazam oshirib borish, jahonda sog‘liqni saqlash sohasida erishilayotgan yutuqlardan boxabar bo‘lib borishni talab etadi. Kadrlar malakasini oshirish tibbiyotning ilg‘or yutuqlarini hududlarda keng yoyish, zamonaviy tibbiy yordamni aholining barcha qatlamiga yetkazishning birlamchi omilidir. Shu ma’noda, joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimizdagi shoshilinch tibbiy yordam muassasalarida Rossiya, Germaniya, Hindiston, Avstriya, Janubiy Koreya, Turkiya, Ukraina, Ozarbayjon kabi davlatlarning yetakchi klinikalari mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar va mahorat darslari o‘tkazildi, 50 dan ziyod shifokor rivojlangan davlatlarda Download 49.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling