Toshkentda “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb muammolari: gepatopankreatoduodenal sohasining o‘tkir jarrohlik kasalliklari va shikastlanishi” mavzuida XIV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Download 49.85 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq
toshvil.uz
2 malaka oshirib qaytdi. Natijada shoshilinch tibbiy yordam tizimida 200 mingdan ortiq statsionar jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi, 1 milliondan ortiq bemorga ambulator va 6 milliondan ziyod chaqiriqlar bo‘yicha malakali tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining kardiologiya bo‘limida 2,5 mingdan ziyod bemorda murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Yurak ishemik kasalliklarini davolashdagi aorto koronar shuntlash, yurak klapanlarini almashtirish, koronar tomirlarni stendlash, bemorlarga doimiy bir va ikki bo‘lmali elektrokardiostimulyator o‘rnatish, mitral bo‘lmani kengaytirish kabi amaliyotlar bajarildi. – O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida jahon talablariga mos shoshilinch tibbiy yordam tizimini tashkil etish uchun zarur shart-sharoit yaratilmoqda, – deydi shifokor Mark Kayper (AQSh). – Ayniqsa, qishloq tumanlarida aholiga yuqori sifatli tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani diqqatga sazovordir. Ushbu konferensiyada ishtirok etib, o‘z bilim va tajribam bilan o‘rtoqlashayotganimdan mamnunman. Bu barcha shifokorlarga o‘zaro tajriba almashish uchun katta imkoniyatdir. Konferensiyada qayd qilinganidek, joriy yilda mamlakatimizda tez tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan 1 ming 200 avtotransport vositasi xarid qilinib, hududlarga yetkazib berilgan. Tez tibbiy yordam muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlashni moliyalashtirish hajmi 2 barobarga oshirilib, dori vositalari bilan markazlashgan holda ta’minlash darajasi yaxshilangan, 55 kasallik turi bo‘yicha yagona standartlar ishlab chiqilib, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etishga erishilgan. Anjumanda o‘t pufagi kasalliklari, an’anaviy davolashdan keyin paydo bo‘ladigan asoratlarni bartaraf etish, oshqozon osti bezi o‘tkir yallig‘lanishini davolashda yangicha yondashuv, zamonaviy usullar va samarali yechimlar yuzasidan ham fikr almashildi. Tadbir doirasida yosh olimlar tanlovi va mahorat darslari o‘tkazildi. Ushbu anjuman tizimdagi ilmiy izlanishlarning ahamiyatini oshirish, ilg‘or yutuq va tajribalarni ommalashtirish, dunyoning yetakchi klinikalari bilan o‘zaro tajriba almashish, shoshilinch holatlarda diagnostika va davolashning yangi istiqbolli usullarini ishlab chiqish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Download 49.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling