Toshkentning 97,1 foiz aholisi Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish tashabbusini to’liq qo’llab-quvvatladi
Download 52.81 Kb. Pdf ko'rish
|
mpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazi materiallari asosida tayyorlandi.
Toshkentning 97,1 foiz aholisi Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish tashabbusini to’liq qo’llab-quvvatladi “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi tomonidan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida”gi qarori asosida amalga oshirilayotgan chora- tadbirlar haqidagi ijtimoiy fikrni bilish maqsadida ekspress-so’rov o’tkazildi. Uch kun mobaynida olib borilgan tadqiqotda poytaxtimiz aholisi ishtirok etdi. Respondentlarning ta’kidlashicha, yurtimizning Birinchi Prezidenti serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o’chmas iz qoldirdi. Bu davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning quyidagi so’zlarida ham yaqqol ifodasini topdi: “Vaqt va hayotning o’zi Islom Abdug’anievich - Karimovning zamonamizning ulug’ siyosatchisi, uzoqni ko’radigan va strategik fikr yuritadigan shaxs, dunyoda va turli mintaqalarda yuz berayotgan o’ta murakkab voqea- hodisalarning mohiyatini davlatchilik nuqtai nazaridan ko’ra bilish qobiliyatiga ega bo’lgan, o’z yurti va xalqi uchun, har bir vatandoshimizning taqdiri uchun ulkan mas’uliyat tuyg’usini chuqur his qiladigan atoqli rahbar ekanligini har tomonlama tasdiqladi”. Ekspress-so’rov fuqarolarimizning ushbu hujjat mazmunidan yuqori darajada boxabar ekanligini namoyon qildi. Jumladan, unda qatnashganlarning 72,3 foizi qarorning maqsadi hamda - mohiyatini yaxshi anglaydi. 26,5 foizi umumiy ma’nosini - tushunishini aytib o’tgan. Tadqiqotga qaraganda, qaror mazmuni haqida ma’lumot yetkazgan asosiy manbalar Milliy teleradiokompaniya axborot va teleko’rsatuvlaridir. Respondentlarning har uchinchisi bu haqda respublika radiostantsiyalarini tinglab bilgan. So’rovning har to’rtinchi qatnashchisi esa rahbariyat qabul qilayotgan
barcha yangi hujjatlar hamda qarorlar xususida davriy nashrlar, qariyb yana shunchasi internet-portallar orqali o’qib borayotganini qayd etgan. Tadqiqotda respondentlarning 97,1 foizi davlatimiz r a h b a r i n i n g B i r i n c h i P r e z i d e n t i m i z x o t i r a s i n i abadiylashtirish tashabbusini to’liq qo’llab-quvvatlashi va unga qo’shilishini e’tirof etgan. Ular qarorda belgilab berilgan vazifalar haqida so’zlar ekan, ayniqsa, Islom Karimov siymosi aks ettirilgan haykallarni Toshkent, S a m a r q a n d h a m d a Q a r s h i s h a h a r l a r i d a o ’ r n a t i s h , mamlakatimizdagi qator muhim inshootlarga bu ulug’ insonning nomini berish, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va boshqa ezgu g’oyalarga alohida to’xtalib o’tdilar. Fuqarolar davlatimiz rahbarining har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana — 30 yanvar kunini keng nishonlash, 2 sentyabr sanasini Xotira kuni sifatida yod etish, oliy o’quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasini joriy qilish, buyuk siyosatchining hayoti va faoliyati haqida ilmiy hamda badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish haqidagi tashabbusini qo’llab-quvvatlagani so’rov natijalarida o’z - in’ikosini topdi. R e s p o n d e n t l a r d a n B i r i n c h i P r e z i d e n t x o t i r a s i n i abadiylashtirish maqsadida amalga oshirish mumkin bo’lgan takliflar xususida ham so’raldi. Javob berildiki, har bir shahardagi ko’chalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi lozim. Ishtirokchilarning uchdan bir qismi esa eng yaxshi tadbirkor va fermer uchun Birinchi Prezident nomidagi maxsus grant ta’sis etilishini taklif qildi. O’z navbatida, mustaqilligimiz asoschisining hayoti, davlat boshqaruvidagi faoliyati Vatan farovonligi yo’lida o’rganiladigan o’quv kursini tashkil etish bo’yicha fikrlar bildirildi. Bundan tashqari, so’rov qatnashchilari Birinchi - Prezidentimiz nomidagi mukofot ta’sis etilib, u Islom Karimov tashabbusi bilan asos solingan “SHarq taronalari” musiqa festivali doirasida topshirilsa, ayni muddao
bo’lishini aytishdi. Ma’lumki, ushbu madaniy tadbir tufayli turli xalqlarning musiqiy merosi keng targ’ib qilinmoqda, yoshlar milliy qadriyatlar ruhida kamol topayapti, xalqaro ijodiy aloqalar mustahkamlanayotir. Fuqarolar Birinchi Prezidentimiz xizmatlarini sanab o’tar ekan, bolalar sportini ta’lim tizimi va har tomonlama yetuk avlodni voyaga yetkazishning ajralmas qismiga aylantirish yo’lidagi sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etdilar. SHu bois respondentlar sport, ayniqsa, uch bosqichli — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalarida muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlar uchun Islom Karimov nomidagi mukofotni ta’sis etishni taklif qildilar. Bu esa navqiron avlodni sportga keng jalb etishga qo’shimcha turtki beradi.
Ekspress-so’rov ishtirokchilari buyuk davlat va siyosat arbobi, o’zbek xalqining ulug’ hamda ardoqli farzandi Islom Karimov xotirasi qalblarda abadiy yashashini, Birinchi Prezidentimiz g’oyalari va fikrlari belgilangan maqsadlarga tayanch bo’lishda davom etishini ta’kidladilar. «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazi materiallari asosida tayyorlandi. Download 52.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling