O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETII EKALOGIYA VA BIOKIMYO KAFEDRASI BIOLOGIYA YO’NALISHI II-BOSQICH 203- GURUH TALABASI TOSHPULATOVA ODINANING BATANIKA FANIDAN mavzusida KURS ISHI.
ILMIY RAHBAR: N.M.Naralieva
Mundarija
Kirish.
I bob.Zamburugʻlar dunyosi.
II bob. Zamburugʻlar sistematikasi Oomisetsimonlar -oomycetes sinfi.
2.1 Saproleglilar tartibi- Saprolegniales.
2.2 Liptomitlilar tartibi - leptomitales
2.3 Peronosporalilar tartibi-Peronosporales.
a) Pitumdoshlar oilasi-Pythiaceae.
b)Peronosporadoshlar-Peronosporaceae.
Xulosa......
Foydalanilgan adabiyotlar......
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:Zamburugʻlar (fungi yoki mycetes) — eukariot organizmlar dunyosi (bolimi). Tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofitga boʻlinadi. Ularning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. Zamburugʻlar haqidagi fan mikologiya deb ataladi.
Tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. Tuproqda yashaydigan zamburugʻlar oʻsimlik qoldiqlari (jumladan, qiyin parchalanadigan sellyuloza va lignin)ni yemiradi va minerallashtiradi. Yogʻochlarni, asosan, poʻkak zamburugʻlar yemiradi. Bu mikroorganizmlarning koʻpchilik turlari oʻsimliklarda turli kasalliklarni koʻzgʻatadi. Odamlardagi qator kasalliklar: kal, kirma temiratki va boshqalarlarni ular koʻzgʻatadi. Foydali zamburugʻlar ham koʻp. Penicillium va Aspergilius turkumiga mansub zamburugʻlardan vitaminlar, antibiotiklar, limon kislota va steroid dori vositalar olishda foydalaniladi. Achitqi zamburugʻlar vino, non, pivo tayyorlashda ishlatiladi. Ulardan koʻnchilik, toʻqimachilikda va sanoatning boshqa tarmoqlarida qoʻllaniladigan turli fermentlar olinadi. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida zamburugʻlar ovqatga ishlatiladi, isteʼmol qilinadigan zamburugʻlarning turi 100 dan ortadi. Bulardan koʻplari qimmatli boʻlib, tarkibida oqsil moddalari, vitaminlar va fermentlar bor. Ular asosan, konservalab (kuritib, tuzlab, ziralab) isteʼmol qilinadi.
Kirish
Kurs ishining maqsadi:Men oʻz qurs ishimda Zamburugʻlar dunyosi, Oomisetsimonlar – Oomycetes sinfi, zamburugʻlarning tarqalishi va ekalogiyasi haqida tushuncha berish va imkon boricha aniq faktlar bilan va qonun qoidalar asosida izohlashni hamda yakuniy xulosamda takliflarimni berishni oʻz oldimga maqsad qilib qoʻyaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |