Тоштемуров Б. Бб?А бми молиявий натижа хисобот тахлили ва аудити бобур 2015 17 июнь


Maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda


Download 0.65 Mb.
bet6/22
Sana20.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1628310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
audit-Rahimbek Bobobekov11111

Maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan maxsulotning ishlab chikarish tannarxi o'rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:

YaF=SST-IT


Bunda:
YaF - yalpi foyda;
SST- sotishdan olingan sof tushum;
IT - sotilgan maxsulotning ishlab chikarish tannarxi;
Asosiy faoliyatdan ko'rilgan foyda, bu maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o'rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko'rilgan boshka daromadlar yoki minus boshka zararlar sifatida aniklanadi:

AFF = YaF-DX+BD-BZ


bunda,
AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX-davr xarajatlari;
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshka daromadlar;
BZ-asosiy faoliyatdan ko'rilgan boshka zararlar;
Umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko'rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:

UF=AFF+MD-MX


bunda,
UF - umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari;
Soliq to'langungacha olingan foyda, u umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko'zda tutilmagan) vaziyatlardan ko'rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:

STF=UF+FP-FZ


bunda,
STF - soliq to'langungacha olingan foyda;
FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlardan ko'rilgan zarar;
Yilning sof foydasi, u soliq to'langandan keyin xo'jalik yurituvchi sub'ekt ixtiyorida qoladi, o'zida daromad (foyda)dan to'lanadigan soliqni va minus qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to'lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to'langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:

SF=STF-DS-BS


bunda,
SF - sof foyda;
DS - daromad (foyda)dan to'lanadigan soliq; BS - boshqa soliqlar va to'lovlar.
Moliyaviy natijalarning shakllanish bo'yicha auditni quyidagi jadval malumotlari asosida berish mumkin (1-jadval).

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling