Toshxodjayev masnurjon ning «iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalari» fanidan mustaqil ishi


Download 165.82 Kb.
bet7/7
Sana17.12.2022
Hajmi165.82 Kb.
#1025886
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Мустакил иш

Modul birikuvi bu modulning ma’lumotlar bo‘yicha boshqa modulga qanchalik tobe’ligini ko‘rsatuvchi me’yordir. Modulning boshqa bir modul bilan birikuvi qanchalik zaif bo‘lsa, uning boshqa modullardan mustaqilligi shunchalik kuchli bo‘ladi. Birikuv darajasini baholash uchun Mayers modullar birikuvining oltita turidan iborat bo‘lgan tartibga keltirilgan to‘plamni taklif qiladi. Birikuvning eng yomon turi bu ichki tarkibga ко ‘ra birikuvdir. Ikkita moduldan biri ikkinchisining ichki tarkibiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniga ega bo‘lsa, bunday moduUar birikuvi eng zaif hsioblanadi. Mouddlarning bunday birikuviga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Umumiy soha bo`yicha birikuvdan ham foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu modullammg shunday birikuviki, bunda bir nechta modul bitta xotira
sohasidan foydalanadi. Modullar birikuvining bunday turi FORTRAN tilida COMMON bloklaridan foydalanib dasturlashda amalga oshiriladi. Hozirgi zamon dasturlash texnologiyasi tavsiya etadigan modullaming yagona birikuv turi bu parametrik birikuvdxs (Mayersga ko‘ra ma’lumotlar bo‘yicha birikuv). Bunda ma’lumotlar,modulga murojaat qilinganda, uning parametrlarining qiymati sifatida
uzatiladi, yoki bo‘lmasa ushbu modulning biron-bir funksiyani yechish uchun boshqa modulga murojaati natijasi sifatida uzatiladi.
Modulning mustaqilligi (rutinnost modulya) bu uning o‘zigaawalgi murojaatlardan mustaqilligini bildiradi. Agar modulga murojaat etish natijasi (effekti) faqatgina shu modul parametrlariga bog‘liq bo‘lsa (ya’ni unga bo‘lgan awalgi murojaatlarga bog‘liq bo‘Imasa), bunday modul mustaqil hisoblanadi. Ayrim xollarda modulga murojaat etish natijasi (effekti) ushbu modulning, unga bo‘lgan awalgi murojaatlar natijasida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ichki horlatiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday modul awalgi murojaatlarga bog‘liq modul deb ataladi. Mayers awalgi murojaatlarga bog‘liq
(bashorat qilib bolmaydigan) modullardan foydalanishni tavsiya qilmaydi, chunki ular dasturda "mug‘ombir" (tutqich bermaydigan) xatolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ammo bu tavsiya konstruktiv emas, chunki ko‘p hollarda aynan awalgi murojaatlarga bog‘liq bo‘lgan modul axboriy jihatdan mustahkam modulni yaxshiroq ishga solishi mumkin. Shuning uchun bu o‘rinda quyidagi (ehtiyotkorroq)
tavsiyaga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
- agar mustaqil modulni qo‘llash nomuvofiq moduUar birikuviga olib kelmasa, har vaqt shunday moduldan foydalanish zarur;
- parametrik birikuvni ta’minlash uchun zarur bo‘lib qolgandagina, awalgi murojaatlarga bog‘liq bo‘lgan modullardan foydalanish mumkin;
- bu bog‘liqlik bunday modul spetsifikatsiyasida shunday aniq
ifodalangan bo‘lmog‘i lozimki, bunda ushbu modulga kelajakdagi turli xil murojaatlarda modulning xatti-harakatlarini istiqbollash mumkin bo‘lsin. So‘nggi tavsiya bilan bog‘liq holda mustaqil (ya’ni o‘ziga bo‘lgan awalgi murojaatlarga bog‘liq) modul holatlari haqidagi inson bilimlaridan kelib chiqqan tashqi tasawurlarga berilgan ta’rif diqqatga sazovordir. Bu holda modul orqali amalga oshiriladigan har bir fiinksiya (operatsiya)ning bajarilish effektini mana shu tashqi
tasawurlar atamalari vositasida tavsiflash lozim. Bu, o‘z navbatida, ushbu modul xatti-harakatining istiqbolini belgilashni ancha osonlashtiradi.


Download 165.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling