To’sinlar va to’sinlar konstruksiyasi.
Reja:
1.To’sinlarning turlari va ularning asosiy o’lchamlarini aniqlash.
2.To’sinlarning ko’ndalang kesimlarini tanlash.
3.Prokat va yig’ma to’sinlarning konstruksiyalari va hisobi.
T ayanch so’z va iboralar: to’sin, kesim yuza, ko’ndalang kesim yuza,
To’sinlar – davlat muassasalari, turar-joy binolarining sinchini yaratishda, ishlab chiqarish maydonchalarini qurishda qavatlararo yopmala-rida, ko’priklarda va boshqa bir qator sohalarda qo’llaniladi. To’sinlar-dan keng ko’lamda foydalanishning asosiy sabablaridan biri to’sin konstruksiyasining oddiyligi va undan foydalanishning ishonchliligi-dadir. Кonstruktiv shakli qulay, balandligi uncha katta emas. Statik sxemasi bo’yicha to’sinlar bir oraliq va ko’p oraliqli bo’lishi mumkin, hamda konsolli bo’ladi.
To’sinlarga tushadigan yuk va tayanchlar ora masofasiga ko’ra to’sinlar yaxlit yoki yig’ma kesimli bo’lishi mumkin. Yig’ma to’sinlar payvandli yoki boltli bo’ladi.
Yopmalarda, ishlab chiqarish maydonchalarda, ko’priklarda qurilma-ning yuk ko’taruvchi qismini to’sinlar tizimi tashkil etadi. Har xil to’-sinlardan foydalanib yopilgan tomni to’sinli katak deydilar, to’sinlar joylashtirilishiga, ta’sir etayotgan yuk miqdoriga va tarxdagi o’lchamla-riga qarab to’sinlar tizimi uch xil bo’lishi mumkin: oddiy normal va murakkab.
Oddiy joylashtirishda yopmaga qo’yilgan yuk to’shama orqali to’shama to’sinlarga to’shama to’sinlari orqali devorlarga uzatiladi.
N ormal joylashtirish usulida yuk to’shama to’sinlari orqali bosh to’sinlariga uzatiladi, bosh to’sinlar esa, o’z navbatida qabul qilgan yukni ustunlarga uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |