Yig‘ma temirbeton to‘sinlar ustidan yotqizilgan qavatlararo ora yopma konstruksiyalari: a - nakat o'rnida ishlatiladigan kichikplitalar; b - nakat o'rnida yengil beton plitalar o'rnatilgan; 1 - gipsbeton plita; 2 - tol; 3 - shlak; 4 - lagad;
5- tovush chiqarmaydigan qatlam; 6 - yog'och pol; 7 - yengil beton plita;
8 - ship suvog'i; 9 - tosh; 10 - yengil beton; 11 - pol
Ora yopmalar plitalar o‘rgatishning konstruktiv sxemalari:
a - bo ‘ylama yuk ko ‘taruvchi devorga tayangan;
b - ko ‘ndalang yuk ko ‘taruvchi devorga tayangan; d - to‘rt tomoni bilan tayangan; e - to‘rt tomoni bilan tayangan;
- yuk ko ‘taruvchi devorga tayangan;
- yuk ko ‘taruvchi ichki bo ‘ylama va ko ‘ndalang devor;
- tashqi yuk ko ‘taruvchi devor;
- ora yopma paneli;
-progonlar;
- ustunlar;
- ustunlarga tayangan xona yuzasini to‘liq yopuvchi panel;
- tashqi yuk ko ‘tarmaydigan devor
Bir qatlamli yassi yaxlit panellar qalinligi 100-120 mm bo‘lib, ostki yuzasi bo‘yashga tayyor qilib pardozlangan, ustki yuzasi esa pol qoqishga tayyorlangan bo‘ladi. Yassi temirbeton yaxlit panellar ikki va undan ko‘p qatlamli bo‘ladi, bunda ostki cho‘ziladigan qatlami armaturalangan, sinfi B 25-B 30 bo‘lgan og‘ir betonlardan, yuqori qismi esa unchalik mustahkam bo‘lmagan yengil betonlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Qovurg‘ali yaxlit panel qovurg‘alari yuqoriga yoki pastga qaragan bo‘lishi mumkin. Qovurg‘alari yuqoriga qaragan panel va unga o‘rnatiladigan pollarni zavodlarda yig‘ish qurilishda mehnat sarfini kamaytirishga olib keladi.
Yig‘ma temirbeton ora yopma panellari:
a -yaxlit bir qatlamlipanel; b -yaxlit ikki qatlamlipanel; d - kop qovurg'alipanel; e - ikki qatlamli qovurg'alipanel; f - to'rt chekkasi qovurg'ali chodirsimon panel; 1 - ilmoq; 2 - tovush o'tkazmaydigan
Ichi kovak ora yopma panellari:
dumaloq kovakli, ellipissimon kovakli,
Tovush o‘tkazmaydigan xususiyatini oshirish uchun qavatlararo ora yopmalarning qatlamli konstruksiyasi ishlatiladi. Bunda pol tovush o‘tkazmaydigan qatlam ustidan o‘rnatiladi. Ikki ko‘taruvchi panel oralig‘ida qalinligi 50-100 mm bo‘lgan havo qatlami yoki qavatlararo ora yopmasi bilan akustik shift tovush o‘tkazmaslikni yetarlicha ta’minlaydi.
Shu maqsadda ora yopma paneli qovurg‘alarini pastga qaratib, unga ajratilgan shiftlar o‘rnatiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |