To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/75
Sana25.10.2023
Hajmi154.05 Kb.
#1719507
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
Bog'liq
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

Mirach Chag'ri Oqtosh
( haqaga chiqarildim. Sensiz edim. Yolg'iz edim. Chorasiz 
(•dim. Ammo baribir senga oshiq edim. Bu og'riqni har kuni 
(|on-qonimgacha his qilsam ham, voz kechmadim. Men har 
(loim senga keldim. Hech qachon meniki bo'lmagan senga! 
Duchun zarracha qadrim yo'q holda, menda sira tugashni 
hilmagan senga! Bormanmi, yo'qmanmi ahamiyat ham 
bermagan senga! Sevgim bilan qiziqmagan senga!
Har on senga... Har on dardga... Har on ishqqa...
Boshi berkligini bilsam ham, baribir o'sha 
ko'chaga kiradiganchalik seni sevgandim.
Meni unut, buni unutma...
61


To'siqiarga qaram ay sevdik
Ota mehrini ko'rmaganlarga...
Ota mehri nimaligini bilmagan, his qilmagan, 
ayniqsa, bayramlarda, tug'ilgan kunlarda va yana boshqa 
muhim kunlarda bunday mehrdan mahrum bo'lgan bir 
insonni hech narsaning yo'qligi bilan qo'rqitolmaysiz. 
Chunki u yarim bo'lib qolishni, tark etilishni va qayg'uning 
eng tubini ko'rib bo'lgan. Qolgan narsalardan mosuvo 
bo'lish uni cho'chitmaydi. Vaholanki, u ko'nikishi kerak 
bo'lgan eng og'ir narsaga ko'nikib bo'lgan. Endi uni nima 
bilan ham qo'rqita olardingiz? Nimaning yo'qligi bilan 
ham sinay olardingiz? U yolg'izlik nima ekanligini yaxshi 
biladi. Men ham bu dardning bir bo'lagi bo'lganligim 
uchun bu dardning nimaligini yaxshi bilaman. Mening 
ham qadrlagan insonlarim bor edi, sevgan insonlarim 
bor edi. Bergan qadrimga munosib qadr topmaganimda 
yoki sevilmaganimni his qilganimda hech qachon bunga 
hayron bo'lmadim. Anduhga tanish bo'lganligim uchun 
meni bu turdagi sinovlar ko'pam qiynamadi. Har doim 
"Shusiz ham otamiz bizning qalbimizda ulkan bo'shliq 
ochib ketgan, boshqalar to'ldirishini kutish kulgili bo'ladi", 
deya bu vaziyatdan chiqib ketardim. Ota mehrini ko'rmay 
ulg'aygan inson kuchli bo'ladi. Har qanday dardning 
o'tkazmoqchi bo'lgan bosimi uni yengolmaydi.
O'sha mehrsizlik bilan ko'ngli yarimlilik birlashib, u 
insonni himoya qilish uchun juda mustahkam bir qalqonga 
aylangan va hech qanday tarzda, hech narsaning yo'qligini 
unga yaqin yo'latmaydi. Qolaversa, himoya qilishning eng 
go'zal shaklini o'sha insonlarda ko'rasiz. Chunki himoya

Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling