To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021
Download 154.05 Kb. Pdf ko'rish
|
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayot qisqa. Qushlar parvoz qilar ekan, sev meni... 71 Tosiqiarga qaram ay sevdik
Bir kuni o'zing kabilarga
yo'liqishingni tilab qolaman... 70 Mirach Chag'ri Oqtosh O'limni sira xushlamadim Ma'lumki, hammamiz bir kun kelib o'limni tatib ko'ramiz, ammo men bu jarayonni sira xushlamayman. Odamni sevgan insonlaridan judo qiladigan, bag'ridan yulib oladigan va og'ir sukunatni yuzaga keltiradigan o'limni sira xushlolmadim. Ayniqsa, hayotiga nuqta qo'yilgan yosh bolalarning o'limiga sira rozi bo'lolmadim. Hali bolalik davrini surib ulgurmagan, bahor kelganida qo'shnilarning eshigiga boychechak aj^ib borolmagan, maktabga borib, alifboni o'rganolmagan bolalarning yoqasiga yopishadigan o'limni sira hazm qilolmadim. Ayniqsa, eng a w a l begunoh va ma’sum insonlarni olib ketadigan o'limni sira xushlamadim. Va hammasidan ham bizga Allohning omonati bo'lgan ayollarga yopishgan o'lim balosini sira qabul qilolmadim. Hayot ekanligiga qaramay men uchun bir o'likdan farqi bo'lmagan, hatto ota deyishimga ham arzimaydigan bir insonning bizni nochor holimizda tashlab ketganini qabul qilolmadim. Ota degan odamining mehrini bir kun ham his qilmagan insonlarning olgan jarohatlarini qabul qilolmadim. Ko'chalarda dir-dir titragan qarovsiz hajn^onlarning nochorligini qabul qilolmadim. Qo'shnisi ochlikdan o'lar holda ekan, o'zi to'q uxlaganlarni qabul qilolmadim. Baham ko'rmaydiganlarni qabul qilolmadim. Aslini olganda men ko'p narsani qabul qilolmadim. Hayotdan boshqa. Hayotni va hayotga doir narsalarni baham ko'rishni biladiganlardan boshqa. Hayot qisqa. Qushlar parvoz qilar ekan, sev meni... 71 To'siqiarga qaram ay sevdik Ba'zi bir voz kechishlar chorasizlikdan vujudga keladi Hammadan ham ko'ra senga ehtiyojim bor paytlar- da boshqalarning yaralariga malham bo'lganing uchun seni kechirmayman. Sening barmog'ingga zirapcha kirsa mening jonim og'rirdi. Darding - dardim, baxting - baxtim edi. Ammo endi men juda charchadim. Meni hammasidan ham ko'ra nima charchatganini bilasanmi? Sendan kutadigan e'tiborimning yo'qligi meni ezishi... Senga bog'lagan umidlarimning ostida qolgan vaqtlarimda menga bir bor bo'lsa-da, qo'l cho'zmaganing... Eng ko'p sen bilan birgahgimda tinchlanishim kerak bo'lgan holda, eng ko'p sen bilan birgahgimda charchashim... Baxt va halovat tuyg'ularini sendan tuyishim kerak holda, eng og'ir azoblarni sendan totishlarim... Meni senga tegishli nima bo'lsa, hammasi charchatdi... Qolganini o'zing tushun. Senga nisbatan his qilgan sevgimga bo'lgan hurmatimdan juda ajoyib tarzda foydalanding. Bizni yarim qoldirib, o'zgalar bilan qanoatlanding. Bundan keyin shularning beradigan vijdon azobi bilan yasha. Bu dard senga yetib ortadi. Allohga omonatsan... Download 154.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling