To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/75
Sana25.10.2023
Hajmi154.05 Kb.
#1719507
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

Endi kelishinga hojat yo'q. 
Sening "sevaman"laringga ko'nglimning ko'zi to'q.
135


To'siqiarga qaram ay sevdik
Sevmaganlarning sevilmaydigan kunlari 
albatta, keladi
Ishq uchun olingan ikki kishilik chiptalarning 
qaytishi doimo bir kishilik bo'ladi. E'tibor bering-chi, kim 
o'sha yo'ldan yolg'izo'ziqaytyapti? Javobitaxminqilinishi 
oson bo'lgan bir savol bu, shunday emasmi? Albatta, eng 
ko'p sevgan tomon yolg'iz qaytyapti. Havas va baxt-u 
saodat bilan ketgan ishq safaridan ulkan hamda ichidan 
qutilish o'ta mushkul bo'lgan azoblar bilan qaytyapti. 
Sevilgan tomonni faqat ketishini tomosha qilyapti va o'ziga 
qoldirilgan hasratlar bilan kurashyapti.
Ming afsuski, ishqda adolat bo'lmaydi. Bir tomon 
juda chiroyli sevadi, narigi tomon juda chiroyli tark 
etadi. Bu sira o'zgarmaydigan qonundir. Eng ko'p sevgan 
tomonga aziyat yetsa ham, u sevishdan to'xtamaydi. 
Hatto qadam tashlashgada holi qolmasa ham sevgan 
insoni tomon yugurishdan charchamaydi. Haqiqiy sevgi 
deb mana shunga aytiladi. Ammo sevilgan tomon buni 
tushunmaydi. U uchun qilinayotgan fidokorliklarni ko'zlari 
ko'rmaydi. O'zi bilan unga atalgan sevgining o'rtasiga shu 
qadar ulkan devor qurgan-ki, na u uchun qilinayotgan 
harakatni ko'radi, na unga qo'yilgan muhabbatni his qiladi. 
Ayrimlari yarim yo'lda qoldirib ketishadi, ayrimlari senga 
yo'l ko'rsatishadi. Afsuski, ular bunga sevgi deyishadi...
Go'zal shaklda sevgan insonni qadrsizlashadi.
Hech narsaga arzimaydigan insonni esa 
boshga toj qilishadi.
136


Mirach Chag'ri Oqtosh
O'zimni tushuntiraman deb urinma. 
Anglashni istamaganga tushuntirishdan nima naf?
Mening hech qachon dardimni bo'lishadigan 
bir insonim 
bo'lmadi. Bir 
kun bo'lsa ham bir siga- 
retani 
og'zimga 
olgancha, 
tutunini 
puflab, 
o'sha 
puflagan tutunimga dardlarimni aytmadim. Bu tarzda 
yengillashmadim. Borib shisha-shisha aroq ichib, mast 
bo'lgancha bo'sh shishalarga sitamlarimni sotmadim. Men 
hamma dardlarimga uyg'oq aql bilan bardosh berdim. 
Turli xil vositalardan dardimga chora izlamadim. Ilojsiz 
qoldim, kimsasiz qoldim, ammo bir Xudoning quliga 
yolvorib bormadim. Dardlarim butun vujudimni qamrab 
olgan kechalarda ko'zimga uyqu kelmadi. Yostig'imni 
g'ijimlab yig'ladim. Ovozimni birov eshitmasin deb 
yostig'imni yuzimga bosib yig'ladim. Sovuq ko'rpamga 
burkandim, ammo hech qayerga va hech kimsaga 
bormadim. Og'riqning eng dahshathlarini totib ko'rdim, 
ammo kimdir yaramga malham bog'lashini kutmadim. 
Men dardlarimni har dam ichimga yutdim, biroq insonlar 
tomon qadam bosmadim. O'z dardlarim bilan o'zim 
kurashdim. Boshimga nima tushsa hammasini bir o'zim 
yengdim, lekin biron bandaga sezdirmadim. Ichimda 
ayovsiz jang ketar ekan, barchaga kulib qaradim. Meni 
baxtli deb o'ylashdi.
Seningcha, 
agar 
dilimni 
ochsam, 
meni 
tushunisharmidi? Qo'ysangchi...

Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling