To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021
Download 154.05 Kb. Pdf ko'rish
|
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh
162
M irach ChagVi Oqtosh yutuq chiqib qolar degan umid bilan ancha yillar lotoreya sotib olishdan charchamadingiz. Kasalxonaga borar ekanman, siz uchun uch dona lotoreya chiptasidan sotib oldim. Kasalxonaga yetib keldim. Onam telefonda yig'lardi. Birozdan so'ng xolalarim ham yetib kelishdi, yig'lagancha meni bag'rilariga bosishdi. Qo'limdan hech narsa kelmasdi. Kasalxonaning saratonga chalingan bemorlar joylashgan qavatiga ko'tarildim. Ichkariga ko'pchilikni kiritishmayotgan edi, faqat navbat bilan kirishimiz mumkin edi. Ichkaridan xolam chiqdi va yig'lagancha meni bag'riga bosdi. Bemorning yoniga kirish uchun navbatini menga berdi. Yoningizga kirdim. Uxlayotgan edingiz. Boshingizda biroz o'tirdim, keyin uyg'ondingiz va qo'lingizni men tomonga uzatdingiz. Ko'nglim buzildi. Xayolimga o'lim keldi. O'lim - naqadar achchiq, naqadar qochib bo'lmas narsa. Ko'zlaringizni ochdingiz. Qorachiqlaringizda baxtni ko'rdim. Nigohingizdan "Nabira degani mana shunday bo'ladi", degan jumlani o'qidim. Necha yillardan buyon bobo mehrini ko'rmay qalbimda ochilgan bo'shliq o'sha onda, o'sha jumla bilan to'lgandi. Sevinchdan oyoqqa turdingiz. Yoningizdagi bemorlarga qarab, "Ko'rib qo'yinglar, bu mening nabiram bo'ladi. Menga lotoreya chiptasini olib kelibdi. Agar boshqa birovdan iltimos qilganimda, yodidan chiqarardi, ammo u men aytmasam ham olib kelibdi”, dedingiz. Hammaning nigohi menda, mening qalbim otashda edi. Yig'lab yubormaslik uchun o'zim bilan kurashayotgan edim. Chunki o'sha onda ilk bor meni "nabiram" dedingiz. Shu menga kifoya edi. Necha 163 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling