Tovar birjasi, birja faoliyati tushunchasi va mohiyati


Download 52.71 Kb.
bet4/4
Sana11.01.2023
Hajmi52.71 Kb.
#1089184
1   2   3   4
Bog'liq
1. Maruza(2)(2)

Xulosalar
Tovar birjasi bozor iqtisodiyotining tashkiliy rasmiylashtirligan, klassik instituti, rasmiy narx kotirovkasi va standartlar bo'yicha bitimlar tuzish vaqti va doimiy joyiga ega bo'lgan, muntazam faoliyat ko'rsatadigan tovarlar ulgurji bozoridir.
Alohida tovar birjasi doimiy ish vaqti va joyiga ega bo'lgan, ma'lum bir tovar yoki tovarlar majmui bilan savdo qiladigan bozorni ifodalaydi.
Jahon amaliyotida tovar birjalari faoliyati asosan xomashyo va qishloq xo'jalik mahsulotlari oldi-sotdisi bilan cheklanadi. Qodaga ko'ra, birja tovarlari bu - xomashyo, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni boshlanishiga mansub. Shu sababli ular ko'p jihatdan chiqariladigan boshqa tovarlar narxini belgilab beradi. Klassik birja tovari – sifati va hajmi bo'yicha bir xillashtirilgan, qat'iy belgilangan, oson muayyanlashtirilgan, barqaror xususiyatlarga ega bo'lgan ommaviy mahsulot. U urfdan chiqib qolmasligi yoki ma'nafiu eskirmasligi lozim. Bu shuni anglatadiki, birja tovari birjaga etkazib berilmasligi mumkin. Xaridorga farqi yo'q bo'lishi lozim: sotuvchi kim, tovar qaysi partiyadan olingan. Eng mashhur birja tovarlari: neft va neft mahsulotlari, rangli va qimmatbaho metall, o'rmon, paxta, kauchuk, kofe, shakar, don. Bir xil tovar bir mamlakatda birja tovari bo'lishi, boshqasida bo'lmasligi mumkin.
Shuni e'tiborga olish kerakki, birja yuridik shaxs sifatida oldi-sotdi bitimining tomonlaridan biri sifatida ishtirok etmasdan, faqat bitimning amalga oshirilishi va birja savdosi qoidalariga rioya qilinishini ta'minlaydi.
Birja narx kotirovkasini amalga oshiradi, birja tovarlariga standartlarni belgilaydi, namunaviy shartnomalar ishlab chiqadi, savdo jarayonlarini qayd qiladi, arbitrajni amalga oshiradi, hisob-kitob qiladi, axborot xizmatlari ko'rsatish bilan shug'ullanadi, o'z mijozlariga turli xizmatlar ko'rsatadi. Ko'pchilik mamlakatlarda birjalarni litsenziyalash (faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish), birja savdosini nazorat qilish va birja operatsiyalarini sug'urtalash, konsalting faoliyati (maslahat berish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish) va statistika faoliyatini amalga oshiruvchi davlat strukturalari mavjud.


Tayanch so'zlar
Birja, oldi-sotdi, narx kotirovkasi, arbitraj, axborot xizmati ko'rsatish, xedjlash, bitimlar, bir xillashtirish, brokerlar, dilerlar, NASDAK.


Nazorat savollari
1. Tovar birjasi tushunchasi va mohiyati nimada?
2. Qanday bitimlar mavjud?
3. Birja tarixi haqida gapirib bering.
4. Birjani bozor elementi sifatida tavsiflang.
5. Birjalarni ajratib turuvchi belgilarni sanab bering.
Download 52.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling