19-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Agar davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi, shu jumladan
monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof ravishda
qabul qilingan normativ hujjat tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar
keltirilsa, zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanishi lozim.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Agar xo‘jalik yurituvchi subyektning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi
harakati yoki harakatsizligi tufayli boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar
keltirilgan bo‘lsa, u zarar yetkazgan xo‘jalik subyekti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanishi
lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985 — 1004-moddalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |