Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat


Download 183.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana08.01.2022
Hajmi183.26 Kb.
#252974
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
 355-I-сон 27.12.1996. Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida



Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.01.2012

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI



TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYATNI CHEKLASH VA RAQOBAT

TO‘G‘RISIDA

 LexUZ sharhi

Mazkur  Qonun  O‘zbekiston  Respublikasining  2012-yil  6-yanvardagi  O‘RQ-319-sonli  “Raqobat

to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Qonunning maqsadi

Ushbu Qonun tovar bozorlarida monopolistik faoliyat va insofsiz raqobatning oldini olish, uni

cheklash,  to‘xtatishning  tashkiliy  va  huquqiy  asoslarini  belgilab  beradi,  raqobat  munosabatlarining

shakllanishi va samarali amal qilishi uchun sharoitlar ta’minlashga qaratilgan.



2-modda. Qonunni tatbiq etish sohasi

Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet

ellik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari qatnashadigan tovar

bozorlaridagi  raqobatga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  munosabatlarga  nisbatan  tatbiq  etiladi.  Qonun  mazkur

shaxslar  va  organlarning  O‘zbekiston  Respublikasidan  tashqaridagi  tegishincha  harakatlari  yoki

tuzayotgan  bitimlari  O‘zbekiston  Respublikasi  tovar  bozorlaridagi  raqobatning  cheklanishiga  olib

kelayotgan  yoki  olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan  yoxud  boshqa  salbiy  oqibatlarga  sabab  bo‘layotgan

hollarda ham qo‘llaniladi.

Ushbu  Qonun  ixtirolar,  sanoat  namunalari,  tovar  belgilari,  seleksiya  yutuqlari  va  mualliflik

huquqlarini  huquqiy  jihatdan  himoya  qilish  normalari  bilan  tartibga  solinadigan  munosabatlarga

nisbatan  tatbiq  etilmaydi,  tegishli  huquqlardan  qasddan  foydalanish  raqobatning  cheklanishiga  olib

keladigan hollar bundan mustasno.

Mehnat,  qimmatli  qog‘ozlar  va  moliyaviy  xizmat  bozorlaridagi  monopolistik  faoliyat  va

insofsiz raqobat bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan

tartibga  solinadi,  bu  bozorlarda  vujudga  keladigan  munosabatlar  tovar  bozorlaridagi  raqobatga  ta’sir

ko‘rsatadigan hollar bundan mustasno.

Qonun  hujjatlarida  tabiiy  monopoliyalar  subyektlari  faoliyatini  davlat  tomonidan  qo‘shimcha

ravishda tartibga solish nazarda tutilishi mumkin.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonuni.

Ushbu  Qonunning  qoidalari  tabiiy  monopoliyalar  subyektlariga  nisbatan  bu  qoidalarning

qo‘llanilishi  ana  shu  subyektlarning  o‘ziga  xos  vazifalarini  bajarishini  cheklamaydigan  qismigina

qo‘llaniladi.



(2-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi

O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)


Download 183.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling