Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat


-modda. Axborot olish huquqi


Download 183.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana08.01.2022
Hajmi183.26 Kb.
#252974
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
 355-I-сон 27.12.1996. Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida

11-modda. Axborot olish huquqi

Monopoliyaga  qarshi  davlat  organining  mansabdor  shaxslari  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning

hududiga kirish hamda so‘rov asosida zarur hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish huquqiga egadir.

12-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etish

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar,  davlat  boshqaruv  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati

organlari  va  boshqa  tashkilotlar,  ularning  rahbarlari,  shuningdek  mansabdor  shaxslar  monopoliyaga

qarshi  davlat  organining  talabiga  binoan  unga  kerakli  hujjatlar  va  boshqa  axborotlarni  qonun

hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi shart.

(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy

Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)

13-modda.  Monopoliyaga  qarshi  davlat  organining  tijorat  sirini  saqlash  borasidagi

majburiyatlari

Monopoliyaga  qarshi  davlat  organi  ushbu  Qonunga  muvofiq  o‘ziga  berilgan  vakolatlarni

amalga oshirish chog‘ida olgan tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart.

Monopoliyaga  qarshi  davlat  organi  xodimlari  tijorat  siri  hisoblangan  ma’lumotlarni  oshkor

etganlari taqdirda, ular yetkazgan zarar qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinishi lozim.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985 — 1004-moddalari.


Download 183.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling