Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat


-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining vakolatlari


Download 183.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana08.01.2022
Hajmi183.26 Kb.
#252974
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
 355-I-сон 27.12.1996. Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida

10-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining vakolatlari

Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi huquqlarga ega:

tovar bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqei mavjudligini aniqlash;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlariga,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlariga,  xo‘jalik

yurituvchi  subyektlarga  va  ularning  mansabdor  shaxslariga  monopoliyaga  qarshi  qonun  hujjatlari

buzilishlarini  tugatish  yoki  bunday  buzilishlarning  oqibatlarini  bartaraf  etish  to‘g‘risida,  dastlabki

holatni  tiklash  haqida,  monopoliyaga  qarshi  qonun  hujjatlariga  xilof  shartnomalarni  bekor  qilish  yoki

o‘zgartirish to‘g‘risida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi o‘zlari qabul qilgan qarorlarni,

hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish va

berilgan ko‘rsatmalarning ijrosini nazorat qilish;



(10-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-

sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘zlari qabul qilgan va

monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida

ko‘rsatmalar berish;



Oldingi tahrirga qarang.

xo‘jalik  yurituvchi  subyektlardan  monopolistik  faoliyat  natijasida  asossiz  olingan  daromadni

(foydani) olib qo‘yish va jarima solish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish;

(10-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-

sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)

monopoliyaga  qarshi  qonun  hujjatlari  buzilganligi  to‘g‘risida,  shu  jumladan  monopoliyaga

qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash to‘g‘risida

arizalar  bilan  sudga  murojaat  qilish,  shuningdek  monopoliyaga  qarshi  qonun  hujjatlarini  qo‘llash  va

ularni buzish bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqishda qatnashish;

monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat

ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;

litsenziyalashni joriy etish yoki uni bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalar joriy

etish  yoki  ularni  bekor  qilish,  shuningdek  soliq  imtiyozlari,  imtiyozli  kreditlar  va  davlat  tomonidan

qo‘llab-quvvatlashning  boshqa  turlarini  tatbiq  etish  yoki  bekor  qilish  to‘g‘risida  tegishli  organlarga

takliflar kiritish;

09.04.2020, 19:59

Стр. 7 из 14



monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish;

tovar  bozorida  ustun  mavqeni  egallab  turgan  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  reyestrini

shakllantirish tartibini belgilash;

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining

qarori  bilan  tasdiqlangan  “Monopolist  birlashmalar  (korxonalar)  davlat  reyestrini  tuzish  va  yuritish  tartibi

to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat. № 1064, 15.09.2001-y.).

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.



 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2010-yil  2-iyundagi  105-sonli  qarori

bilan  tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasi  Monopoliyadan  chiqarish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat

qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom.


Download 183.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling