16-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lib yuborish
Ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt monopoliyaga qarshi qonun
hujjatlarini buzgan taqdirda, monopoliyaga qarshi davlat organi raqobatni rivojlantirish maqsadida uni
majburiy tarzda bo‘lib yuborish yoki undan tarkibiy bo‘linmalar negizida bir yoki bir necha yuridik
shaxsni ajratib chiqarish haqida sudga da’vo arizasi berishga haqlidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lib yuborish quyidagi shartlarning hammasi
bo‘lganida, ya’ni:
bo‘lib yuborilayotgan tarkibiy bo‘linmalar tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqishi
mumkin bo‘lsa;
uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida texnologiya jihatidan o‘zaro uzviy bog‘lanish
bo‘lmaganida;
bo‘lib yuborish natijasida tarkibiy bo‘linmalar muayyan tovar bozorida mustaqil ishlash
imkoniyatiga ega bo‘lganida amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |