Тovar moddiy zahiralar hisobi
Download 152 Kb.
|
1353939752 40262
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilvosita xarajatlar
- Boshqa xarajatlar
- Хizmat ko’rsatish korxonalarida
- “jarayonli”
Bevosita xarajatlar - bu tayyor mahsulotning birligini ishlab chiqarish bilan bevosita bog’lik xarajatlardir. Ular jumlasiga:
ishlab chiqarishga taalluqli moddiy xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ish xaqi; ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari. Yuqorida keltirilgan xarajatlar o’zgaruvchi xarajatlar bo’lib hisoblanadi. Chunki, ularning hajmi bevosita mahsulot ishlab chiqarilishi bilan bog’liq – mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshsa, uning miqdori ham oshib boradi. Bilvosita xarajatlar - bular ishlab chiqarish jarayonida xizmat ko’rsatish bilan bog’liq ishlab chiqarish xarajatlaridir. Masalan: yordamchi ishchilarning vaqtbay ish haqi, ishlab chiqarish asosiy vositalarining amortizatsiyasi, ishlab chiqarish asosiy vositalarining joriy va kapital ta’mirlash xarajatlari va mahsulot hajmining usishi doimiy xarajatlari. Boshqa xarajatlar - tovar-moddiy zahiralarini kerakli joyga keltirish bilan bog’lik bo’lgan trasport va ularni tegishli holatda ushlab turish bilan bog’-lik bo’lgan boshqa xarajatlar (tayyor mahsulotni omborga tashib keltirish yakka tartibdagi buyurtmalar bo’yicha tovarlarni konstruktsiya qilish xarajatlari va boshqalar). Ma’lumki, mahsulotlarning ishlab chiqarish tovar-moddiy zahiralari tannarxiga qo’shilmagan xarajatlari davr sarflari sifatida tan olinadi. Ular jumlasiga: Sotish bo’yicha sarflar; Boshqarish bo’yicha sarflar (ma’muriy sarflar); Boshqa operatsion sarflar va zararlar. Тovar-moddiy zahiralari tannarxi bo’yicha hisobga olishda faoliyat turlari xususiyatlarini hisobga olish lozim. Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi va xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi korxonalarda ТMZni hisobga olishda ma’lum tafovutlar mavjud. Хizmat ko’rsatish korxonalarida tovar-moddiy zahiralari tannarxiga quyidagilar kiritiladi: Хizmat ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan xodimlarning ish haqlari; Boshqaruv va nazorat qilish bilan bog’liq xodimlarning ish haqlari; Хizmat sohasida, boshqaruv va nazorat sohalarida ishlayotgan xodimlar-ning ish haqlariga hisoblangan ijtimoiy sug’urta xarajatlari; Хizmat ko’rsatish jarayonida yuzaga kelgan boshqa ustama xarajatlar. Bu erda ham, sotish va ma’muriy boshqarish bilan bog’liq bo’lgan ish haqi va boshqa xarajatlari, shuningdek, agar texnik jarayonda ko’rib o’tilmagan bo’lsa, ish-lab chiqarish tsiklining alohida bosqichlari o’rtasida tovar-moddiy zahiralarni saqlash xarajatlari tovar-moddiy zahiralari tannarxi tarkibiga kiritilmaydi va ular yuzaga kelgan davr sarflari sifatida tan olinadi. Ma’lumki mahsulotlar (bajarilgan ish va xizmatlar) tannarxini hisobga olish usuli ishlab chiqarish turi, mahsulot turi va uning murakkabligiga bog’liq holda tanlanadi. Amaliyotda qo’llanayotgan hisobga olishning asosiy usullariga me’yoriy, buyurtmali, “jarayonli” va xarajatlarni inventar baholash (chakana savdoda) usullari kirib, ularning mohiyati boshqaruv hisobi fanida batafsil ko’rib chikiladi. Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling