Тovar moddiy zahiralar hisobi


Тovar-moddiy zahiralarni baholash tartibi


Download 181.52 Kb.
bet3/14
Sana18.06.2023
Hajmi181.52 Kb.
#1590486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1353939752 40262

2. Тovar-moddiy zahiralarni baholash tartibi.


Тovar-moddiy zahiralarini baholashda ularni tannarxi yoki sof sotish qiymatlari bo’yicha hisobga olish mumkin. ТMZ larini hisobga olishda shu ikkala qiymatidan qaysi biri kichik bo’lsa o’sha qiymat bo’yicha hisobga olinadi. ТMZlarini tannarxi yoki sof sotish qiymatlari bo’yicha hisobga olishda turli usullardan foydalanish mumkin. Ularni asosiylari quyidagi chizmada keltirilgan


ТMZ larni baholash






Тannarxi bo’yicha Sof sotish qiymati
bo’yicha



Yalpi identifikatsiya usuli;




Alohida moddalar bo’yicha hisobga olish usuli;

O’rtacha hisoblangan qiymat usuli (AVECO);




Asosiy tovar guruhlari bo’yicha hisobga olish usuli;

Birinchi xarid narxlari bo’yicha baholash usuli (FIFO);




Umumiy hajmi bo’yicha hisobga olish usuli.

Oxirgi xarid narxlari bo’yicha baholash usuli (LIFO).







ТMZlarini baholash usullari


ТMZ tannarxi bo’yicha hisobga olinganda uning tarkibiga ТMZlarini sotib olish (xarid qilish), olib kelish va joylashtirish bilan bog’liq barcha xarajatlar, ularni qayta ishlash xarajatlari va boshqa xarajatlar kiritiladi.


Demak, ТMZ sotib olish bilan bog’lik xarajatlarga quyidagilar kiradi:
tovar-moddiy zahiralarini harid qiymati;
import zahiralar uchun bojxona bojlari va to’lovlari,
mahsulotni sertifikatsiyalash xarajatlari;
tayyorlov vositachilik tashkilotlariga to’langan komission to’lovlar;
soliqlar (korxona keyinchalik qaytarib olishi mumkin bo’lganlardan tashqari, masalan, QQS);
zahiralarini sotib olish bilan bog’lik transport-tayyorlov xarajatlari, xizmat ko’rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bog’liq boshqa xarajatlar. Korxonalarning tovar-moddiy zahiralari tarkibi xilma-xil bo’lganligi uchun ham ular turlicha tayyorgarlik holatida bo’li-shi mumkin. Shuning uchun ham ularning ba’zilari, ya’ni hech qanday ishlov berilmaganlari xarid narxlari bo’yicha hisobga olinsa, boshqa-lari, ya’ni ma’lum qayta ishlovlardan o’tganlari, ushbu holatga kelguncha ketgan barcha xarajatlarini o’z ichiga olgan holdagi qiymatida aks et-tiriladi.
Qayta ishlash xarajatlari tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita (to’g’ri) yoki bilvosita (egri) xarajatlarga, shuningdek, o’zgaruvchi va o’zgarmas xara-jatlarga ajratilishi mumkin.

Download 181.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling