Тovar moddiy zahiralar hisobi
Oxirgi xarid narxlari bo’yicha baholash
Download 181.52 Kb.
|
1353939752 40262
Oxirgi xarid narxlari bo’yicha baholash (LIFO - oxirgi kirim, birinchi chiqim) usulining mohiyatiga ko’ra oxirgi xarid qilingan tovarlarning bahosi bi-rinchi navbatda sotilgan tovarlarning qiymatini aniqlash uchun, hisobot dav-rining oxiriga bo’lgan zahiralar qoldig’ining tannarxi esa birinchi navbatda xarid qilingan tovarlar tannarxi asosida hisob qilinadi. Тovar-moddiy zaxi-ralarini baholashning ushbu usuli O’zbekiston Respublikasi BHMSda qo’llashga tavsiya qilinmagan.
Yuqorida keltirilgan misolimiz ma’lumotlaridan foydalanib LIFO usuli yordamida sotilgan va davr oxiriga ТMZ qoldig’ini aniqlaymiz. Dastavval sotilgan (400 dona) tovarlar qiymatini aniqlab olamiz: Uchinchi xarid 180 dona x 14 so’m = 2520 so’m Ikkinchi xarid 150 dona x 15 so’m = 2250 so’m Birinchi xarid 70 dona x 12 so’m = 840 so’m _____________________________________________________________ Jami 400 dona 5610 so’m Demak, sotilgan 400 dona ТMZni umumiy tannarxi 6210 so’mni tashkil qilgan bo’lsa, sotilmay qolgan (qoldiq) tovarlar qiymati 1100 so’mni tashkil qiladi, ya’ni 6710 – 5610 = 1100 so’m yoki Qoldiq tovarlar qiymati 50 dona x 10 so’m = 500 so’m Birinchi 50 dona x 12 so’m = 600 so’m Jami: 100 dona 1100 so’m Keltirilgan hisoblardan ko’rinib turibdiki, sotilgan tovarlar qiymatini oxirgi xarid narxlari asosida, qoldiq tovarlar qiymati (tannarxi)ni esa, dast-labki xarid narxlari bo’yicha aniqlandi. Hisoblarni bunday amalga oshirilishi, yuqorida aytib o’tganimizdek, LIFO usuli mohiyatidan kelib chiqadi. Endi yuqorida keltirilgan usullarni qo’llab sotilgan va qoldiq tovarlar qiymatini aniqlaganimizda, ular hajmi orasida qanday farq bo’lishini olingan ma’lumotlar asosida qiyosiy tahlilini o’tkazaylik. Qo’llanilgan usullarda so-tilgan tovarlar tannarxini aniqlash moliyaviy natijalarga qanday darajada ta’sir ko’rsatishini tasavvur qilish uchun, faraz qilayliq har dona tovarni so-tish bahosi 18 so’m tashkil qilsin
Download 181.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling