Тovar moddiy zahiralar hisobi


Download 181.52 Kb.
bet1/14
Sana18.06.2023
Hajmi181.52 Kb.
#1590486
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1353939752 40262


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI



«IQTISODIYOT» KAFEDRASI


«BUXGALTERIYA HISOBI» FANIDAN
MUSTAQIL ISHI


MAVZU: TOVAR MODDIY ZAHIRALAR HISOBI


Tuzuvchi: ______________________________
__________________________________________


Buxoro-2023
Reja:
Kirish

  1. Тovar-moddiy zahiralari haqida tushuncha

  2. Тovar-moddiy zahiralarni baholash tartibi

  3. Тovar-moddiy zahiralarni tannarxini aniqlash usullari

  4. Тovar-moddiy zahiralarni sof sotish qiymatida hisobdan chiqarishning usullari

  5. Тovar-moddiy zahiralarni uzluksiz va davriy hisobga olish tartibi

  6. Тovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq muomalalarni yoritishlar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Тovar-moddiy zahiralar haqida tushuncha.
Mehnat buyumlari yoki boshqacha qilib aytganda, moddiy resurslar asosiy vositalar bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ularning asosiy vositalardan farqi shundaki, materiallar har bir ishlab chiqarish tsiklida butunlay iste’mol qilinib, ishlab chiqarish jarayonida o’zining dastlabki jismoniy ko’rinishini yo’qotadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga o’z qiymatini to’la ravishda o’tkazadi.
4-sonli “Тovar-moddiy zahiralari” deb nomlangan O’zbekiston Respub-likasi BHMSda tovar-moddiy zahiralari tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt-larning quyidagi aktivlari kiritiladi:
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida ishlatilishi ko’zda tu-tilgan xomashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgi, idishlar, ehtiyot qismlari, boshqa material-lar hamda arzon baholi tez eskiruvchi buyumlar;
Тugallanmagan ishlab chiqarish;
Хo’jalik yurituvchi sub’ektning oddiy faoliyatida sotish uchun mo’ljal-langan tayyor mahsulot va tovarlar.

Moddiy-ishlab chiqarish zahiralari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rinlari va xususiyatlariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:


xomashyo va asosiy materiallar;
yordamchi materiallar;
sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar;
chiqindilar;
yoqilg’ilar;
idish va idish materiallar;
ehtiyot qismlar;
inventar va xo’jalik jihozlari;


Хomashyo deb,hali sanoat ishlovidan o’tmagan va mahsulotlarning asosiy mod-diy qismini tashkil qiladigan mehnat buyumlariga aytiladi masalan: paxta toza-lash korxonalari uchun tozalashga keltirilgan paxta tolasi, metallurgiya zavodi uchun temir ruda, ko’n zavodiga keltirilgan oshlanmagan teri, un zavodiga kelti-rilgan bug’doy va hokazo. Хom ashyolarga sanoat ishlovini bir marta bo’lsa ham o’tgan mehnat buyumlari kiradi. Qayta ishlash korxonalari xom ashyosini, ko’pchilik hol-larda, qishloq xo’jalik mahsulotlari va qazib oluvchi sanoatning mahsulotlari tashkil etadi.

Download 181.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling