Tovar moddiy zahiralari auditi


Download 99.63 Kb.
bet4/11
Sana30.04.2023
Hajmi99.63 Kb.
#1412521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tmz

Ikkinchi variantda bunday yozuvlar materiallarning haqiqatda kelib tushishidan qat’iy nazar, mol yetkazib beruvchilarning korxonaga kelib tushgan hisob-kitob hujjatlariga asosan bir oy davomida amalga oshiriladi. 1510 - «Materiallarni tayyorlash va sotib olish» schyotida ayrim sanalarga debet qoldig’i qolishi mumkin.
Bunday debet qoldiqlar puli to’langan, ammo oy oxirida hali xo’jalikka yetib kelmagan yuklarning qiymatini bildiradi. Ushbu yo’lda kelayotgan moddiy boyliklarning qoldiqlari buxgalteriya balansining «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasiga qo’shib aks ettirilishi lozim.
Ayrim paytlarda korxonalar balansning «Boshqa debitorlar» moddasida materiallarni qabul qilishda aniqlangan kamomadlarni, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha har xil da’vo summalarini, puli to’langan va uzoq vaqt davomida kirimga olinmagan (ayrim paytlarda o’g’irlangan bo’lishi ham mumkin) moddiy boyliklar uchun debitorlik qarzlarni aks ettiradi. Shuning uchun 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» va 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyotlar bo’yicha yuritiladigan registrdagi hisob yozuvlarining puli to’lanib, lekin hali yo’lda kelayotgan moddiy boyliklar uchun hisob-kitoblar qismi navbatdagi tekshiruv ob’ekti bo’lishi lozim. To’liq to’langan, lekin uzoq vaqt davomida xo’jalikka kelib tushmagan moddiy boyliklar aks ettirilgan har bir hisob-kitob (to’lov) hujjati bo’yicha tovar-transport nakladnoylari (kvitantsiyalari) va schyotlarni to’lovga taqdim qilish uchun asos bo’ladigan boshqa hujjatlar puxta tekshirilishi zarur. Zarur hollarda auditor ushbu yozuvlarni mol yetkazib beruvchilarning o’zaro bog’liq bo’lgan dastlabki hujjatlari va hisob registrlari bilan taqqoslaydi (qaramaqarshi tekshiruv o’tkazadi).
Tovar-moddiy zaxiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida auditor olinayotgan moddiy boyliklar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i (agar korxona QQS to’lovchi bo’lsa) ning hisobda aks ettirilishini ham tekshiradi.
Mol yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlarida alohida qator bilan ajratib ko’rsatilib, xaridor korxonaga to’lov uchun taqdim qilinadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasi 4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining debeti va 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. To’langan qo’shilgan qiymat solig’i summalari ishlab chiqarish zaxiralarining sotib olish qiymatiga kiritilmaydi ya’ni 1010-1090 «Materiallar» yoki 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotlar debetiga olib borilmaydi.
4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining istalgan hisobot sanasiga debet qoldig’i sotib olingan, lekin hali puli to’lanmagan moddiy boyliklarga tegishli bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i summasini bildiradi. Ushbu summa balans aktivining II bo’limida tegishli modda bo’yicha ajratib ko’rsatiladi.
Auditor sotib olinadigan zaxiralarning maqsadli tayinlanishi yoki qanday maqsadlar uchun ishlatilishiga ko’ra qo’shilgan qiymat solig’i summasini hisobdan o’chirish tartibiga e’tibor qaratishi zarur. Chunki moddiy resurslarni ishlab chiqarishga sarflash me’yoriga qarab, ularga tegishli bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i summasi 6410 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari bo’yicha)» schyot debeti va 4410 -«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti kreditida; moddiy boyliklarni boshqa korxonalarning ustav kapitaliga moliyaviy qo’yilma sifatida, hamda ularni tekinga berish chog’ida qo’shilgan qiymat solig’i summasi 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debeti va 4410-«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti kreditida aks ettiriladi. Shuningdek, qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha yakuniy hisob-kitob 6410 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari bo’yicha) » schyot debeti va 4410 -«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyot krediti bo’yicha aks ettiriladi.
Sotib olingan moddiy boyliklarga doir qo’shilgan qiymat solig’i faqat quyidagi qonunchilik shartsharoitlari bajarilgandagina byudjetdan qoplanadi:

  • qo’shilgan qiymat solig’i dastlabki va hisob-kitob hujjatlarida alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganida;

  • moddiy boyliklar haqiqatda qabul qilinganida;

  • moddiy boyliklar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sotib olinganida.

Barcha hollarda qo’shilgan qiymat solig’i faqat moddiy boyliklar kirim qilinganida va mol yetkazib beruvchilarga puli to’langanidagina hisobdan o’chiriladi.
Amaliyotda korxonalar moddiy boyliklarni kirim qilmasdan turib, ya’ni tovarmoddiy zaxiralarni hisobda aks ettirish talablariga rioya qilmasdan hisobdan o’chirish hollari ko’p tarqalgan. Bu qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq bilan bog’liq noxush oqibatlarga olib keladi. Masalan, auditor korxona tomonidan kabel sotib olinganligi va uning qiymati mol yetkazib beruvchi tomonidan taqdim qilingan schyotga muvofiq 1 200 000 so’m, qo’shilgan qiymat solig’i esa 240 000 so’mni tashkil etganligini aniqladi. Ushbu muomala mijoz-korxona buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirilgan:
Debet 2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – kabel qiymati 1 200 000 so’mga
Kredit 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti – kabel qiymati – 1 200 000 so’mga;
Debet 4410-«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti- qo’shilgan qiymat solig’i summasi 240 000 sumga
Kredit 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - qo’shilgan qiymat solig’i summasi 240 000 so’mga
Debet 6410 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» schyoti - qo’shilgan qiymat solig’i summasi 240 000 so’mga
Kredit 4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti – qo’shilgan qiymat solig’i summasi 240 000 so’mga.
№4 –«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli Buxgalteriya hisobi milliy standartida tovar-moddiy zaxiralarini sotib olish xarajatlarining tarkibi keltirilgan. Ularga, xususan, materiallarni tayyorlash va tashib keltirish, import bojxona to’lovlari va yig’imlari, maxsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minotchi va vositachi tashkilotlarga to’langan komission to’lovlar, soliqlar (korxona keyinchalik qaytarib oladigan soliqlardan tashqari, masalan, qo’shilgan qiymat solig’i kabi), hamda tayyorlov-transport, xizmat ko’rsatish va zaxiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.




    1. Download 99.63 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling