Tovar moddiy zahiralari auditi


-jadval Tovar moddiy zaxiralarning baholanishi5


Download 99.63 Kb.
bet7/11
Sana30.04.2023
Hajmi99.63 Kb.
#1412521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tmz

2-jadval
Tovar moddiy zaxiralarning baholanishi5

Ko’rsatkichlar
Usullar

FIFO usuli



O’rtacha tortilgan qiymat usuli



LIFO usuli



Realizasiyadan tushgan daromad

2500000

2500000

2500000

Sotishga tayyor mahsu-lotlarning tannarxi

2670000

2670000

2670000

Davr oxiridagi TMZ tannarxi

600000

508560

440000

Sotilgan mahsulotlar-ning tannarxi

2070000

2161380

2230000

Realizasiyadan olingan yalpi foyda

430000

338620

270000

Tovar-moddiy zaxiralarni sof realizasiya qiymati bo’yicha baholash.


Tovar-moddiy zaxiralar shikastlanganda, qisman yoki butunlay eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv narxi pasaygan holatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o’z tannarxidan past bahoda realizasiya qiymatida baholanishi mumkin.
Sof realizasiya qiymati - tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir.
2.3 Tovar-moddiy zaxiralar harakatining auditi
Tovar-moddiy zahiralarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning maqsadi-ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to'g'ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zahiralar bilan bog'liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o'tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zahiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo'lgan korxonalarda auditning asosiy qismi deb qaraladi.
Bizga ma'lumki O'zbekiston Respublikasida Tovar-moddiy zahiralarni buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda ularni baholash tartibi O'zbekiston Respublikasida «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son buxgalteriya hisobi milliy standartiga asosan olib boriladi. Mazkur hisob standartiga 2-son «Ishlab chiqarish zahiralari» nomli Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti hamda tovar-moddiy zahiralar hisobiga doir xalqaro hisob hujjatlari ilmiy-amaliy asos bo'lib hisoblanadi.
Yuqorida nomlari keltirilgan buxgalteriya hisobining ikki milliy va xalqaro standartining bir-biri bilan o'ziga xos o'xshash va farq qiluvchi xususiyatlari mavjuddir. Ushbu ikki hisob standartini quyida keltirilgan xususiyalari orqali qiyosiy tahlil etish mumkin:
Birinchidan, Tovar-moddiy zahiralarining mohiyati va ularni baholash tartibi.
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi va rivojlangan davlatlarda tovar-moddiy zahiralarni keltirish va tayyorlash bilan bog'liq xarajatlarni hisobga olish va haqiqiy tannarxini aniqlash xususiyatlari.
Uchinchidan, O'zbekiston Respublikasi va xalqaro buxgalteriya amaliyotida tovar-moddiy zahiralarni baholash xususiyatlari.
To'rtinchidan, tovar-moddiy zahiralar hisobini yuritish usullarining qo'llanilishi va ular holatini moliyaviy hisobotda aks ettirish xususiyatlari.
O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 4-son milliy standarti xalqaro amaliyotdagi 2-son xalqaro hisob standartidan farqli ravishda, unda tovar-moddiy zahiralar hisobini yuritish va ularni baholashning O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya tizimi, hisob siyosati xususiyatlari hamda milliy iqtisodiyotimizdagi korxonalar faoliyatining o'ziga xos va mos bo'lgan jihatlarini o'zida mujassamlashtirgan.
Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zahiralari» (4-son) standartiga ko'ra ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam baho bo'yicha baholanadi. Tovar-moddiy zahiralar tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va ularni manzilga yetkazib berish va tegishli holatga keltirish bilan bog'liq bo'lgan transport tayyorlov xarajatlarini o'z ichiga oladi.
Tovar-moddiy zahiralarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig'imlarini, mahsulotni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta'minot, vositachi tashkilotlarga to'langan komission to'lovlarni, soliqlarni, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari savdo diskontlari ishlovlari va shunga o'xshash boshqa chegirmalar TMZni sotib olish xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi.
Korxonaning ishlab chiqarish dasturi muvaffaqiyatli ijro etilishi u moddiy zahiralar bilan qay darajada ta'minlanganligiga bog'liqdir. Shuning uchun tekshiruv jarayonida ishlab chiqarish dasturi moddiy zahiralar bilan o'zaro bog'langanligiga e'tibor qaratiladi. Shu maqsadlarda moddiy zahiralarga bo'lgan ehtiyojlar bo'yicha hisob-kitoblar o'rganib chiqiladi. Bunda, materiallarga bo'lgan ehtiyojlarni aniqlash bo'yicha hisob-kitoblar xom asheqasosiy va yordamchi materiallarning sarf-xarajatlari amaldagi me'yorlarga muvofiq, ilg'or texnologiyalarni qo'llagan holda tuzilganligi, ishlab chiqarish zahiralari esa belgilangan me'yorlarga muvofiq hisoblanganligi va tayyor mahsulotni to'xtovsiz ishlab chiqarish imkoniyatini berishligi tekshiriladi.
Agar tekshiruv dasturi bilan tovar zahiralarini chuqurroq tahlil qilish rejalashtirilgan bo'lsa, iqtisodiy tahlil uslubini qo'llash yo'li bilan moddiy zahiralar bilan ta'minlanganligiga va ulardan foydalanishga baho beriladi. Bunda istiqboldagi zahiralarni aniqlashga alohida e'tibor qaratiladi. Tezkor va xizmat yuzqsidan qo'llaniladigan ma'lumotlar auditorlik muolajalar jarayonida o'rganish ob'ekti bo'lib hisoblanadi.
Tezkor hisobda (odatda kelib tushgan yuklarni ro'yxatga olish daftari) har bir mol yetkazib beruvchi bo'yicha moddiy zahiralar turi va yetkazib berish muddatlari to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi. Avvalambor, tekshirilayotgan korxonada ushbu hisob qanday amalga oshirilayotganligi ya'ni, har bir mol yetkazib beruvchi bo'yicha shartnoma (kontrakt)larda materiallar turi va yetkazib berish muddatlari ko'rsatilganligi va haqiqatda yetkazib berilgan materiallar turlari bo'yicha va yetkazib berish muddatlari ko'rsatilganligi o'rganib chiqiladi. Buxgalteriya hisobida aks etilgan ma'lumotlarni solishtirish yo'li bilan tezkor hisobda keltirilgan ma'lumotlar ishonchliligini aniqlash muhim ahamiyatga egadir.
Shartnomada keltirilgan majburiyatlarni bajarilishi to'g'risida ishonchli ma'lumotlar mavjudligi shartnoma (kontrakt) shartlarini buzgan mol yetkazib beruvchilarni aniqlash imkoniyatini beradi. Agar bunday kamchiliklar sodir etilgan bo'lsa, shartnomaviy intizomni buzganlarga nisbatan jarima yoki boshqa da'volar qo'llanilganligi va ular korxonaga ushbu jarimalar summasini to'langanligi aniqlanadi. Taqdim etilgan jarima va da'volarni qoniktirishga e'tiroz bildirilsa, da'vo qilish muddatlari o'tib ketganligi yoki da'vo hujjatlari xo'jalik sudlari orqali noto'g'ri va to'lixqsiz rasmiylashtirilganligi bilan bog'liqligi va bunga aybdor bo'lgan shaxslar aniqlanadi. Bunday ma'lumotlarni "Da'volar bo'yicha olinadigan hisobvarahlar" guruhiga oid buxgalteriya hisobi registrlari va ushbu registrlarda aks etilishiga asos bo'lgan hujjatlar hamda takdim etilgan da'volar bo'yicha xizmatga oid o'zaro xat yozishmalar materiallaridan olish mumkin. Moddiy zahiralar to'liq kirim qilinganligini tekshirish uchun ma'lumot manbalari bo'lib boyliklar mavjudligi va harakati to'g'risida ma'lumot to'planadigan hisobvaraqlarning ("Material-larni tayyorlash va sotib olish", "Materiallar qiymatidagi farqlar", "Materiallar hisobi bo'yicha hisobvaraqlar" va boshqalar) sintetik va tahliliy registrlari, dastlabki hujjatlar ilova qilingan moddiy javoogar shaxslar hisobotlari, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar hisobi bo'yicha sintetik va tahliliy hisob registrlari va boshqalar hisoblanadi.
Sotib olinadigan moddiy zahiralar to'liq kirim qilinganligi va to'g'ri baholanganligini tekshiruvi boshlanganda, avvalambor, moddiy zahiralar hisobi qaydnomalarida aks etilgan yakuniy summalar boshkqa hisob registrlari (jurnal-orderlar, mashinogram-malar) ma'lumotlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Shuning bilan bir qatorda, balans hisobvaraqlari bo'yicha sintetik va tahliliy hisobdagi yozuvlar uning bo'limlaridagi yozuvlarga mos kelishini tekshirish lozim.
Bunga o'xshash farqlar asosan moddiy boyliklarni o'zlashtirish maqsadida moddiy zahiralar kamomadi yoki navlari almashganligini berkitish uchun soxta dalolatnomalarni rasmiylashtirish bilan bog'liqdir. Moddiy zahiralarni kirim qilishda yoki ularning iste'mol sifatlarida (navlari, rusumlari, artikullari, o'lchamlari, namligi va boshqalarda) mol yetkazib beruvchilar yuborgan hujjatlarida ham soxtaliklar uchrashi mumkin. Shu bois, boyliklarni kirim qilish bo'yicha hujjatlarni tekshirishni nihoyatda diqqat bilan amalga oshirish va hujjatlarni ekspert sifatida baholashni yaxshi bilish lozim.
Shubhali hujjatlarni moddiy javobgar xodimlar hisobotidagi yozuvlar bilan solishtirish kerak, hisobvaraqlar to'g'ri korrespondentlanganligi va shubhali hujjatlar asosida kirim qilingan boyliklar bo'yicha buxgalteriya hisobi registrlaridagi (jamlovchi qaydnomalar, jurnal-orderlar, mashinogrammalar) yozuvlari to'g'ri amalga oshirilganligini tekshirish lozim. Zaruriyat bo'lsa, moddiy zahiralarni yetkazib bergan mol yetkazib beruvchilarda saqlanayotgan hujjatlar bilan muqobil tekshiruvi amalga oshiriladi.
Moddiy zahiralarni to'g'ri baholash, avvalambor, ularning tahliliy va sintetik hisobi qanday tashkil etilganligi va yo'lga ko'yilganligiga bog'liq. Shuning uchun tekshirishda hisob tegishli hisobvaraqlar bo'yicha (xom ashyo va materiallar, sotib olinadigan yarim tayyor materiallar va jihozlash buyumlari, konstruktsiyalar va detallar, yonilg'i va boshqa bir xil turdagi guruhlar) 1000-sonli "Materiallar hisobi bo'yicha hisobvaraqlar" hisobvaraqlari guruhida va moddiy zahiralarning iste'mol qilish belgilaridan kelib chiqib har bir nomlanishi bo'yicha olib borilishi tekshiriladi. Undan keyin, moddiy boyliklarga ularning iste'mol qilish belgilaridan kelib chiqqan holda nomenklatura raqamlari qo'yilishi va ular ombordagi hisob bo'yicha dastlabki hujjatlarda aks etilishi tekshiriladi.



    1. Download 99.63 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling