Tovar moddiy zaxiralar chiqib ketishining hisobi va auditi
Download 248.85 Kb.
|
Tovar moddiy zaxiralar chiqib ketishining hisobi va auditi-www.hozir.org
3-bob bo`yicha xulosa
Bitiruv malakaviy ishining 3-bobida tovar moddiy zahiralar auditini takomillashtirish yo’nalishlari tartibi yoritilgan. Xususan, mazkur bobda tovar- moddiy zaxiralar auditini rejalashtirish va ichki nazorat tizimini baholash tartibi aniqlash. Sof sotish (realizatsiya qilish) qiymati - TMZlarni ishlab chiqarishning nihoyasiga etkazilishi va mahsulotning sotilishi bilan bog’liq butlashga oid chiqimlar chegirilgan holda realizatsiya qilishning hisob-kitob bahosidir. Ya’ni, sof sotish qiymati ularning haqiqiy ko’rinishidagi zahiralar bozor bahosining o’zginasi 67
emas. U sotishning haqiqatdagi bahosi ayiruv ishlab chiqarish jarayonining nihoyasiga etkazilguniga qadar bo’lgan barcha keyingi chiqimlar qo’shuv marketing natijasidagi barcha chiqimlar sifatida belgilanishi mumkin. Sof sotish qiymati o’xshash tovarlarning birliklari yoki guruhlari uchun ko’rib chiqilishi kerak. Zahira qiymatini butunlay ko’rib chiqish, keyin esa umumiy qiymat yoki sof sotish qiymatini belgilash maqbul emas. Moddiy javobgar shaxslar o’zgarganda (shuningdek ular kasal bo’lgan, ta’tilga chiqqan davrda) tovar-moddiy zahiralarning boshqa shaxs javobgarligiga o’z vaqtida va to’g’ri belgilanganligi hamda bunda aniqlangan tafovutlar buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilganligi korxona buxgalteriyasida tekshirilishi zarur. Ko’pincha tovar-moddiy zahiralarni javobgarlik uchun berish rasmiyatchilik bilan, faqat hisobga olish ma’lumotlari bo’yicha amalga oshiriladi, bu esa keyinchalik tovar-moddiy zahiralar kamomadi aniqlanganda, moddiy javobgar shaxslar o’zlarini oqlash uchun shu holatni asosiy sabab qilib ko’rsatishlariga asos bo’ladi. Auditor moddiy resurslar sarfi haqidagi ma’lumotlar haqiqiy sarfga muvofiqligi hisobotda aks ettirilishini tekshirishi kerak. Agar hisobot ma’lumotlari bo’yicha tovar-moddiy zaxiralar ortiqcha sarflanganligi aniqlansa, auditor eng avvalo, uni keltirib chiqargan omillarni aniqlashi kerak. Bunda materiallarning qaysi turlari bo’yicha ortiqcha sarflanishga yo’l qo’yilganligi, materiallar sarfi rejasi amaldagi normalarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi aniqlanishi, shuningdek korxonada amal qiluvchi sarflash normalari kim tomonidan, qachon va ishlab chiqarishning qaysi texnik darajasi uchun tasdiqlanganligi tekshirilishi zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling