Tovar moddiy zaxiralar chiqib ketishining hisobi va auditi
Download 248.85 Kb.
|
Tovar moddiy zaxiralar chiqib ketishining hisobi va auditi-www.hozir.org
2-bob bo`yicha xulosa
Bitiruv malakaviy ishi II-bobida tovar-moddiy zaxiralarni baholash va ularning chiqib ketishi muomalalarini hujjatlashtirish tartibi yoritilgan. Xususan, mazkur bobda tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishida ularning sof sotish qiymatini aniqlash. “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek 4-son BHMSning II-bandiga asosan, tovar-moddiy zaxiralarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo’yicha — hisobot davri oxiridagi haqiqiy tannarxi (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo’yicha eki bozor bahosi bo’yicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi. 50
Birinchi navbatda tovar-moddiy zaxiralarning sof sotish qiymati tushunchasining mohiyatini aniqlab olish maqsadga muvofiq deb hisob-laymiz. Ma’lumki, BHMS № 4 ga muvofiq, sof sotish qiymati — tovar-moddiy zaxiralarni maqsadiga ko’ra foydalaniladigan holatga keltirish va sotish bo’yicha baholangan xarajatlar chegirilgan holdagi ularning joriy qiymatidir. Bunda joriy qiymat — tovar-moddiy zaxiralarning ma’lum sanadagi amalda bo’lgan bozor bahosi bo’yicha qiymati yoki etarli darajada ma’lumotga ega, bitim tuzishga xohishi bo’lgan, o’zaro bir-biridan mustaqil bo’lgan tomonlar o’rtasida bitim amalga oshirish natijasida aktivni xarid qilish yoki majburiyatni amalga oshirish uchun etarli bo’lgan summadir. Ehtimol sof sotish qiymati tashkilot tomonidan normal faoliyat olib borish jarayonida tovar-moddiy zaxiralarni sotishdan kutiladigan tushumning sof summasi bilan bog’likdir. Haqqoniy qiymat esa etarli darajada yaxshi ma’lumotga ega bo’lgan, bitim tuzishga xohishi bo’lgan bozordagi xaridorlar va sotuvchilar o’rtasida bitim tuzish natijasida xuddi shunga o’xshash tovar-moddiy zaxiralarni almashtirishi mumkin bo’lgan summani aks ettiradiTovar-moddiy zaxiralarning sof sotish qiymati xaqqoniy qiymatdan sotish bilan bog’liq xarajatlar chegirib tashlangan summaga teng bo’lmasligi ham mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling