Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etilishi auditi mundarija kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditining nazariy-huquqiy asoslari


Tovar-moddiy zaxiralar auditining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari


Download 139.88 Kb.
bet6/20
Sana08.05.2023
Hajmi139.88 Kb.
#1443699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etili

Tovar-moddiy zaxiralar auditining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari

Tovar-moddiy zaxiralarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to’g’ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zaxiralar bilan bog’liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o’tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zaxiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo’lgan korxonalarda auditning asosiy qismi deb qaraladi.
Tovar-moddiy zaxiralar bo’yicha hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligini tekshirishda boshqa audit ob’ektlaridagi kabi, dastavval, balansning «Ishlab chiqarish zaxiralari» (120-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish» (130-satr), «Tayyor maxsulot» (140-satr), «Sotish uchun olingan tovarlar» (150-satr) degan moddalari, Pul oqimlari to’g’risida hisobot forma №4 «Material tovar ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan pul mablag’lari» (020-satr) va boshqa hisob registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur. Shu bilan birga, sintetik va analitik hisob ma’lumotlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilishi muhimdir. Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish xarajatlariga olib borish va ularning baholarini tekshirish, ishlab chiqarishga sarflash me’yorlari va boshqalarni tekshirish zarur. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga da’vo qo’zg’atishning o’z vaqtidaligi va to’g’riligi hamda yo’ldagi (korxonaga yetib kelmagan) materiallar qoldig’ining haqqoniyligini ham tekshirish kerak. Yo’ldagi moddiy boyliklarni tekshirishning vazifalari: yo’ldagi moddiy boyliklar sifatida hisobda turgan har bir jo’natishning asosliligini aniqlash, yuklarni yetkazib berishi muddatlarining o’tib ketmaganligini aniqlash, xo’jalik tomonidan yuklarni qidiruv choralarining ko’rilishini aniqlash, bosh buxgalter va ta’minot xodimlari tomonidan yo’ldagi moddiy boyliklarni hisobga olish ustidan nazorat o’rnatilishi kabilarini aniqlashdan iborat. Bulardan tashqari hisob ma’lumotlarining haqiqatda ishlab chiqarilgan maxsulotlarga mos kelishi va tovar maxsulotlar ishlab chiqarish to’g’risidagi hisobotlarda qo’shib yozish faktlari aniqlanadi.
Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:

  • zaxiralarning haqiqatda mavjudligi;

  • zaxiralar bilan bog’liq barcha muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to’liq va to’g’ri aks ettirilganligi;

  • barcha zaxiralar korxona mulki ekanligi ya’ni ularga mulkiy huquq mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi;

  • zaxiralarni va ular bilan bog’liq majburiyatlarni baholashning to’g’riligi;

  • tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tamoyillari to’g’ri tanlanilganligi va qo’llanilishining to’g’riligi.

Tovar-moddiy zaxiralarni tekshirishda quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalaniladi:
1. Moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga aloqador me’yoriy hujjatlar.
2. Hisob siyosati to’g’risidagi buyruq.
3. Tovar - moddiy zaxiralar bilan bog’liq muomalalarni rasmiylashtirishga doir dastlabki hujjatlar.
4.Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar.
5. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi registrlari va buxgalteriya hisobotlari.
Auditor tekshiruvga kirishish chog’ida tekshiruvning ushbu sohasi bo’yicha tanlangan hisob yuritish usullari va uslublari to’g’risida axborotga ega bo’lishi lozim. №4-«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti talablariga muvofiq korxonaning hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyrug’ida tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning uslubiy jihatlari, xususan quyidagilar haqidagi axborotlar aks ettirilishi lozim:
* asosiy vositalar bilan inventar va xo’jalik ashyolari o’rtasidagi chegaralar;
* tovar-moddiy boyliklarni sotib olish (tayyorlash)ni hisobga olish;
* tovar-moddiy boyliklarni ularning turlari bo’yicha hisobdan o’chirish chog’ida baholash usullari.
Mijoz korxona rahbariyati, u yoki bu hisob yuritish tamoyili moliyaviy natijaga ta’sir qilishini bilsada, hisob siyosatiga kiritilgan ma’lumotlarning zarurligiga ko’p hollarda yetarli ahamiyat bermaydi. Mana shuning oqibatida har xil qoidabuzarliklar kelib chiqadi. Ulardan eng ko’p tarqalgani tanlangan hisob yuritish usullariga yoki ularni qo’llashda izchillikka rioya qilinmasligi hisoblanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishda qo’llaniladigan dastlabki hujjatlar shakllari korxonadagi moddiy qiymatliklarning turlari va guruhlariga bog’liq.
Qo’llaniladigan dastlabki hujjatlarda barcha zarur rekvizitlar bo’lishi shart. Bunday dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnomalar, kirim orderlari, materiallar, inventar va xo’jalik ashyolarini kirimga olish va hisobdan o’chirish dalolatnomalari, talabnoma nakladnoylar, tovar-transport nakladnoylari, ombor hisobi kartochkalari yoki daftari.
Auditorning korxona xodimlari bilan rahbariyat tarkibidagi, buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimidagi o’zgarishlar to’g’risidagi suhbatlari tekshiruv uchun zarur qo’shimcha axborotlar berishi mumkin. Bunday o’zgarishlarning natijalari ishchi hujjatlarda rasmiylashtirilgan bo’lishi lozim.
Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga quyidagilar kiradi:

  • korxona rahbarining buyrug’i (yoki farmoyishi) direktor kengashi majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa komissiyalar yig’ilish qarorlari. Agar korxona ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki o’zgartirish chog’ida ulush sifatida materiallar, inventar va xo’jalik ashyolari, tovarlar qo’shilgan bo’lsa, shuningdek agar dividendlar yoki daromadlar moddiy qiymatliklar bilan to’lansa ushbu hujjatlarni o’rganish auditor uchun o’ta muhim ahamiyat kasb etadi;

  • korxonada o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o’tgan yillardagi hisobotlari;

  • tovarlar, materiallar, xom ashyolar va hokazolarni yetkazib berish shartnomalari;

  • moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnomalar.

Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog’liq muomalalarni tekshirishda foydalaniladigan axborotlar korxonaning buxgalteriya hisobotlari va hisob registrlarida aks ettiriladi. Bulardan «Buxgalteriya balansi» (1-shakl)da - tovar-moddiy zaxiralar to’g’risidagi ma’lumotlar balans aktivining II-«Aylanma mablag’lar» bo’limida joylashgan «Ishlab chiqarish zaxiralari»moddasi (120 satr) va «Tugallanmagan ishlab chiqarish» (130-satr) moddalarining ma’lumotlari tekshiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma-xil bo’lishi mumkin. Ular korxonada qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobi shakli va usullariga, hamda mavjud tovar-moddiy zaxiralarning turlari va guruhlariga bog’liq.
Ammo, har qanday holatda ham auditor 1010-1090, 1080, 1510 va 1610 schyotlar bo’yicha analitik va sintetik hisob registrlarini, saldo vedomostlari, omborxona hisobi kartochkalari, daftarlar, inventarizatsiya materiallarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarishlar (2010, 2110, 2310-schetlar) bo’yicha hisob registrlarini tahlil qilib chiqishi lozim.
Ishlab chiqarish zaxiralari korxonaning aylanma mablag'larida faoliyat sohasiga qarab, 30 foizdan 90 foizgacha bo'ladi. Korxonaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli ko'p jihatdan ana shu ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanish samaradorligiga bog'liq. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to'xtovsiz davom etib turishida ishlab chiqarish zaxiralarining o'rni juda kattadir. Ishlab chiqarish zaxiralari asosiy vositalardan farq qilib, bir ishlab chiqarish jarayonida o'zining qiymatini to'la ravishda mahsulot tannarxiga o'tkazadi. Shunday ekan aylanma mablag'lar xarakatchanligi bevosita ishlab chiqarish zaxiralaridan samarali foydalanishga bog'liq. Aylanma mablag'larning korxona uchun umumiy miqdori yuqori tashkilotlar, ya'ni tegishli vazirlik tomonidan belgilanadi. Materiallarning har bir turi bo'yicha me'yoriy miqdori korxona tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish to'xtovsiz davom etib turishida belgilangan me'yorga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Xo'jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlar ulushini kamaytirib borish masalalariga alohida e'tibor beriladi. Jumladan, tovar-moddiy zaxiralarlar tarkibidagi ishlab chiqarish zaxiralarini to'g'ri, tejamli sarflash xalq xo'jaligini yanada rivojlantirishda, aholining moddiy farovonligini oshirishda muhim omildir.
Ishlab chiqarish zaxiralaridan samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydasi oshadi. Shuning bilan birgalikda mehnat buyumlaridan o'rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko'payadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, tannarxning pasayishi, foydalilikning oshishishi, korxonaning moddiy resurslar bilan belgilangan assortimenti va sifati bo'yicha ta'minlanishiga bog'liq.
Shuning uchun sanoat korxonalari o'z ishlab chiqarishni bir me'yorda samarali rivojlanishni ta'minlash maqsadida uzoq muddatga mo'ljallangan biznes rejaga asoslangan holda ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta'minlashga alohida e'tibor beradilar. Chunki hozirgi paytda ishlab chiqarish zaxiralarini yo'qligi yoki o'z vaqtida olib kelinmaganligi sababli korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati turib qolmoqda.
Korxonalarning ishlab chiqarish zaxiralari bilan o'z vaqtida, zaruriy miqdorlarda, belgilangan sifatda hamda bir ma'romda ta'minlashi, shu bilan birgalikda ulardan ratsional foydalanish pirovardida ularning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har tomonlama ta'sir etadi.
Korxonaning rivojlanishi, taraqqiy etishi hamda iqtisodiy jihatdan baquvvat bo'lishi oqibat natijasida mustaqil respublikamiz iqtisodiyotini barqarorlashishiga zamin yaratadi. Xalqimiz turmush darajasini yanada yuksalishiga har tomonlama o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining oshishi o'z navbatida ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanish ko'lamining ham kengayishiga olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish zaxiralarini iqtisod qilish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zaxiralaridan samarali foydalanishga Respublikamiz hukumati tomonidan ham doimo e'tibor qaratilmoqda. Masalan, O'zbekiston Respublikasi «Korxonalar to'g'risida», «Tadbirkorlik faoliyati to'g'risida», «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida» gi va boshqa qonunlari, farmonlari va qarorlari buning isboti bo'la oladi.
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Birinchi xil materiallar ishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinadi, masalan xom-ashyo yoki materiallar, ikkinchi xili o'z shaklini o'zgartiradi, masalan moylash materiallari, bo'yoq, uchinchi xili buyumga hech qanday tashqi o'zgarishlarsiz kiritiladi, masalan ehtiyot qismlar va xokazo.
Korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olishni soddalashtirish va ularning har biridan samarali foydalanish hamda ular ustidan nazorat o'rnatish bir muncha osonlashishini hisobga oladigan bo'lsak ishlab chiqarish zaxiralarini turkumlash maqsadga muvofiqdir.
Korxonaning xo'jalik mablag'lari doiraviy harakatlanishining turli bosqichlarida bo'lib, har xil xo'jalik jarayonlarida: ta'minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarida ishtirok etadi. Ma'lumki, ishlab chiqarish jarayoni kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonidagi asosiy bosqich bo'lib, aynan shu bosqichda moddiy ne'matlar ishlab chiqariladi. Lekin ishlab chiqarish jarayonidan oldin yaxshi yo'lga qo'yilgan ta'minot jarayoni bo'lmasa, u muvaffaqiyatli amalga oshmaydi.
N.Xushmatov, A.Muxametov, B.Omonovlar ta'kidlaganidek, «moddiy–texnika resurslari erkin bozorining shakllanishi iste'molchining ishlab chiqaruvchilarga ta'sirini talab qonunlari asosida kengaytirish va resurs ta'minotini samarali yo'lga qo'yish imkonini beradi».
Darhaqiqat, ta'minot jarayonida korxona mol yetkazib beruvchilaridan asosiy vositalar, xom-ashyo, materiallar, yoqilg'ilar va mahsulot ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonini ta'minlash uchun zarur bo'ladigan boshqa buyumlarni sotib oladi. Bunday tovar-moddiy qiymatliklar hisobda haqiqiy tannarxi bo'yicha aks ettiriladi. Sotib olinadigan tovar-moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxi ikkita asosiy miqdor: ularning xarid narxi va transport–tayyorlov xarajatlaridan iborat. Xarid narxi – bu xaridor va mol yetkazib beruvchi o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilar tomonidan to'ldiriladigan tovar hamda hisob-kitob hujjatlarida (schyot-faktura; to'lov talabnomasi va boshqalar) ko'rsatilgan qiymatdir. Erkin iqtisodiyot sharoitida tovar-moddiy zaxiralar talab va taklif darajasidan kelib chiqqan holda bozor narxlarida xarid qilinadi.
Tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» (1010-«Xom-ashyo va materiallar», 1020-«Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar», 1030-«Yoqilg'ilar», 1040-«Ehtiyot qismlar», 1050-«Qurilish materiallari», 1060-«Idish va idish materiallari» va boshqa schyotlar) mo'ljallangan. Tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq xaridor mol yetkazib beruvchiga ko'rsatilgan summaning kamida 15%ini oldin to'lov yo'li bilan o'tkazib berishi lozim. Buning uchun xaridor bankka to'lov topshiriqnomasi (shartnoma va mol yetkazib beruvchi taqdim qilgan schyot-fakturani ilova qilgan holda) taqdim etadi. So'ngra mol yetkazib beruvchining yukni kuzatuvchi hujjatlariga muvofiq xaridor korxonada kirim hujjatlari rasmiylashtirilib, omborga kirim qilinadi va xarid narxiga yuqorida qayd qilingan schyotlardan tegishlisi debetlanadi. Tovar-moddiy qiymatliklarga tegishli transport-tayyorlov xarajatlari ham ushbu schyotlarga olib boriladi. Shunday qilib, tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schyotlarning debet oboroti ta'minotning haqiqiy hajmini, ya'ni hisobot davri ichida haqiqatan olingan tovar-moddiy qiymatliklarning umumiy summasini, ularning haqiqiy tannarxi bo'yicha aks ettiradi. Ushbu schyotlarning kreditida esa, tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarx bo'yicha sarflanishi ko'rsatiladi. Ularning qoldiqlari faqat debet tomonida bo'lib, tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi bo'yicha omborda mavjudligini bildiradi.
Ta'minot jarayonini boshqarish uchun tayyorlangan tovar-moddiy qiymatliklarning umumiy hajmi ko'rsatkichidan tashqari keltirilgan materiallarning har bir turi to'g'risidagi ma'lumotlar ham zarur. Bunday ma'lumotlar analitik schyotlar yordamida olinadi.
Analitik hisobda, qoidaga ko'ra, tegishli material turining shartnoma bahosi bo'yicha qiymati ko'rsatiladi. Tovar-moddiy qiymatliklarning harakatini aks ettiradigan dastlabki hujjatlarda faqat materiallarning shartnoma bahosi bo'yicha qiymati ko'rsatiladi. Transport-tayyorlov xarajatlari esa barcha materiallarga taalluqli jami summasi bilan yoziladi. Ushbu xarajatlarning har bir material turiga to'g'ri keladigan ulushi oy oxirida bir marta hisob-kitob yo'li bilan aniqlanib, alohida material turlarining haqiqiy tannarxini aniqlash uchun, ularning shartnoma baholari bo'yicha qiymatiga qo'shiladi.
Korxonaning mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblari 4300-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo'naklarni hisobga oluvchi schyotlar» (4310, 4320, 4330) va «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanadigan schyotlar»da (6010, 6020) aks ettiriladi. 4300-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo'naklarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv bo'lib, ularning debetida tovar-moddiy qiymatliklar, uzoq muddatli aktivlarning yetkazib berilishi va ishlarning bajarilishi uchun o'tkazilgan bo'naklar aks ettiriladi. 6000-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanadigan schyotlar» (6010, 6020) passiv bo'lib, ularning kreditida korxonaning turli mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan olingan tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun joriy qarzlari aks ettiriladi. Bu schyotlarning debetida to'langan to'lov hujjatlarining summalari, ya'ni mol yetkazib beruvchilarga to'lanishi lozim bo'lgan qarzlarning kamayishi ko'rsatiladi. 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanadigan schyotlar» (6010, 6020) schyotining kredit qoldig'i mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanishi lozim bo'lgan qarzlarning joriy qismini bildiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini hisoblash buxgalteriya hisobining muhim uchastkalaridan biri hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish rezervlarini topish, materiallar, pul mablag'lari va mehnat resurslari ustidan muntazam nazorat o'rnatishda muhim vosita bo'lib hisoblanadi.
Zarur bo'lgan moddiy boyliklar, ya'ni asbob-uskuna, xom-ashyo va materiallar, yoqilg'i, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy boyliklarni tuzilgan shartnomaga asosan mol yekazib beruvchilardan olinadi. Shartnomada muayyan moddiy boylikning nomi, miqdori, sifati, bahosi, to'lov shartlari, assortimenti va qaysi oyda olib kelinishi ko'rsatilgan bo'ladi. Bundan tashqari, korxona o'ziga kerakli asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni sotib olishi, imorat va inshootlarni qurdirishi yoki o'z kuchi bilan qurishi ham mumkin.
Ta'minot jarayonini hisobga oluvchi schyotlar korxonaning asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xom-ashyo va materiallar, yoqilg'i, qurilish materiallari va o'rnatiladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar bilan qay darajada ta'minlanganligi, sotib olingan, qurilgan, ishlab chiqarilgan mehnat qurollari va buyumlarining haqiqiy tannarxi haqida tegishli ma'lumotlar beradi va ular ustidan to'la nazorat o'rnatadi.
Demak, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xom-ashyo va materiallar, yoqilg'i, ehtiyot qismlar va boshqa mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi mol yetkazib beruvchilarning schyot-fakturasida ko'rsatilgan qiymati, ta'minot tashkilotlariga to'langan ustamalar, transportga yuklash va tushirish chiqimlari, tashib keltirish uchun transport tashkilotlariga to'lovlar, mehnat buyumlarini tayyorlash bilan bog'liq bo'lgan xizmat safari chiqimlari, ularni tashib keltirish yo'lidagi tabiiy kamayish va boshqa chiqimlardan tashkil topadi.
Buxgalteriya hisobiga oid ba'zi manbalarda ta'minot jarayonini hisobga olish tavsiflanganda asosiy vositalarni yoki nomoddiy aktivlarni sotib olish, shuningdek, ularning pudratchilar tomonidan yoki korxonaning o'z kuchi bilan qurilishi masalalari nazarga olinmaydi.1 Bizning fikrimizcha, asosiy vositalarni sotib olish, qurish va montaj qilish ishlari ham materiallarni tayyorlash kabi ta'minot jarayoniga kiradi. Shuning uchun ham ta'minot jarayonini hisobga olish ta'riflanganda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ta'minotini qo'shib izohlash maqsadga muvofiqdir.
Ichki xo'jalik bo'linmalarining ishlarini baholash hamda nazorat qilish zaruratiga ko'ra rejalashtirish va hisobda ishlab chiqarishga ishlatiladigan tovar-moddiy zaxiralarga yagona ichki xo'jalik reja-hisob baholari o'rnatiladi. Tovar-moddiy zaxiralariga reja-hisob baholari ularning sotib olish baholariga ta'minot, transport- tayyorlov va boshqa ustamalar xarajatlarining tegishli qismi qo'shib o'rnatiladi. Urug'lik, qishloq xo'jalik xom-ashyosi va o'jalikning o'zida ishlab chiqarilgan ozuqaga yagona reja-hisob baholari ularning o'rtacha qiymatiga qarab aniqlanadi. Bunda ushbu qiymatliklarning o'tgan yili yetishtirilgani haqiqiy tannarxi bo'yicha, joriy yildagisi esa reja tannarxi bo'yicha baholanib hisobga olinadi. Mavjud manbalarni sharhlash, hamda ushbu masala bo'yicha bizning tadqiqotlarimiz baholash bo'yicha barcha talablarga javob beradigan va kamchiliklardan holi bo'lgan qandaydir universal uslubning mavjud emasligini isbotladi. Ta'minot jarayonini boshqarish uchun tayyorlangan tovar-moddiy qiymatlikning umumiy hajmi hamda tashqari keltirilgan materiallarning har bir turi to'g'risidagi ma'lumotlar ham zarur.


Download 139.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling