Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etilishi auditi mundarija kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditining nazariy-huquqiy asoslari


Download 139.88 Kb.
bet3/20
Sana08.05.2023
Hajmi139.88 Kb.
#1443699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etili

Tadqiqot ishining ob'ekti – “Amulet Audit” mas’uliyati cheklangan jamiyati auditorlik tashkilotida olib borilayotgan faoliyat natijalari hisoblanadi.
Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari. Dissertatsiya predmetini tadqiq qilishda O'zbekiston Respublikasi buxgalter va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan tovar-moddiy zahiralar baholanishi tartibi va uning auditini tashkil qilish bo'yicha ishlab chiqilgan yo'riqnomalar, assotsiatsiyaning choraklik, yillik hisobotlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining ushbu sohaga taalluqli bahosio'lgan qarorlari hamda me'yoriy hujjatlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholash va uni auditini o'tkazishning hozirgi kundagi holatini tahlil etish, qilingan tahliliy ma'lumotlarga asoslangan holda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib tovar-moddiy zahiralarni baholash va uning auditini tashkil etishga oid muammolarni hal etish quyidagi aniq tadqiqot natijalarida ko'rinadi:
-Korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni baholash va uning hisobini tashkil etish holati va uni qay darajada hisob tamoyillariga muvofiq kelishi o'rganildi;
-Milliy iqtisodiyot korxonalari uchun tovar-moddiy zahiralar to'g'ri baholanishi va uning auditini tashkil etishning ahamiyati ochib berildi hamda buxgalteriya hisobi sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasi o'rganildi;
-Tovar-moddiy zahiralar baholanishi va uning auditini tashkil etish bo'yicha ishlab chiqilgan xalqaro milliy standartlar qiyosiy tahlil etildi;
-O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholashning kontseptual asoslari va auditini takomillashtirish bo'yicha tegishli xulosa va takliflar berildi;
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida erishilgan natijalar ahamiyati tadbiq etilsa, korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni baholash tartibi va uning auditini tashkil etish bo'yicha sodir bo'lgan muammolarni hal etish hamda korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni hisobga olish va ular holati va harakatini boshqarish nazorat qilishda yengillik va qo'layliklar yaratiladi.
Tadqiqotning tarkibi. Ilmiy tadqiqot ishi 3ta bob va 8ta paragrafdan hamda kirish, xulosa va takliflar, adabiyotlar ro'yhatidan iboratdir.


Download 139.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling