Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etilishi auditi reja: Kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditining nazariy-huquqiy asoslari


Download 341.05 Kb.
bet1/14
Sana17.06.2023
Hajmi341.05 Kb.
#1545526
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etili


Tovar moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligini tashkil etilishi auditi
REJA:
Kirish
I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditining nazariy-huquqiy asoslari.

  1. Tovar-moddiy zaxiralarning ombor xo’jaligini tashkil etish va uning auditining huquqiy asoslari.


II bob. O’zbekistonda tovar-moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligi auditining amaliy xususiyatlari.

  1. Tovar-moddiy zaxiralar baholanishining auditi.

  2. Tovar-moddiy zaxiralar harakatining auditi.


III bob. Xo’jalik yurituvchi subektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligi auditini takomillashtirish yo’llari.

  1. Tovar moddiy zaxiralar ombor xo’jaligi auditida inventarizatsiya va uni o’tkazish tartibini takomillashtirish.


Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik faoliyati jarayonining yakuniy bosqichidan olinadigan tayyor mahsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muhim o'rin tutadi, chunki talab va taklifdan kelib chiqqan holda ularga o'rnatilgan baho mahsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Ushbu muomalalar va talablardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni tashkil qilayotganda tabiiy va moddiy resurslardan unumli foydalanish, ikkilamchi resurslarni va yondash mahsulotlarni keng talab qilishi lozim.
Bu bo'limda sub'ektga tegishli bo'lgan tovar-moddiy zahiralari, shu jumladan, yo'ldagi va qayta ishlashga berilgan, ishlanadigan, qayta ishlanadigan, ishlab chiqarish va boshshqa xo'jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan mehnat buyumlari, xom ashyo va materiallar, aylanma mablag'larning tarkibiga kiritilgan mehnat buyumlarining tarkibi, miqdori, harakati, ularni tayyorlash, sotib olish, qayta baholash jarayonlari to'g'risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishning tartib va qoidalari o'rganiladi.
O'rganish jarayonida tovar-moddiy zahiralarining tarkibi, holati,harakati, miqdori, sotib olinishi yoki ishlab chiqarilishi, baholash va qayta baholash tartiblariga e'tibor berishi lozim.Buxgalteriya hisobining ma'lumotlari o'zida mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini-moddiy boyliklardan unumlm foydalanish, sarflar me'yorini pasaytirish,tovar-moddiy qiymatliklarning talabga javob beradigan darajadagi saqlash va qo'riqlash va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishi lozim.
O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholash va uning auditini o'tkazishning hozirgi kundagi holatini tahlil qilish, qilingan tahliliy ma'lumotlarga asoslangan holda, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, tovar-moddiy zahiralarni baholash va uni audit qilishning bugungi kundagi muammolarini hal qilish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda dissertatsiyada quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:
-Tovar-moddiy zahiralarni baholash va ularni nazoratini o'tkazishning mohiyati, uning milliy iqtisodiyot korxonalari uchun ahamiyatini ochib berish, xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish;
-Korxonalar hisob siyosatida tovar-moddiy zahiralarni baholash va auditorlik tekshiruvidan o'tkazish yo'nalishlarini o'rganib chiqish va uni hozirgi kundagi holatini tahlil qilish;
-O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholashning kontseptual asoslari va auditini takomillashtirish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirish va takliflar kiritishdan iboratdir.
Shu bilan birgalikda, korxonalar hisob siyosatida tovar-moddiy zahiralarni baholanishi belgilash xususiyatlari va uning auditi yuzasidan tahlil ishlari olib boriladi va ushbu faoliyatni hozirgi kundagi haqiqiy holati haqida xulosalar beriladi.
Yuqoridagi tahliliy ishlardan kelib chiqqan holda Respublikamiz korxonalari faoliyatida tovar-moddiy zahiralarni baholash va auditini takomillashtirish yuzasidan tegishli xulosalar beriladi.


  1. Download 341.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling