Tovar moddiy zaxiralar sarflanishini buxgalteriyada hisobga olish
Xarid qilingan materiallar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olish
Download 49.17 Kb.
|
Tovar moddiy zaxiralar sarflanishini buxgalteriyada hisobga olish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’shilgan qiymat solig’i (O’O’S)
4. Xarid qilingan materiallar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olish
Xom-ashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ularning qiymatini mol yetkazib beruvchilarga qo’shilgan qiymat solig’i (O’O’S) bilan birgalikda to’laydi. Mol yetkazib beruvchi korxona olingan tushumdan O’O’Sni byudjetga to’laydi. Qo’shilgan qiymat solig’i (O’O’S) tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini byudjet daromadiga olib qo’yishning bir shaklidir. O’O’S 20 foizlik stavkada undiriladi. O’O’S ikki xil usulda hisoblanadi: Qo’shilgan qiymat solig’i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula buyicha aniqlanadi: SO’O’S = STob * SS/100; (1) Bunda: SO’O’S – iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi; Tovar (ish, xizmat) lar qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga olgan narxlar va tariflar bo’yicha sotilganida — soliq quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: SO’O’S = Tq*SS/(SS+100); (2) bunda: Tq — qo’shilgan qiymat solig’i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat) lar qiymati. Masalan, «Bobur» kompaniyasi mol yetkazib beruvchilardan 200000 so’mlik material sotib oldi. O’O’S summasi quyidagicha bo’ladi: 1- holat bo’yicha: O’O’S summasi = (200000*20%)/100%=40000 so’m. 2-holat bo’yicha: O’O’S summasi = (200000*20%) / (100%+20%)=33333, (33) so’m. Moddiy boyliklarni xarid qilish bo’yicha to’lanadigan O’O’Sni buxgalteriya hisobida hisobga olib borish uchun 4410-«Soliq bo’yicha bo’nak to’lovlar» hisobvarag’idan foydalanish ko’zda tutilgan. Materiallar ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarga sarflanishi jarayonida hisoblangan O’O’S summasi 4410-«Soliq bo’yicha bo’nak to’lovlar» hisobvarag’idan 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» hisobvarag’iga sarflangan materiallar qiymatiga mutanosib ravishda o’tkaziladi. Misol. Korxona mol yetkazib beruvchidan 100000 so’mlik material qabul qilib oldi. O’O’S20000 so’m. Jami – 120000 so’m. Ushbu muomalaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: ♦ sotib olingan material qiymatiga- 100000 so’m: D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 100000 so’m K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - 100000 so’m. ♦ hisoblangan O’O’S summasiga-20000 so’m: D-t 4410-«Soliq bo’yicha bo’nak to’lovlar» - 20000 so’m K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - 20000 so’m. ♦ Mol yetkazib beruvchiga pul o’tkazib berilganida: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - 120000 so’m K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 120000 so’m. Hisobot oyi davomida korxonada 45000 so’mlik material ishlab chiqarishga sarflandi. Demak, O’O’S 9000 so’mga teng: (45000*20%)/100%=9000 so’m. Bu summaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: D-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» - 9000 so’m K-t 4410-«Soliq bo’yicha bo’nak to’lovlar» - 9000 so’m. Download 49.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling