Tovar moddiy zaxiralar sarflanishini buxgalteriyada hisobga olish
O’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarini hisobga olish
Download 49.17 Kb.
|
Tovar moddiy zaxiralar sarflanishini buxgalteriyada hisobga olish
6. O’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarini hisobga olish
O’stirilayotgan va bo’rdoqiga boqilayotgan chorva mollari aylanma mablag’larning asosiy qismini tashkil etib, mahsuldor va ishchi hayvonlar asosiy podasini tuzish hamda chorva mahsulotlarining muhim manbai hisoblanadi. Ularni boqish jarayonida mehnat sarfi va moddiy pul mablag’lari sarflanadi. Mahlum yoshga yetgan yosh chorva mollari asosiy podaga o’tkazilib, ular mehnat vositalari qatoriga qo’shiladi va aksincha, asosiy podadan brak qilinib (yaroqsizga chiqarilib), boquvga qo’yilgan chorva mollari esa mehnat predmetlari tarkibiga o’tadi. Yosh chorva mollarini va asosiy podadan chiqarilgan mollarni bo’rdoqiga qo’yish go’sht yetishtirish va uning sifatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Boqish jarayonida chorva mollarining tirik vazni ortib boradi. Ularni o’stirish va bo’rdoqiga boqish jarayoni nisbatan uzoq davom etib, ulkan jonli va mujassamlashgan mehnat sarflari bilan bog’liqdir. Shuning uchun o’stirilayotgan va bo’rdoqiga boqilgan hayvonlar chorvachilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarish hisoblanadi. Chorva mollarini istalgan vaqtda sotib yoki go’sht uchun so’yib, o’stirish va boqishni to’xtatish mumkin bo’lganligi sababli o’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari mehnat predmetlari, ularni o’stirish va boqish xarajatlari esa chorvachilikdagi ishlab chiqarish xarajatlari sifatida hisobga olinadi. O’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: hayvon va parrandalarning mavjudligi, harakati va ulardan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish; chorva mollarining naslini va semirib qo’shilgan vaznini o’z vaqtida aniqlash va qabul qilish; chorva mollarining xo’jalik ichidagi harakatini va xo’jalikdan chiqarilishini nazorat qilish; o’stirilayotgan yosh chorva mollari va boquvdagi hayvonlarning haqiqiy tannarxini aniqlash. O’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari hisobining obhektlariga quyidagilar kiradi: olingan nasl, qo’shimcha o’sish va semirishi, yosh chorva mollarini katta yoshdagi guruhlarga va asosiy podaga o’tkazish; asosiy podadan brak qilingan hayvonlarni boquvchi qo’yish. Chorva mollaridan olingan nasl quyidagicha baholanadi: sut yo’nalishidagi qoramolchilikdan olingan nasl bir boshining rejadagi tannarxi bo’yicha tugilgan kuni, go’sht yo’nalishidagi hayvonlardan olingan nasl esa buzoqning tugilgan vaqtidagi tirik vazni va bir kilogramm tirik vazn rejadagi tannarxiga asosan aniqlanadi; Cho’chqa bolalari – tug’ilgandagi tirik vazni va bir kilogramm tirik vazn reja tannarxi bo’yicha; qo’zilar – sovliqdan ajratib olish vaqtidagi reja bahosining 50%ga teng, shartli bahoda kirim qilinadi (sovliqdan ajratish vaqtida ular to’liq reja tannarxiga qo’shimcha baholanadi); nasldor yilqichilikdan olingan toychalar, hayvon va quyonlardan olingan nasl – bir boshning ajratib olish paytidagi reja tannarxidan 50% miqdorida (qolgan 50% ajratib olish yoki boshqa joyga o’tkazish paytida baholanadi); ishchi hayvondan olingan: qulunlar – 60 ozuqa-kuni, bo’taloqlar esa 120 ozuqa kunining reja tannarxi bo’yicha; jo’jalar, o’rdakcha va gozchalar, kurkachalar (sutkalikjo’jalari) – inkubatsiya kalkulyatsiyasiga muvofiq bittasining rejadagi tannarxi bo’yicha baholanadi. Asosiy podadan brak qilingan va boquvga qo’yilgan hayvonlar brak qilingan mahsuldor chorva molining balans qiymati va brak qilingan nasldor va benasl otlar hamda ishchi hayvonlarni sotishdan kutilayotgan summa bo’yicha baholanib kirim qilinadi. Chetdan keltirilgan yosh chorva mollari sotib olish bahosining ustiga keltirish xarajatlarini kushib baholanadi va kirim qilinadi. Xo’jalik ahzolari va boshqa xodimlardan sotib berish uchun qabul qilingan hayvonlar topshiruvchi bilan kelishilgan shartnoma bahosida kirim qilinadi. Boquvdagi yosh chorva mollari, parrandalar, mo’ynali hayvonlar va quyonlarning tirik vazni o’stirish va boqish natijasida oshib boradi. Shuning uchun hayvon va parrandalar muntazam ravishda qo’shilgan tirik vazni bo’yicha baholanib boriladi. Yosh hayvonlar, katta yoshdagi chorva mollari va chuchqalar har oyda tortilib, qo’shilgan tirik vazni aniqlanadi va tegishli chorva mollari turlarining bir tsentner tirik vaznining reja tannarxi bo’yicha baholanadi. Qo’ylar, echkilar, parrandalar va quyonlarning qo’shilgan tirik vazni (ixtisoslashtirilmagan xo’jaliklarda), har choraklikda bir marta chorva mollarining mazkur turlarini yosh guruhlari bo’yicha tanlab o’lchash yo’li bilan aniqlanadi. Qo’shilgan tirik vazn chorva mollarining turlari va hisob ishlab chiqarish guruhlari bo’yicha berkitilgan moddiy javobgar shaxslarga qarab aniqlanadi. Buning uchun mazkur guruhdagi chorva mollari va parrandaning hisobot davri oxiriga aniqlangan tirik vazniga hisobot davri davomida ushbu chiqib ketgan hayvon va parrandalarning tirik vaznini qo’shib, tegishli hisobot davri davomida mazkur guruhga kirim qilingan va hisobot davri boshiga mavjud bo’lgan hayvon va parrandalar tirik vazni ayirib tashlanadi. Olingan natija yosh guruhlar bo’yicha o’stirilayotgan yoki boquvdagi va o’tlatib boqilayotgan hayvon yoki parrandalarning hisobot davri davomida qo’shilgan tirik vaznini bildiradi. Chorva mollarini o’lchash mumkin bo’lmagan hollarda (masalan, bo’goz gunajin va cho’chqalar, bo’goz yosh sovliqlar bo’gozlikning mahlum bosqichlarida) ularning so’ngi o’lchash bo’yicha tirik vazni qabul qilinadi. Gunajin, cho’chqa va qo’ylar tuqqanidan so’ng ular o’lchanadi va qo’shilgan tirik vazni aniqlanadi. Chorva mollari quyidagi muddatlarda ham o’lchanadi: yosh mol tuqqanda, yosh mollar sotib olinganda yoki navbatdagi yosh guruhiga va katta yoshdagi guruhga o’tkazilganda (qo’ylar sovliqdan ajratilganda), asosiy podadan brak qilingan hayvonlar boquvga qo’yilganda, boquvdan olinganda, boquvdagi va yosh chorva mollari so’yilganda yoki sotilganda. Olingan nasl va qo’shilgan tirik vaznining reja tannarxi yil oxirida haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi (korrektirovka qilinadi). Chorvachilik majmualarida olingan cho’chqa bolalarining tirik vazni hisoblash yo’li bilan aniqlanadi. Buning uchun bosh veterinar vrach rahbarligida, tarkibida zootexnik-selektsioner, uchastka boshligi (brigadir) va operator bo’lgan komissiya uchtadan beshtagacha cho’chqa uyasida nazorat o’lchov o’tkazib, natijasini hayvonlarni o’lchash vedomostini rasmiylashtiradi. Nazorat uyalarda o’lchangan cho’chqa bolalarining umumiy ogirligini ularning bosh soniga bo’lish yo’li bilan bir cho’chqa bolasining o’rtacha tirik vazni aniqlanib, oy davomida tugilgan cho’chqa bolalari shunga asosan baholanib qabul qilinadi. Cho’chqalarning oy oxiriga tirik vazni har bir yosh guruhi bo’yicha hisob-kitob qilish yo’li bilan aniqlanadi. Buning uchun oy oxirida tegishli guruhdagi bir bosh cho’chqaning o’rtacha tirik vazni umumiy bosh soniga ko’paytiriladi. Qishloq xo’jalik korxonalarida yosh chorva mollari, boquvdagi hayvonlar, muyinali hayvonlar va quyonlar asosiy podadagi hayvonlar kabi sug’urta qilinadi. Tabiiy ofat tufayli hayvon va parrandalar harom o’lganda sug’urtalovchi kompaniyalar qishloq xo’jalik korxonalariga harom o’lgan hayvon va parrandalar uchun sug’urta qoplamasi to’lanadi. Parvarishlash va boqish natijasida yosh chorva mollari, parrandalar va bokuvdagi mollarning tarkibi, tirik vazni va qiymati o’zgarib, bu o’zgarishlar tegishli dastlabki hujjatlarda hamda hisob registrlarida aks ettiriladi. Ko’pchilik chorva mollaridan olingan naslni kirim qilishda asosiy boshlang’ich hujjat chorva mollari nasli (bolalari)ni kirim ¢ilish dalolatnomasi (95-shakl) asos buladi. Bu hujjat ferma mudiri, zootexnik va veterinariya vrachi ishtirokida, nasl olingan kuni, ikki nusxada tuziladi. Dalolatnomada nasl bergan molning kimga biriktirilganligi, laqabi va raqami, tugilgan naslning soni va vazni, jinsi, berilgan raqami, ajralib turadigan belgilari (rangi, belgilari, o’lchami va hokazo) ko’rsatiladi. Dalolatnoma bolalagan hayvonlar har bir turi uchun alohida to’lgaziladi. To’lg’azilgan dalolatnomalar belgilangan muddatlarda buxgalteriyaga topshiriladi. Ixtisoslashtirilgan chorvachilik xo’jaliklarida chorva mollaridan olingan nasllarni kirim qilish uchun chorva mollari naslini kirim ¢ilish jamg’arma dalolatnomasi (96-shakl) tuzilib, unda har bir uyada (tug’ilgan joyida) topilgan (tirik va nobud bo’lgan) hayvon bolalari qayd etib boriladi. Yosh mollar boshqa tashkilotlardan sotib olinganda, agar yosh mollar nasldor bo’lsa nasldorlik guvohnomasi ilova qilingan holda schyot-fakturaga asosan qabul qilinadi. Yosh chorva mollarini bir guruhdan boshqasiga yoki asosiy podaga o’tkazish chorva mollarini guruhdan-guruhga o’tkazish dalolatnomasi (97-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomani zootexnik yoki ferma mudiri tomonidan chorva mollarini guruhdan-guruhga o’tkazadigan kuni, chorva mollari va parrandalarni topshiruvchi hamda qabul qiluvchi xodimlar ishtirokida tuziladi. Dalolatnomalar chorva mollari va parrandalar harakatini hisobga olish daftarida hisobga olish va chorva mollarini parvarishlovchi xodimlar mehnatiga haq to’lash, hamda chorva mollari xarakatini buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun foydalaniladi. Keyinchalik sotish uchun aholidan mollarni qabul qilib olishda xo’jalik tomonidan keyinchalik sotish sotish uchun a¦olidan ¢abul ¢ilib olingan mollarni ¢abul ¢ilish-¦isoblashish vedomosti (95-a shakl) tuziladi. Vedomost xo’jalikda ikki nusxada tuzilib, xo’jaligi qabul qilib olgan chorva molini tayyorlov-tashkilotiga topshirayotganda qo’shib taqdim etadi. Vedomostning bir nusxasi tayyorlov tashkilotida (go’sht kombinatida) qoladi va aholidan qabul qilib olingan chorva mollari uchun xo’jalikka tegishli summani o’tkazishda asos bo’lib xizmat kiladi. Ikkinchi nusxasi chorva molining tirik vazni va semizligi hamda har bir topshiruvchiga tegishli summa ko’rsatilib, mol topshiruvchilar bilan hisoblashish uchun xo’jalikka qaytariladi. Yosh va boquvdagi mollarni tayyorlov tashkilotlariga yoki boshqa xaridorlarga jo’natishda chorva mollari va parrandalarni jo’natish-qabul qilish tovar-transport yuk xati (1 q.x chorva shakli) to’lgaziladi. U xo’jaliklardan jo’natilayotgan hayvon va parrandalarning har bir guruhi uchun yoziladi. Yuk xatida jo’natilayotgan mollar to’g’risida asosiy mahlumotlar: mollar bosh soni, tirik vazni, qaerga jo’natilayotgani, qabul qiluvchi, jo’natuvchi, xujjatni kompyuterda ishlash uchun xos raqami (kod) qayd etiladi. Yuk xatining orqa tomonida transport mahlumotlari beriladi, unda mollarni avtomobil transportida tashish haqidagi asosiy rekvizitlar ko’rsatiladi. Mollar suv transporti, ot-ulov yordamida tashilganda yoki poda holida haydab olib borilganda yuk xatlar orqasidagi transport mahlumotlari to’ldirilmaydi. Mollar avtomobil transportida tashilganda tovar-transport yuk xati to’rt nusxada to’lgaziladi. Birinchi nusxasi avtomobil haydovchisining tilxati bilan birga fermada qoldiriladi. Qolgan uch nusxasi haydovchiga topshiriladi. Uning ikkinchi nusxasi mollarni qabul qilib oluvchiga beriladi. Uchinchi va to’rtinchi nusxalari mol qabul qilib olinganligi to’g’risida belgi qo’yilgach, xo’jalik buxgalteriyasiga topshiriladi (bittasi haydovchi yo’l varaqasi bilan birga avtotranport buxgalteriga, boshqasi chorva buxgalteriga). Chorva mollari temir yo’l orqali jo’natilganda kuzatuv temir yo’l daftari (99-a shakl) yuritiladi. Yosh chorva mollari parrandalar va boquvdagi mollarning harom o’lishi, so’yish va yaroqsizga chiqarilishi, korxona rahbari tomonidan tayinlangan komissiyaning chorva mollari va parrandalarni ¦isobdan chi¢arish dalolatnomasi (100-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Chorva mollari harom o’lishi yoki majburan so’yilishi natijasida hisobdan chiqarilganda dalolatnomada sabai ko’rsatiladi. Dalolatnoma harom o’lgan yoki so’yilgan kunda tuziladi va tasdiqlatish korxona rahbariga taqdim etiladi. Dalolatnoma tasdiqlangandan so’ng buxgalteriyaga o’tkazilib, u yerda chorva mollari va parrandalar hisobini yuritish uchun ishlatiladi. So’yish, majburiy so’yish va harom o’lish natijasidan olingan mahsulotlar (go’sht, teri, shox, qo’shimcha mahsulotlar) nakladnoy asosida xo’jalik omborxonasiga topshirilib, qabul qilib olgan omborxona mudirining tilxati bilan chorva mollari va parrandalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasiga ilova qilinadi. Chorva mollari xo’jalikdan uzoqdagi yaylovlarda haydab boqilganda, ularning hisobi podachi-cho’pon, yil¢ichi daftarida (101-shakl) yuritiladi. Fermedagi chorva mollari, parrandalar va boquvdagi mollar bosh soni hisobini ferma mudiri chorva mollari va parrandalarining harakatini hisobga olish daftarida (34-shakl) yuritadi. Daftarda hayvon va parrandalarning bosh soni ham tirik vazni ham hisob guruhlari bo’yicha yuritiladi. Shuningdek, qo’shilgan tirik vazni ham shu daftarda hisobga olinadi. Ferma mudiri yoki zootexnik har oyning oxirida chorva mollari va parrandalar harakatini hisobga olish daftarining mahlumotlari asosida fermadagi chorva mollari va parrandalarning ¦arakati to’g’risida ¦isobot (102-shakl) tuzadi. Hisobotda chorva mollari va parrandalarning hisob guruhlari bo’yicha bosh soni va tirik vazni oy boshiga qoldigi, hisobot oyi davomidagi kirimi va chiqimi, hamda oy oxiriga qoldigi ko’rsatiladi. Chorva mollarining har bir hisob guruhi bo’yicha ozuqa-kunlar soni ham shu hisobotda ko’rsatiladi. Chorva mollari va parrandalarning fermadagi harakati haqidagi hisobot oy oxirida unga ilova qilingan barcha dastlabki hujjatlar bilan birga xo’jalik buxgalteriyasiga topshiriladi. Ixtisoslashtirilgan qorako’lchilik xo’jaliklarda qo’zilagan sovliqlar va ulardan olingan qo’zilar, abort qilingan sovliqlar va ulardan olingan chala tushgan qo’zilar, hamda harom o’lgan va majburan so’yilgan sovliqlarning qornidan yorib olingan qo’zisini hamda uning terisini hisobga olish uchun ¢o’ylarni ¢o’zilatishning borishi to’g’risidagi dalolatnoma (№103-shakl) qo’llaniladi. Tirik, o’lgan va o’lik tug’ilgan qo’zilarni qushxonaga jo’natish uchun yo’llanma-yukxatlar (№104-shakl) uch nusxada to’lg’aziladi. Ixtisoslashtirilgan parrandachilik xo’jaliklarida chiqarilgan jo’jalar jo’ja chi¢arish va bir sutkalik jo’jalarni saralash dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi. Dalolatnomada inkubatsiyaga qo’yilgan tuxumlardan jo’ja chiqarish foizi va sifati ko’rsatiladi. Dalolatnoma chiqarilgan jo’jalarni kirimga olish va parrandalarning harakatini hisobga olish uchun ishlatiladi. Jo’jalarni ikkinchi, uchinchi hisob guruhlariga va tuxum qo’yadigan tovuqlar guruhiga o’tkazish chorva mollarini guruhdan-guruhga o’tkazish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Inkubatsiya tsexidan parvarishlash tsexiga o’tkazilgan sutkalik jo’jalar yosh parrandalarning ¦arakatini ¦isobga olish kartochkasi(№107-shakl) hisobga olinadi. Ixtisoslashtirilgan xo’jaliklarda 150(180) kunlik parrandalar katta yoshdagi parrandalarning ¦arakatini ¦isobga olish kartochkalarida (№108-shakl) hisobga olinadi. O’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarini hisobga olish uchun 1110-«O’stiruvdagi chorva mollari» va 1120-«Boquvdagi chorva mollari» schyotlari mo’ljallangan. Bu schyotlar balansga nisbatan aktiv bo’lib, debetida yosh chorva mollari va bo’rdoqiga boqilayotgan mollar, hayvonlar, quyonlar va asalarilarning hisobot davri boshiga qodigi, ularning hisobot davri mobayonidagi kirimi, shuningdek, yosh mollar va bo’rdoqiga boqilayotgan mollarning qo’shilgan vazni va o’sishining qayta baholanishi aks ettiriladi. Bu schyotlar kreditida esa yosh mollarning asosiy podaga o’tkazilishi va brshqa sabablargi (sotish, so’yish va h.k.) ko’ra xo’jalikdan chiqarilishi natijasida kamayishi hisobga olinadi. O’stirilayotgan yosh chorva mollarining bir guruhdan ikkinchisiga o’tkazilishi ushbu 1110-schyot ichida, yahni uning debet va kreditida aks ettiriladi. Tug’ilgan hayvon bolalari 1110-«O’stirishdagi chorva mollari» schyotining debetiga, barcha turdagi mahsuldor mollardan oliganda - 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti, ishchi hayvonlardan olinganda – 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti tegishli analitik schyotlarining kreditida aks ettiriladi. Asosiy podadan yaroqsizga chiqarib, boquvga qo’yilgan chorva mollari 1120-«Boquvdagi chorva mollari» schyotining debetida va 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyotining kreditida aks ettiriladi. Sotib olingan chorva mollarini kirimga olinishi 1110-schyotning debeti va 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. Yosh chorva mollari boqish natijasida yosh hisob guruhlaridan kattasiga yoki asosiy podaga o’tkazilashi, sotilishi yoki so’yilishi mumkin. Bunda 1110-schyot kreditlanadi va quyidagi schyotlar debetlanadi: 1110-«O’stirishdagi chorva mollari» - yosh chorva mollari kichik yoshdagi guruhdan kattasiga o’tkazilganda; 0840-«Asosiy podani tashkil qlishi» - yosh chorva mollari asosiy podaga o’tkazilganda; 9110-«Sotilgan mahsulotlar tannarxi» –boquvdagi chorva mollari chetga sotilganda. Harom o’lgan yoki majburan so’yilgan chorva mollarining qiymati (tabiiy ofat va epizotiya tufayli o’lganlardan tashqari) moddiy boyliklar buzilishi kabi hisobdan o’chiriladi. Ularning haqiqiy qiymatiga (agar moddiy javobgar shaxslar mahlum bo’lsa) 1110-«O’stirishdagi yosh chorva mollari» yoki 1120-«Boquvdagi chorva mollari» schyotlari kreditlanib, 4630-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» schyoti debetlanadi. O’lgan va majburan so’yilgan chorva mollaridan olingan teri, shox, tuyoq, texnik yog’ va shu kabi qo’shimcha mahsulotlar foydalanilish yoki sotilishi mumkin bo’lgan narxlarda 1090-«Boshqa materiallari»- schyoti debeti, chorva mollarini boqish xarajatlari hisobga olinadigan schyotlar (2010, 2310) kreditida aks ettiriladi. Agar moddiy javobgar shaxslar mahlum bo’lmasa yoki undirib olish imkoni bo’lmasa, o’lgan va majburan so’yilgan yosh chorva mollarining qiymati tegishli tarzda 1110-«O’stirishdagi chorva mollari»-schyoti yoki 1120-«Boquvdagi chorva mollari»-schyotining kreditidan 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti debetiga o’tkaziladi. O’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari epizotiyaga yoki tabiiy ofat natijasida o’lsa yoki noilojlikdan so’yilsa, ularning qiymati tegishli tarzda 1110-«O’stirilayotgan chorva mollari» schyoti yoki 1120-«Boquvdagi chorva mollari» schyotining kreditidan bevosita 9720-«Favqulodda zaralar» schyotining debetiga olib boriladi. Agar chorva mollari sug’urta qilingan bo’lsa, sug’urta hodisasilari bo’yicha ko’rilgan tolafatlar summasi 1110 yoki 1120 schyotlar kreditidan 6510-«Mulkiy va shaxsiy sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyotining debetiga yoziladi. Yil oxirida yosh chorva mollari, parrandalar va boquvdagi mollar haqiqiy tannarxi hisoblanganidan so’ng reja tannarx bilan taqqoslanib, reja va haqiqiy tannarx o’rtasidagi tafovut aniqlanadi. So’ngra tannarx tegishli tarzda 1110 va 1120 schyotlar debetidga, 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti kreditidan qushimcha o’tkazish yo’li bilan (agar haqiqiy tannarx reja tannarxdan oshib ketsa) yoki storno qilinadi (agar haqiqiy tannarx reja tannarxdan past bo’lsa, yahni arzon bo’lsa). Shundan so’ng ushbu farqlar 1110 va 1120-schyotlar kreditidan o’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarini yil davomida o’chirish bo’yicha muomalalar aks ettirilgan schyotlar (0840, 9110, 9220, va 9720) debetiga o’tkaziladi. Haqiqiy va reja tannarx o’rtasidagi tafovutning qolgan qismi 1110 va 1120-schyotlarning debet tomonida qoladi. O’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining analitik hisobi xo’jalikda mavjud chorva mollarining saqlash joylari, turlari, yoshi va jinsi bo’yicha guruhlari hamda o’stirish va bo’rdoqiga boqish xarajatlarini hisobga olish uchun belgilangan boshqa usullar bilan yuritiladi. Masalan «yosh chorva mollar» guruhi: Yirik shoxli mollar: ikki yoshdan oshgan buzoqlar; ikki yoshgacha bo’lgan buzoqlar (tug’ilgan yillari bo’yicha), buzoqchalar (tug’ilgan yillari bo’yicha); embrion olish uchun mo’ljallangan donor-hayvonlar; sotish uchun mo’ljallangan bir marta tuqqan sigirlar. Cho’chqalar: sinovdagi urg’ochi cho’chqalar; ikki oygacha bo’lgan cho’chqa bolalari; ikki oydan to’rt oygacha bo’lgan cho’chqa bolalari; to’rt oylikdan katta tug’adigan cho’chqa bolalari, boquvdagi cho’chqalar (to’rt oylikdan kata). Qo’y va echkilar: o’tgan yili tug’ilgan qo’y va echki bolalari va hali tug’magan urg’ochi qo’y (asosiy podaga o’tkazilmagan); joriy yilda tug’ilgan (onasidan ajratib olingan) qo’zi yoki echki bolalari. Har bir guruhi bo’yicha junining turlariga qarab hisobga olinadi: mayin junli, yarim mayin junli, yarim dag’al junli, dag’al junli. Otlar va boshqa ishchi hayvonlar (tug’ilgan yillari va jinsi bo’yicha) qulunlar, bo’taloqlar, xo’tiklar. Zotli mollarning bolalari zoti bo’yicha ham hisobga olinadi. 1120-«Boquvdagi chorva mollari» schyotida asosiy podaga yaylovga va boquvga o’tkazilgan katta yoshdagi mollar hisobga olinadi. Analitik schyotlar quyidagi mol turlari bo’yicha ochiladi: boquvga yoki yaylovga o’tkazilgan yirik shoxli qoramollar; boquvdagi cho’chqalar; boquvda yoki yaylovdagi qo’y va echkilar. Parrandachilikda analitik schyotlar quyidagi hisob guruhlari bo’yicha ochiladi: Tuxumchilik yo’nalishidagi tovuqlar: jo’jalar, tuxum beradigan tovuqlar, sanoat asosidagi tuxum beradigan tovuqlar, voyaga yetgan jo’jalar. O’rdaklar: jo’jalari, kattalari. G’ozlar: jo’jalari, kattalari. Kurkalar: jo’jalari, kattalari. Maxsus naslchilik korxonalarida, parrandachilik fabrikalarida, sanoat asosida chorvachilik mahsulotlari yetishtiradigan majmuilarda hayvon va parrandalar yoshi va texnologik guruhi bo’yicha hisobga olinadi. Yovvoyi hayvonlar bo’yicha barcha turdagi muynali hayvonlar tugilgan yillari bo’yicha hisobga olinadi. Quyonchilikda barcha turdagi quyonlar zotlari bo’yicha hisobga olinadi. Asalarichilikdla asalarilar kuzda inventarizatsiya qilinib aniqlangan, asalari uyalari bo’yicha hisobga olinadi. Analitik hisob asalari xo’jaligi bo’yicha umumiy yuritiladi. O’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining mavjudligi va harakati №14-ASK jurnalorder, 73-ASK, 75-ASK vedomostlarda hisobga olinadi. 73-ASK vedomostda yosh mollar, parrandalar, quyonlar, yovvoyi hayvonlar, asalari oilalari va boshqa chorva mollarining hisobot oyi boshiga va oxiriga mavjud qoldigi va ularning turlari, yosh-jinsi bo’yicha guruhlari, joylari va moddiy javobgar shaxslar bo’yicha tegishli hisobot davri ichidagi harakatlari aks ettiriladi. Bu vedomost fermadagi hayvon va parrandalarning harakati haqidagi hisobot (102-shakl) mahlumotlari asosida to’lgazilib, bu shakl bo’yicha tuziladigan yig’ma hisobot vazifasini ham bajaradi. Hisobotda yozuvlar hisobot oyi uchun va o’sib borish tartibida ikki variantda yuritiladi. Vedomostning birinchi varianti bir xildagi chorva mollari guruhlari bir qancha fermalarda va har xil moddiy javobgar shaxslar qaramogida bo’lganda yuritiladi. A-grafasida – mollarning hisob shifri, B-grafasida – chorva mollarining turlari va yosh-jinsi bo’yicha guruhlari har bir ferma va moddiy javobgar shaxs bo’yicha alohida, V-grafada – ferma raqami va G-grafasida – moddiy javobgar shaxsning hisob raqami ko’rsatiladi. Shartnomaga asosan o’stirish uchun fuqarolarga berilgan mollarning analitik hisobi №75ASK vedomostda yuritiladi. Download 49.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling