Ijtimoiy xo`jalik shakllari va ularning belgilari.
Ijtimoiy xo`jalik – insoniyat jamiyati taraqqiyotining alohida uzoq dvarlari davomida ishlab chiqarishning maqsadini ancha to`liq ifodalab qoladigan, barqaror umumiy belgilarga eg bo`lgan va rivojlanishda ma`lum bir qonuniyatlarga asoslangan xo`jalik yuritishning barqaror turlaridir.
Ijtimoiy xo`jalik shakllari:
Natural xo`jalik –bunda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o`z iste`molini qondirish va ichki xo`jalik ehtiyojlari uchun ishlab chiqariladi.
Tovar xo`jaligi – bunda mahsulot bozor uchun, ayriboshlash orqali o`tib, boshqalarning ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko`zlab ishlab chiqariladi.
Natural xo`jalik belgilari:
- Mehnat taqsimoti yetarlicha rivojlanmagan;
- Ishlab chiqarish biqiq xarakterga ega bo`lib, ishlab chiqaruvchilarning o`z ehtiyojlarini qondirishga bo`ysindirilgan;
- Ishlab chiqarish bilan iste`mol o`zaro mos kelib, bevosita xo`jalik ichida bir –biri bilan bog`langan;
- Mehnar tor doirada ijtimoiy xarakterga ega bo`lgan;
- Ishchi kuchining harakatchanligi cheklangan.
Tovar xo`jaligining belgilari:
- Ijtimoiy mehnat taqsimotining mavjud bo`lishi;
- Ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida bir – biridan alohidalashuvi;
- Mahsulotlarning bozor uchun erkin ayriboshlash maqsadida ishlab chiqarilishi.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti - bu mehnatning bir turidan boshqa turlarining ajralib chiqishi, ya`ni ishlab chiqaruvchilarning biron – bir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |