Tovarlar va xizmat ishlariga bo’lgan talab va taklif to’g’risida tushuncha
Download 42 Kb.
|
Tovarlar va xizmat ishlariga bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu erda D – talab ;
- Taklif to’q’risida tushuncha
Tovarlar va xizmat ishlariga bo’lgan talab va taklif to’g’risida tushuncha. Talab – bu tovar ishlab chiqarish kategoriyasiga mansub bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Bu bozorga chiqarilgan konkret (aniq) tovarlarga bo’lgan kishilarning ehtiyojini ifodalash shaklidir. Ehtiyoj – bu kishilarning ijtimoiy talabini qondirishdir. Ehtiyoj talabning mohiyatini, hajmini, tarkibini vadinamikasini ifodalaydi. Shuning uchun tovarlarga bo’lgan ehtiyoj talabga nisbatan ilgari paydo bo’ladi. Amaliyotdatalab qiymat ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. Ehtiyoj ham qiymat ham natural ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Talab – aholini pul mablaq’lari bo’lgan sharoitida tovarlarga bo’lgan bozordagi ehtiyojini ifodalash shaklidir.SHunday qilib talab va ehtiyoj orasida quyidagi farklar mavjud: miqdoriy; bunda ehtiyoj hajmi talab hajmidan ko’pdir; faqat bozorlar tovarlar bilan to’lib toshganda, aholining pul daromadlari ko’payib ketgan hollarda talab vaehtiyoj bir-biriga mos keladi. Boshqachasiga aytganda, aholi qancha tovarga ehtiyojlari bo’lsa, shunchamiqdorda tovar xarid qilishi mumkin; o’z tabiati bo’yicha talab bu, bozor kategoriyasi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda tovar-pul munosabatlaribilan boq’liqdir. Ehtiyoj esa bozorga ijtimoiy munosabatlarga va boshqa omilarga boq’liq bo’lmagan holdaamal qiladi; ehtiyoj ma’lum davrlarda o’zgarib turadi. Talab ma’lum davrlarga (mavsum, yilga) ilmiy asoslangan holdabelgilab beriladi. Talab aholining pul mablaq’lari bo’lgan sharoitda tovarlarga bo’lgan bozordagi ehtiyojini ifodalash shaklidir.Tovarlarni xarid qilish hajmiga quyidagi omillar ta’sir etadi: I. Fiziologik; II. Ijtimoiy ro’zq’or; III. Ishlab chiqarish omillari (mahsulot navi, turi, sifati); IV. Iqtisodiy omillar (aholi daromadining darajasi, tovarlar narxi, inflyatsiya); V. Ob-havo sharoitlari. Shunday qilib, turli xildagi mahsulotlarga talabning shakllanishi ularga bo’lgan ehtiyojni o’rganish vashakllanishiga asoslanadi. Ularni boshqarish davlat tomonidan ma’lum yoki zaruriy dastaklar va raq’batlantirishusullaridan foydalanish yuli bilan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatga muvofiq olib boriladi (amalga oshiriladi). Talabniboshqarish mobaynida bir qator omillar kompleksini hisob olish zarur: - tovarlar narxi va ularning o’zgarishi mumkinligi; - aholi pul daromadlarining o’zgarishi, ularni ijtimoiy guruhlar o’rtasida taqsimlanishi; - import tovarlarni etkazish; - oziq-ovqat mahsulotlarini uy sharoitida saqlash; - aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z-o’zini ta’minlash hajmining o’sishi. Talab hajmi – bu alohida kishilarning, kishilar guruhi yoki butun aholining ma’lum sharoitlarda vaqt birligi ichida(kun, oy, yil) ma’lum miqdordagi tovarni xarid qilish uchun bo’lgan ehtiyojdir. Tovar xarid qilish mumkin bo’lgan sharoitlarga quyidagilar kiradi: - shu tovarning narxi; - boshqa tovarlarning narxi; - aholi pul daromadlari miqdori; - xaridorlarning didi va xarakteri. Talab hajmining uni belgilovchi omillarga boq’likligi talab funktsiyasi deyiladi. Q = f (P) Bu erda D – talab;S – taklif; P – narx; Q – hajm. Talab qonuni. Baho bilan talab hajmi o’rtasida nisbiy va teskari boq’liklik bor. Iste’molchilar har birqo’shimcha mahsulotni uning narxi kamaygan sharoitda oladilar. CHunki keyingi xar bir mahsulot birligini xarid qilishiste’molchilarni kamroq qoniqtiradi. Daromadning foydaliligi – bu demak, nisbatan tovarlar hajmi ancha kam bo’lganda kishilar shu tovarni ko’proqxarid qilishadi. Bir - birining o’rnini almashtira oladigan tovarlarning foydaliyligi - nisbatan baho past bo’lganda kishilardaqimmat bo’lgan xuddi shunday tovarlar o’rniga arzon tovarlarni xarid qilish ishtiyoqi paydo bo’lishidir. Taklif to’q’risida tushunchaTaklif hajmi deb, sotuvchi yoki guruh sotuvchilarning vakt birligi ichida ma’lum sharoitlarda bozorda ma’lumturdagi va miqdordagi tovarni sotishga bo’lgan xohishiga aytiladi. Taklif funktsiyasi Qs=f(P) deb taklif hajmi va uning belgilovchi omillarga boq’likligiga aytiladi. Taklifga quyidagiomillar ta’sir qiladi: - tovarning narxi; - boshqa tovarlarning narxi; - qo’llaniladigan texnologiyaning xususiyati; - soliq va datatsiyalar; - tabiiy sharoitlar. Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling