Tovarlarga narx belgilash va narx siyosati mavzusi doirasida tuzilgan
Download 14.08 Kb.
|
Krosvord Islombek
Krossvord Tovarlarga narx belgilash va narx siyosati mavzusi doirasida tuzilgan. 1………….- Bu bozor elementlaridan biri bo’lib tovarlarning puldagi qiymatini aks ettiradi. 2. Marketing nimasida narx ikkinchi element bo’lib, daromadni belgilaydigan asosiy ko’rsatgichdir. 3. Narx ………….-marketing strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi va korxonaning bozorda maqsadga erishish jarayonida narxlarni belgilash bo’yicha faoliyatini boshqarish tamoillari va uslublari tizimi sifatida xizmat qiladi. 4.Marketingda foydani quyidagicha aniqlash mumkun: F = N*V – S, Bu yerda N- tovar narxi; V- sotilgan mahsulot hajmi bo’lsa S nimani anglatadi. 5. ………………… deganda tovarning narxini o’zgartirish yo’li bilan raqobat kurashiga borish tushuniladi. 6………………………da narxning roli kamaytirilmaydi, balki birinchi o’rinda tovarning xususiyati, markasining obro-e’tiboriga, servis darajasi va Tovar bilan bog’liq boshqa omillarga e’tibor qaratiladi. 7.Talabning narxga bog’liq holdagi ………..ligi - Bu tovarning narxi bir foizga o’zgarishi natijasida ularning sotish hajmi o’zgarishining foizlarda ifodalanishidir. 8………………-korxona tovarga bo’lgan talabni, tovar ishlab chiqarish uchun sarf bo’lan yalpi harajatlarni hisoblab chiqish va raqobatchilar narxini o’rganib, o’zining tovariga narx qo’yishdir. 9. Korxona rahbari odatda o’z tovariga necha xil narx qo’yishi mumkun? 10. Qaysi usulda korxonalar narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas, balki tovarning iste’molchilar tomonidan haridor sifatida qabul qilinishi, ya’ni tovarning haridor xoxlaydigan foydaliligidadir deb biladilar. 11. Narx ……………..- Bu narxlashtirish sohasidagi qarorlar va tadbirlar kompleksi bo’lib, u muayyan tovar yoki xizmatga tegishli bo’lgan narx siyosatini marketing strategiyasini amalga oshirishda aniqlashtiradi. 12. korxonaning ……………..- to’lov qobilyatini saqlash va ta’minlash strategiyasi. 13………narx – bu to’langan,korxona hisob raqamiga pullarning kelib tushushida o’z aksini topgan narxdir. 14. Qaysi strategiyada rivojlangan bozor va kuchli raqobat sharoitida narx siyosati muvofiqlashgan va narxsiz raqobatning boshqa usullari bilan to’ldirilgan bo’ladi? 15.Ko’pincha bozorga texnalogiyasining soddaligi bilan farq qiladigan va ommaviy iste’molni ko’zlaydigan yangi mahsulotni kiritishda qo’llaniladi. Ushbu jumla qaysi strategiyada sodir bo’ladi. Download 14.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling