Tovush detektori uch XIL chiqishga EGA bo'lgan kichik va ishlatish uchun juda oson audio sensorli platadir
Download 0.57 Mb.
|
1 2
Bog'liq1-mustaqil ish
Dasturni ishga tayyorlash
Xuddi boshqa zamonaviy musiqiy muharrirlardagi kabi, Sound detector dasturida ham yaratilayotgan musiqiy materialning sifati va dasturda ishlash qulayligi bog‘liq bo‘lgan bir qator parametrlar mavjuddir. Bundan tashqari, ixtiyoriy zamonaviy musiqiy muharrir, ko‘pgina boshqa (misol uchun, ofis yoki dizaynerlik) dasturlardan farqli o‘laroq, real vaqt tizimidir. Demak, dastur ishiga ta’sir qiluvchi parametrlar nihoyatda muhimdir. Dasturni o‘rganishdan oldin, bir qancha atamalarni sanab o‘tamiz va ularga qisqacha tushuntirishlar berib o‘tamiz. ASIO (Audio Stream In/Out - audiooqimning kirish/chiqishi) - Steinberg firmasi ilgari surayotgan API, tovushli kartalarning drayverlariga tovushli dasturiy ta’minot bilan bevosita tovushli ma’lumotlar almashishga imkon beradi. ASIOni qo‘llab-quvvatlovchi tovushli kartalarning drayverlarini qo‘llash, plaginlardan foydalanishda, tovushli oqimlarni miksherlash va hokazolarda minimal kechikishlarga erishishga imkon beradi. (bu erda biror bir buyruq berilib, uning tovushga qo‘llanishi orasidagi kechikish nazarda tutilayapti). Hozirgi kunda deyarli hamma professional tovush muharrirlari va virtual studiyalar ASIOdan foydalanadilar. Mos holda, multimediyali tovushli kartalar, yarimprofessional va professional tovushli interfeyslar ham ASIOni qo‘llab-quvvatlaydilar. Sound detector va tovushli karta orasida ma’lumotlar almashish ikkita tarkibiy qismning mavjudligini taqozo etadi: Sound detector tomondan dasturiy interfeysning va tovushli karta drayveri tomonidan dasturiy interfeysning mavjudligi. Sound detector faqatgina ASIO bilan ishlaydi. Shuning uchun, Sound detectorning drayverlari ASIOni qo‘llab-quvvatlamaydigan tovushli kartalar bilan ishlashini ta’minlash uchun ASIO ichidagi DirectX dasturiy adapteri qo‘llanadi va u ASIO DirectX Full Duplex Driver deb nomlanadi. Sound detector bilan birga mazkur dasturiy adapterni sozlashga mo‘ljallangan ASIO Direct Sound Full Duplex Setup dasturi o‘rnatiladi. Xulosa qilib aytsak, agar tovushli kartaning drayverlari ASIOni qo‘llab-quvvatlasa, u holda Sound detectorda aynan shu drayverlardan foydalanish kerak. Agarda ASIO qo‘llab-quvvatlanmasa, u holda ASIO Full Duplex DirectX Driver yoki ASIO DirectX Driverlardan foydalanish zarur. 7 Agarda tovush kartasi eskirgan bo‘lib, ko‘rsatilgan APIlarning birortasini ham qo‘llab-quvvatlamasa, u holda mazkur tovush kartasini yangisiga almashtirish lozim. Yana tovushli kartalarning universal drayveri bo‘lgan ASIO4ALL dan ham foydalanish mumkin, u erkin ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanar edi. Audio interfeys parametrlarini sozlash Bosh menyuning Devices > Device Setup buyrug‘i yordamida Device Setup muloqot oynasini ochamiz. Mazkur oynaning chap qismida Devices ro‘yxati joylashgan bo‘lib, unda tizimda mavjud bo‘lgan hamma apparatli va dasturiy qurilmalar sanab o‘tilgan. Ta’kidlash lozimki, “qurilma tizimda mavjud” deganimizda, biz uning apparatli qismi (agar u mavjud bo‘lsa) va unga mos drayverlar o‘rnatilgan va ular yaxshi ishlayotganligini nazarda tutamiz. VST Audio System (ris 1) bo‘limini tanlaymiz. Bu yerda Sound detector tovushli dvijokining ba’zi parametrlarini o‘zgartirish mumkin. ASIO Driver ochiladigan ro‘yxatida raqamli tovushni kiritish/chiqarish uchun qo‘llaniladigan drayverni tanlash lozim. aytib o‘tkanimizdek, bu yerda quyidagi variantlar mavjud: · ASIO DirectX Full Duplex Driver – dasturiy adapter, u Sound detectorga DirectX vositasida tovushli karta bilan ishlashga imkon beradi; · ASIOni qo‘llab-quvvatlovchi tovushli kartaning drayveri – u Sound detectorga tovushli karta bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkonini beradi. Xulosa: Tovush detektori uch xil chiqishga ega bo'lgan kichik va ishlatish uchun juda oson audio sensorli platadir. Ovoz detektori nafaqat audio chiqishini, balki tovush mavjudligining ikkilik ko'rsatkichini va uning amplitudasining analogli tasvirini ham beradi. 3 ta chiqish bir vaqtning o'zida va mustaqildir, shuning uchun siz bir vaqtning o'zida xohlaganingizcha ko'p yoki kamroq foydalanishingiz mumkin. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling