Tovush o‘zgarishi hodisalarida qaysi tovushlar faol? Tovush tushishida


Download 32.49 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi32.49 Kb.
#201347
Bog'liq
Tovush o'zgr hodisalari jadvali


Tovush o‘zgarishi hodisalarida qaysi tovushlar faol?

Tovush tushishida:

Tushadigan

tovush


So‘z

Qo‘shiladigan

qo‘shimcha



Tovush tushgandan keyingi so‘z shakli

-a tovushi

shahar, zahar

-i, -(i)m, -(i)ng, -(i)miz, -(i)ngiz

shahrim, zahring, shahrimiz, zahringiz

-i tovushi

o‘yin, qiyin

-a

o‘yna, qiyna




o‘rin, qayin, bo‘yin, qo‘yin, yarim, ko‘ngil

-i, -(i)m, -(i)ng, -(i)miz,

-(i)ngiz


o‘rnim, qaynim, o‘rning, qayning, ko‘nglingiz, qayningiz, bo‘ynim, qo‘yning…




Ikki, olti, yetti

-ala, -ov(lon)

ikkala, ikkov, oltov, yettovlon




qayir, ayril

-il

qayril, ayril




sariq

-ay

sarg‘ay

-u tovushi

ulug‘

-ay

ulg‘ay




burun

-i, -(i)m, -(i)ng, -(i)miz, -(i)ngiz

burnim, burning, burningiz…

-n tovushi

men, sen

-ni, -ning, -niki

meni, mening, meniki

seni, sening, seniki



-t tovushi

past, sust

-ay

pasay, susay



Eslatma: qizil so‘ziga -ar qo‘shimchasi qo‘shilib fe’l yasalganda, ikki tovush (il) birdan tushadi: qizar.

Tovush almashinishida:

Almashadigan

tovushlar



So‘z

Qo‘shiladigan

qo‘shimcha



Tovush almashgandan keyingi so‘z shakli

a o

Tirna, qiyna, quvna…

-q

tirnoq, qiynoq, quvnoq…




sayla, tanla, siyla …

-v

saylov, tanlov, siylov…




o‘yna, sayra

-qi

o‘ynoqi, sayroqi

o a

Son

-a

sana




Ong

-la

angla

i u

o‘qi, to‘qi

-v

o‘quv, to‘quv




lov, vov, gur, uv…

-illa(tovush almashish shu qo‘-

shimchada bo‘ladi)



lovulla,vovulla, gurulla, uvulla… (qo‘shimcha tarkibida i unlisi o‘zgaradi )




sovi, quri

-q

sovuq, quruq

k g

kurak,yurak, o‘lik…

-i, -(i)m, -(i)ng,

-(i)miz, -(i)ngiz



kuragi, yuragim, o‘liging…




-lik, -chilik, -garchilik qo‘shimchalari

-i, -(i)m, -(i)ng,

-(i)miz, -(i)ngiz



bolaligim, quyonchiligimiz,

odamgarchiligingiz …



q g‘

qishloq, uloq, botqoq…

-i, -(i)m, -(i)ng,

-(i)miz, -(i)ngiz



qishlog‘im, ulog‘ing, botqog‘i…




Sariq

-ay

sarg‘ay


Eslatma: sarg‘ay so‘zida qo‘shimcha qo‘shilgach, baravariga tovush (i) tushadi hamda tovush almashadi (q – g‘).

Tovush orttirilishida:

Orttiriladigan

tovushlar



So‘z

Qo‘shiladigan

qo‘shimcha



Tovush orttirilgandan keyingi so‘z shakli

n

u, bu, shu, o‘sha

-ga, -da,-dan,-dek,

-day, -cha, -gacha,




unga,unda, unday, bunda,

bunday, shuncha, bungacha, o‘shancha…



y

parvo, obro‘, mavqe, avzo

-i, -(i)m, -(i)ng,

-(i)miz, -(i)ngiz



parvoyim, obro‘ying, mavqeyi, avzoyingiz




xudo, mavzu

-(i)m, -(i)ng,

-(i)miz, -(i)ngiz



xudoyim, mavzuying




de (moq), e(moq)

-il

deyilmoq, eyilmoq


Eslatma: 1) xudo, mavzu so‘zlari 3-shaxsda qo‘llanganda, xudosi, mavzusi shaklida aytiladi va yoziladi.

2) orzu so‘ziga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush orttirilishi yuz bermaydi: orzum, orzung, orzusi, orzumiz, orzungiz.

3) nok, tok, ishtirok, ocherk, erk so‘zlariga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush almashinishi yuz bermaydi: nokim, nokingiz, toking, ishtiroki, ocherkimiz, erkingiz.

4) huquq, ishtiyoq, ravnaq, yuq, ishq kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush almashinishi yuz bermaydi: huquqim, ishtiyoqing, yuqi, ravnaqimiz


Izoh: misollardan keyin … (ko‘p nuqta) qo‘yilgani bu kabi misollar yana bor ma’nosida.
O‘rta maktabda Fonetikadan eng ko‘p duch kelinadigan mavzular berildi. Bu yog‘iga topshiriqlar joylanadi. Mavzularni bir qator takrorlab, yodlab olgandan keyin topshiriqlarni bajarishga kirishish mumkin bo‘ladi. Lekin oldiniga fonetik tahlil namunasini birozdan so‘ng tashlayman.
Download 32.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling