Tovushlar va harflar


Download 32.59 Kb.
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi32.59 Kb.
#232243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tovushlar va harflar bolimdagi mavzularni organish darslari rejasini

Tovush tasnifi 
Unli tovushlar tasnifi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida 6 unli fonema bor: a, o, i, e, o', u. 
Ular quyidagicha tasnif qilinadi:

1) tilning gorizontal harakatiga ko'ra;

2) tilning vertical harakatiga ko'ra;

3) lablarning ishtirokiga ko'ra.




1. Tilning gorizontal harakatiga ko' ra unlilar ikkiga bo' linadi: 
a) til oldi yoki oldingi qator unlilar: i, e, a 
b)til orqa yoki orqa qator unlilar: u, o', o 
Bunday bo'linishning sababi shundaki, til oldi unlilari talaffuz qilinganda tilning oldingi qismi faolroq harakatga keladi. Til orqa unlilarni talaffuz qilganda esa , tilning orqa qismi harakatga kelib , ko'pincha yumshoq tanglay tomon yo'naladi. 
2. Tilning vertikal harakatiga ko'ra unlilar uchga bo'linadi: 
a) yuqori unlilar (tor) unlilar: i, u; 
b) o'rta (o'rta keng) unlilar: 
c) quyi (keng) unlilar: a, o. 
Unli tovushlarning tilning vertikal harakatiga ko'ra tasnifida tilning tanglayga tomon ko'tarilishi va tushishi, og'izning ochilishi darajasi hisobga olinadi. Chunonchii, u tovushlarini hosil qilishda til tanglayga yaqin tur adi, shuning uchun og'izning ochilish darajasi tor bo'ladi; a, o tovushlarini hosil qilishda esa til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun og'izning ochilish darajasi ham keng bo'ladi; e, o' tovushlarini hosil qilishda til va tanglay o'rtasidagi oraliq o'rtaga bo'ladi, ya'ni tor ham emas, keng ham emas. Shunga ko'ra, og'izning ochilishi ham o'rtacha keng darajada bo'ladi. 
3. Lablarning ishtirokiga ko'ra unlilar ikkiga bo'linadi: 
1) lablangan unlilar: o', u, (o oraliqdagi) 
2) lablanmagan unlilar: a, i, e 

Download 32.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling