Bo`g`in
Bo`g`in bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasidir. Har bir bo`g`in alohida zarb bilan aytiladi. Bo`g`in juda katta amaliy ahamiyatga ega. Bular quyidagilar:
Yozuvda bir satrga sig`may qolgan so`zlar keyingi satrga bog`in ko`chirish asosida o`tkaziladi.
1-sinf o`quvchilarini savod chiqarishga bog`in asosida o`rgatiladi.
Barmoq vazni bog`inlar miqdorining tengligiga asoslanadi.
Bo'g'in murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko'ra, o'quvchilarda so'zni bo'g'inlarga bo'lish ko'nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |