Tovushning eng asosiy mohiyati shundaki, u ham yorug'lik kabi axborot manbai hisoblanadi. Tabiat tovushlari, atrofimizdagi odamlaming gaplari, ishlab turgan mashinalaming shovqini bizga ko'p ma'lumotlami beradi


Download 0.61 Mb.
bet1/2
Sana22.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1285969
  1   2
Bog'liq
Tovushdan klinikada f. biofizika



Tovushning eng asosiy mohiyati shundaki, u ham yorug'lik kabi axborot manbai hisoblanadi. Tabiat tovushlari, atrofimizdagi odamlaming gaplari, ishlab turgan mashinalaming shovqini bizga ko'p ma'lumotlami beradi. Tabiiyki, tovush odam ichki organlarining holati to'g'risida ma’lumot beruvchi manba ham bo'lishi mumkin. Kasallikni diagnostika qilishning keng tarqalgan usullaridan biri perkussiya usuli bo'lib, bunda tananing turli qismlariga urib ko'rishda chiqayotgan tovush eshitib ko'riladi.
Perkussiya tekshirish usuli sifatida tibbiyotga 1761-yili Auenbruger tomonidan joriy qilingan bo‘lib, hozir ham undan keng foydalaniladi. Tekshiriladigan joyga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘r- satkich barmoqning yumshoq yostiqchasi bilan tukillatib urib ko‘rish orqali perkussiya qilish mumkin, lekin barmoqni barmoqqa urib perkussiya qilish ma’qul. Bevosita va bilvosita perkussiyani farq qiladilar.
Bevosita perkussiya bemor tanasiga bir yoki juftlangan bir necha barmoq uchlari bilan urib ko‘rishdan iborat. Bilvosita perkussiyada zarb to‘g‘ridan to‘g‘ri bemor tanasiga berilmaydi, balki uning ustiga qo‘yilgan biror buyum orqali urib ko‘riladi. Plessimetr deb ata- luvchi bu buyum rolini birorta qattiq metall (ko‘pincha metall yoki suyak)dan yasalgan plastinka o‘ynaydi. Uni ushlash qulay bo‘lishi uchun, yonlari sal qayrilgan bo‘ladi. Plessimetrga zarb barmoq yoki uchiga rezina o‘rnatilgan maxsus bolg‘acha bilan beriladi.
Hozirgi vaqtda barmoqqa barmoq bilan urib ko‘rishdan iborat bilvosita perkussiya keng tarqalgan. Perkussiyaning bu turida ko‘krak qafasiga zich qilib qo‘yiladigan chap qo‘l o‘rta yoki ko‘rsatkich barmog‘ining o‘rta yoki tirnoqli bo‘g‘ini plessimetr bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘lning boshqa barmoqlari ham bemor tanasi yuzasida turishi, lekin ular bilan plessimetr — barmoq orasida ma’lum masofa bo‘lishi lozim.
Plessimetr — barmoqqa zarb, odatda, o‘ng qo‘lning yoy shaklida bukilgan o‘rta barmog‘i bilan beriladi. Bunda bolg‘acha rolini o‘ynayotgan barmoqning plessimetr — barmoqqa perpendikular tushishiga alohida ahamiyat berish kerak.
O‘ng qo‘lning boshqa barmoqlari birmuncha ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. Bir tekis turtkilar olish uchun perkussiya qilayotgan qo‘l perkussiya qilinayotgan qo‘l bilan barobar harakat qilishi lozim. Perkutor turtki keskin berilishi kerak, ya’ni turtkidan so‘ng bol- g‘acha — barmoq plessimetr — barmoqdan sakrab qaytib ketishi shart: aks holda, bolg‘acha barmoq plessimetr — barmoqqa ushlanib qolib, yuza to‘qimalar tebranishini to‘xtatib qo‘yadi va bu bilan tovush to‘lqinlari hosil bo‘lishiga xalaqit beradi. Har bir yangi joy perkussiya qilinayotganda ketma-ket berilgan 2—3 turtki hosil qilinayotgan tovush haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.Sog‘lom odamda gavda ustidan uch asosiy tovush: tiniq, bo‘g‘iq va timpanik tovush aniq­lanadi. Bu tovushlar qattiqlik darajasi va uzoq davom etishi bilan xarakterlanadi. Turli to‘qi- malarning shu tariqa tovush chiqarish xossalari bir necha sabablarga: to‘qimalarning elastik xossalari, organlarda havo bor-yo‘qligi va organ tuzilishining bir xilligiga bog‘liq.
Tiniq tovush qattiq, past bo‘lib, uzoq davom etadi. Elastik to‘qima va havodan iborat o‘pka ustidan chiqadi. Muskullar ustidan chiqadigan perkutor tovush, aksincha, sekin, baland va kalta — bo‘g‘iq bo‘ladi (to‘qimaning bir xilda tuzilganligi va havo yo‘qligi uchun).Elastik devorli ichi bo‘sh organlar (ichak, me’da) ustidan me’yorda timpanik tovush chiqadi. Bu tovush har xil tonda, birmuncha balandroq yoki bo‘g‘iqroq bo‘lishi mumkinki, bu — organ ichidagi havo miqdoriga va elastik devorlarining nechog‘liq tarang turganligiga bog‘liq (masalan, ichakda bir talay gazlar to‘planib qolganida baland tonli qattiq timpanik tovush chiqadi).
Perkussiya vaqtida qo‘yilgan maqsadga qarab, uning ikki turini farqlaydilar:

  1. qiyosiy perkussiya, buning yordamida ikki anatomik bir xil qismning perkutor tovushi taqqoslab ko‘riladi;

  2. topografik perkussiya, bundan maqsad anatomik har xil bo‘lgan sohalarni bir-biridan ajratish va shuningdek, organlar chegarasining tana yuzasiga aksini aniqlashdir.

  3. Tananing tekshirilayotgan joyiga barmoq yoki bolgʻacha bilan tukillab urib koʻriladi. Bunda chiqadigan tovushga qarab, tekshirilayotgan aʼzoning ahvoli haqida fikr yuritiladi; bir necha xil boʻladi;

1) auskultator Perkussiya — tekshirilayotgan joyga stetofonendoskop qoʻyib, chiqqan tovushni tinglash;
2) asbob-l i P. — plessimetr va bolgʻacha bilan tukillatish;
3) bevosita Perkussiya — tana yuzasini bevosita barmoklar b-n tukillatish;
4)vositali Perkussiya — tana yuzasiga bir qoʻl barmoqlarini qoʻyib, ustidan ikkinchi qoʻl barmogʻi bilan tukillatish yoki plessimetr ustidan bolgʻacha b-n tukillatish. Perkussiya qilib havosi bor yoki havosi yoʻq organlar oʻrtasidagi chegarani topish, oʻpka, yurak, jigar kabi aʼzolar holati va shaklini belgilash mumkin.


Kasallikni diagnostika qilishning keng tarqalgan usullaridan biri auskultatsiya (eshitib ko‘rish) eramizdan oldingi II asrdayoq ma’lum bo'lgan. Biror element tebranishi oqibatida hosil bo‘luvchi tovushlarni eshitib ko‘rish yo‘li bilan ichki organlarni tekshirish usuli auskulta­tsiya deb ataladi.
Auskultatsiyaning ikki turini farqlaydilar:

  1. bevosita auskultatsiya, bunda tekshiruvchining qulog‘i bemor badaniga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yiladi;

  2. bilvosita auskultatsiya, bunda tovush stetoskop yordamida eshitiladi. Stetoskopdan tashqari fonendoskoplar ham qo‘llaniladi. Ular bemor tanasiga qo‘yiladigan varonka yoki membranali maxsus kameradan va tekshiruvchi qulog‘iga tiqib qo‘yadigan ikki rezina naydan iborat bo‘lib, ularning bir uchida oliva bor. Fonendoskoplar tovushni kuchaytirib, uni qisman o‘zgartiradi, bu ularning noqulayligidir.

Auskultatsiya yordamida olinadigan ma’lumotlarga to‘g‘ri baho berish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur. Tekshirilayotgan bemorning ko‘krak qafasi ochiq bo‘lishi kerak, chunki stetoskop bilan tana o‘rtasida biror narsaning bo‘lishi yoki shovqinlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Hatto tananing stetoskopdan uzoqda joylashgan yeridagi kiyimning ishqalanishi eshitib ko‘rilayotgan sohada hosil bo‘layotgan tovushni o‘zgartirishi mumkin. Eshitib ko‘rilayotgan joylarda jun ko‘p bo‘lsa, u stetos- kopga ishqalanib, o‘pka kasalligida hosil bo‘ladigan tovushlarga o‘xshash tovushlar hosil qiladi.
Shuning uchun eshitib ko‘rishdan avval, jun bilan qoplangan yerlarni suv bilan namlash yoki yog‘ surtish kerak. Bemor eshitib ko‘rilayotgan xona tinch va issiq bo‘lishi kerak, chunki mushaklarning sovuqdan qisqarishi tufayli eshitilgan tovushlar patologik tovushlarga o‘xshab ketishi mumkin. O‘pka eshitib ko‘rilayotganda bemor og‘zini yarim ochib, chuqur va bir tekis nafas olishi kerak. Tekshiruvchi ko‘krak qafasining o‘ng va chap tomonidagi simmetrik joylarda eshitilayotgan tovushlar xarakterini chog‘ishtirib ko‘rishi kerak.
Yurak eshitib ko‘rilayotganda bemor dastlab tik holatda, so‘ng yotgan holatda bo‘lishi zarur. Eshitib ko‘rilayotganda stetoskop ko‘krak qafasiga tik qo‘yilishi va uning varonkasimon kengaygan yeri tana yuzasiga zich yopishib turishi kerak. Aks holda bemor tanasi bilan stetoskopning tanaga tegib turmagan qirrasi orasidan o‘tayotgan havo tovushni kuchaytirishi va uni noto‘g‘ri aks ettirishi mumkin. Shu bilan birga, ko‘pincha stetoskopning teri ustida sirpanishi qo‘shimcha tovushlar hosil qiladi.
Stetoskopni ko‘krak qafasi ustiga kuchli bosish mumkin emas, chunki bu hol ko‘krak qafasining eshitib ko‘rilayotgan yeridagi tebranishga xalaqit beradi va chuqurda joylashgan to‘qimalar tebra- nishini havoga, demak, quloqqa ham o‘tishini susaytiradi. Eshitish vaqtida stetoskopni qo‘l bilan ushlab turish mumkin emas, chunki barmoqlarning salgina harakati ham qo‘shimcha tovush hosil qiladi.



Anormal tovushlar ushbu sohalardagi muammolarni ko'rsatishi mumkin:

  • o'pka

  • qorin

  • yurak

  • asosiy qon tomirlari

Potentsial muammolar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:

  • tartibsiz yurak urishi

  • Crohn kasalligi

  • o'pkada yiring yoki suyuqlik to'planishi




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling