Toycha kelmoqda, Yugurib,yelib
Download 28.12 Kb.
|
she\'r
Toycha Toycha kelmoqda, Yugurib,yelib. Toycha yelmoqda, Shamolday bo’lib. Uning izidan Tushgandi bo’ri. O’sha bo’rining Qurisin sho’ri. Sho’x toycha qattiq Tepibdi uni. Yovuz bórining Bitibdi kuni. Toycha o’ynoqlab O’qday uchadi. Borib onasin Suyib quchadi. Bog`ot tumanidagi 11- maktabning 4-v sinf óquvchisi. Karimova Yorqinoy Ózbekistonim. Jannatmakon yurtim,moviy osmonim, Tinch,obod ólkamda zarafshon yerlar. Ózingsan g'ururim,saxiy makonim, Góyo madhing sening kuylar bulbullar. Tinchlikning qadriga yetaylik dóstlar, Qayda bor shundayin sehrli diyor. Dunyoning qaysidir burchaklarida, Bormikan bundayin mehrli dóst,yor. Bog'laring,tog'laring nurli diyorim, Ózbegim ózingsan gózal bóstonim. Ózingsan-chehramiz nuri chiroyim, Mustaqil davlatim-Ózbekistonim! Bog'ot tumanidagi 11-umumta'lim maktabi, 9-a sinf óquvchisi. Raximov Shahriyor Bahor Fasllar kórkisan,gózal bahorim, Sog'indik ólkamga tezroq kelaqol. Borliqni uyg'otib mudroq uyqudan, Dillarni yashnatib,darak beraqol. Qaldirg'ochlar qónar ayvon tomiga, Dehqon ketmon olib,shoshar dalaga. Yangilanish fasli bu,bayramlar fasli, Bahoroy tóldirgin yurtni lolaga. Bog'ot tumanidagi 11-umumta'lim maktabi, 11-a sinf óquvchisi. Sardorova Sevara Shukrona
Shukur qilib yashang dunyoda,
Bobo quyosh nurlarin sochib, Yashnatadi bog'u rog'larni. Ota-ona mehridan qonib, Ulg'aymoqda bolajonlari. Tinchligimiz qadriga yeting, Ilm oling,órganing tinmay. Har damini g'animat biling, Hunar izlang,behuda yurmay. Yurtboshimning duosi yordir, Bunday yurtning ertasi bordir. Farzandlari har ishga qodir, Barkamollik ularga xosdir. Bog'ot tumanidagi 11-umum ta'lim maktabi, 11-A sinf óquvchisi. G'ofurjonova Munisa. Sog’inch. Sen borsan dunyoning otasdhi bordir Har bir soniyada cho’qqa solguvchi Sen tufayli inson insonga zordir Hayolan bo’lsada birga qolguvchi Sening zarbingmidi meni yig’latgan Aybdor qilibman shirin xayotni Ko’zlarimdan orom uzoqqa ketgan Qalbimga solib oqil bayotni Yuragim qadog’ining chiziqlarida Sening noming ila zulm yotibdi Hayotimning achchig’u-shirin kunida Alam va azob chuqur botibdi Sen borsan hayotning sinovlari bor Suyanchig’ing sog’inib yig’layverasan Senla vujudimda intiqlar bor Chidolmasdan yurakni tig’layverasan Sog’inch!- Ezdiryapsan yuragimni Qiynalib kettim g’amlarga to’lib Ataylab ezdiryapsan yuragimni Birma-bir bormoqda umidim so’lib Muallif: Bog’ot tumanidagi 11-son maktabi 10-A sinf o’quvchisi Niyozova Shodmonoy Kulcha. Kulcha yopar mening oyim Shirin chiqar har doim Juda ko’p yeb to’ymayman Pishiring deb qo’ymayman Aytganinmdek shirin non Ko’p yopadilar har on Ustida zirasi bor Ichida shirasi bor Olip bordim maktabga non So’radilar shu zamon Kim pishirdi zirali non Ichi to’la shirali non Shunda men mag’rurlanib Boshim tik g’ururlanib Oyim deb javob berdim Barchaga nondan berdim Muallif: Bog’ot tumanidagi 11-son maktabi 5-A sinf o’quvchisi Rustamboyeva Nigina Onajon Doim bizni onajon Sog’ligimiz so’raysiz Doim bo’ling sog’ omon Jondan aziz onajon Shirin totli harq qachon Uning hushboy hididan Yuragimda hayajon. Oq yuvib oq taragan Mehr bilan qaragan Doim bizni o’ylagan Jondan aziz onajon Muallif: Bog’ot tumanidagi 11-son maktabi 4-v sinf o’quvchisi Qodirberdiyeva Zarina Sog’indim ona Charos ko’zlarimdan oromim qochar Yurakka g’ulg’ula tushar bir zumda Onam allalarim sog’inib yana Bedoru bemorman qorong’u tunda Sog’indim onajon yana sog’indim Yiglasam ko’z yoshim ortar onam yo’q G’am tushsa boshimga kelar onam yo’q Yuragim og’risa bilar onam yo’q Hattoki yonimda turar onam yo’q Sog’indim onajon yana sog’indim Qadringiz o’tsa ham, g’amga botsam ham Sizga talpindim men sizga topindim Muallif: Bog’ot tumanidagi 11-son maktabi 9-b sinf o’quvchisi Kenjayeva Asalxon Tong Atrof jimjit edi bir soat oldin Uyquga cho’mgandi tabiat butun Yorishmoqda zulmatga cho’mgan osmon Asta chekinmoqda qorong’u bu tun Olis ufqlardan oqarmoqda tong Yulduzlar yashirinur parda ortiga Quyosh sochar qizg’ish zarrin nurlarin Haqiqiy mehnatgash o’zbek yurtiga Xo’roz qichqiradi tomning ustida Bu go’yo yashnagan hayotning tongi Qalodirg’och chug’urlab, toylar olqishlab Kutib olishadi musaffo tongni Quyosh derazamdan mo’ralagan chog’ Uyg’onar tush ichra yotgan bu tanam Shukronalar aytdim ko’zim ochiboq Boshlanmoqda axir yana bir kunim Muallif: Bog’ot tumanidagi 11-son maktabi 7-A sinf o’quvchisi Otaxonova Nozima (Yovuzlik, ezgulikni yengolmas) Birdamlik Bor ekanda, yo’q ekan Yovuz virus bor ekan Uxan degan shaharda Qamoqda yashar ekan Uni hech sezishmabdi Nazarga ilishmabdi O’zini tojdor sanab Dunyoni egallabdi Butun kuchini to’plab Yurtimga ko’z tikibdi Panjalarini yozib Xalqimga chang solibdi Birdamligi hur xalqim Bu ofatdan qo’rqmabdi Eldan chiqqan paxlavon O’tishiga qoymabdi Ko’chalar ekan bo’m-bo’sh Eshiklar ham yopilgan Bolalar erkin-inoq Onlayn dars o’tilgan Virus shoshib qolibdi Eshiklarni qoqibdi Tentirab ko’c ha-ko’yda O’zi ajal topibdi Ertakdan hissa shuki Birdamlikda gap ko’pdir Axil va inoq bo’lsak Yovuzlikka yo’l yo’qdir Muallif: Bog’ot tumanidagi 11-son maktabi 4-b sinf o’quvchisi Xudayberganova Gulira’no Download 28.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling