Fizik xossalari. Alkinlarning dastlabki uch vakili gaz, C4H6 dan C8H14 gacha suyuq, undan keyingilari esa qattiq moddalardir. Kimyoviy xossalari. - Alkenlar va alkinlar alkanlarga qaraganda ancha faol moddalar. Ularning kimyoviy xossalarini etilen - eten va atsetilen - etin misolida kо‘rib chiqamiz. p-elektronlarning molekula tekisligidan tashqarida o‘zaro qoplama hosil qilgani uchun p – bog‘ barqarorligi kichikroq bo‘lishi ularning kimyoviy faolligiga sabab bo‘ladi. Kimyoviy reaksiyalarga dastlab qo‘shbog‘ yoki uchbog1 tutgan uglerodlar kirishadi. Shuning uchun ularga birikish reaksiyasi xos.
- Galogenlarning birikishi (galogenlanish):
- Bromli suv ta’sir ettirilganda alkenlar va alkinlar uni rangsizlantiradi. Bu reaksiya to‘yinmagan uglevodorodlarni aniqlash uchun qo‘llanadi:
- CH2=CH2 + Br2 → CH2Br-CH2Br 1,2-dibrometan
- CH ≡ CH + Br2 → CHBr = CHBr 1,2-dibrometen
- CHBr = CHBr + Br2 → CHBr2 - CHBr2 1,1,2,2-tetrabrometan
Do'stlaringiz bilan baham: |