Tozalik belgilari klasslari va ularni chizmada belgilanishi


Download 103.83 Kb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi103.83 Kb.
#1471492
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TOZALIK BELGILARI KLASSLARI VA ULARNI CHIZMADA BELGILANISHI


Tozalik belgilari klasslari va ularni chizmada belgilanishi

Reja:




  1. Mashina detallarining shakli va elementlari

  2. Materiallar va ularning chizmada belgilanishi

  3. O`lchash asboblari va o`lchash usullari

  4. Dopusklar, o`tkazishlar va ularning chizmalarda belgilanishi ғ

  5. O`lcham bazalari to`g`risida tushuncha

  6. O`lchamlar qo`yish

  7. Yozuvlar va texnikaviy talablar

  8. Detal eskizini chizish

  9. Detallarning ish chizmalarini chizish.

Detalning chizmasi bu detalni tayyorlash va nazorat qilish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni o`z ichiga olgan asosiy konstruktorlik hujjati hisoblanadi.


Agar detalning chizmasi chizma asboblarisiz ko`zda chamalab chizilsa, bunday chizmani eskiz deb ataladi. Eskizlarni har qanday standart formatli qog`ozda bajarish mumkin. O`quv sharoitlarida katak qog`ozidan foydalaniladi.
Detalning chizmasini bajarishdan oldin chizmaning mazmuniga tegishli hamma ma`lumotlarni, chunonchi, detalning eng ko`p uchraydigan elementlari, yuzalar g`adir-budurligi, o`lchami, texnikaviy talablar, materiallarning belgilanishlari va boshqa ma`lumotlarni o`rganish zarur.

  1. Mashina detallarining shakli va elementlari.

Mashina detallarini loyixalash ko`pgina texnikaviy masalalar bilan birga yechiladigan murakkab ijodiy jarayondir. Bunday masalalarga, detalning mustaxkamligini va chidamliligini, texnologikligini soddagina tayyorlash, yig`ish va ajratishning qulayligini, eng yengil massali va boshqa ko`pgina qulayliklarni ta`minlash kiradi.


Detal qanchalik murakkab shaklga ega bo`lmasin, konstruktor bu detalni oddiy geometrik jismlarning yoki ular qismlarining mujassamlashgan yig`indisi
sifatida loyixalaydi.
Detalning eskizini yoki ish chizmasini tuzishdan oldin detalning shaklini fikran alohida-alohida geometrik jismlarga ajratgan holda sinchiklab o`rganib chikish lozim. Faqat shu shartlar bajarilgandagina mukammal eskiz va ish chizmasini olish mumkin.
Proushina (1-shakl, a) quyidagi jismlardan iborat rezbali teshigi bo`lgan kesik konus 1 dan, to`g`ri doiraviy silindr 2 dan, to`g`ri burchakli parallelepiped 3 dan, silindrik o`yiqlari bor ikkita to`g`ri burchaklik parallelepiped 4 dan va ichi ikkita yarim silindrlardan tuzilgan.



1-shakl
2-shaklda eng ko`p uchraydigan mashina detallari elementlarining tasviri va nomlari keltirilgan



2-shakl

Download 103.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling