Tozalik va orastalik – sog‘lik garovidir!


Download 19.69 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi19.69 Kb.
#1217759
Bog'liq
10Tozalik


Tozalik va orastalik – sog‘lik garovidir!
Yurtimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xalqimiz sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismonan sog‘lom hamda ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shu bois mamlakatimizda inson salomatligini tiklash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga jiddiy ahamiyat berilib kelinayotganligi hech kimga sir emas. Zero, inson qadrlangan yurtda hamisha yuksalish va taraqqiyot bo‘lgan. Insonni buyuk sanagan xalqimiz ezgu amallar qilishni eng oliy maqsad qilib qo‘ygani rost.
Inson sog‘ligini saqlash, ma’naviy hayotini boyitish borasida eng katta ahamiyat beriladigan narsalardan biri tozalik-ozodalikka rioya qilishdir.
Azal-azaldan xalqimiz tozalik va orastalikka, saromjon sarishtalikka rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish singari masalalarga juda jiddiy ahamiyat berib kelgan. Tozalik inson salomatligining garovi ekanligining kelajak avlod vakillariga doimo uqtirib kelishgan. Zero, tozalik, orastalik mavjud joyda dard bo‘lmasligi ayni haqiqat.
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi deydilar. Darhaqiqat, ko‘ngil toza, beg‘ubor bo‘lsa, u mudom ozodalik, saranjomlik, tozalik va ko‘rkamlikni istaydi. Ko‘cha va bog‘lar, xiyobonlar, madaniy-maishiy binolar, maktab va bog‘chalar, shifoxonalar atroflari, umuman, barcha jamoatchilik maskanlarining obodonchiligi, ko‘rkam bo‘lib, gulzorlarga aylanib borishi kimni quvontirmaydi, deysiz?
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida ozodalik, tozalik, saranjomlik va hamjihatlik asosida hayot kechirganlar. Qon-qonimizga singib ketgan bu kabi go‘zal fazilatlar hali-hamon uyg‘oq, hamon tirik va ular o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Darhaqiqat, yosh avlodni tarbiyasiga e’tibor bermoqlik, ularni barkamol bo‘lib o‘sishiga, mahallaga, yurtga, vatanga muhabbatli bo‘lib ulg‘ayishiga katta omildir. Zero, yoshlar yurtning kelajagidir, kelajak to‘g‘risida o‘ylamaslik, qayg‘urmaslik kelajakka beparvo bo‘lishdir. Jamiyatning har-bir kishisi shu jamiyatning ravnaqi, gullab yashnashi uchun jon kuydirmog‘i lozimdir. Farzandlarimizni tozalik, poklik, ozodalik, orastalik, saranjom-sarishtalik kabi chiroyli xulqlar bilan tarbiyalanishiga e’tibor beraylik. Zero, amallar xulqning belgisidir. Insonning yaxshi xislatlar bilan sifatlanishi, agar uning asari tashqariga zohir bo‘lmasa hech qanday qiymati bo‘lmaydi. Inson nafsi ozodalikka rag‘bat qiluvchi, ozodalikni yaxshi ko‘ruvchi degan sifatga ega. Ozodalik yo‘llarini ham biladi, lekin uning asari jismida yoki kiyimida yoki hovlisida yoki uyidagi uy anjomlarida ko‘rinmasa u ozodalik xulqi bilan xulqlangan deb aytish durust emas.


Download 19.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling