Sherxon sur Humoyundan hokimiyatni tortib oldi
402
1543
Kopernik o'z xulosalarini "Osmon jisimlarining aylanishi haqida"kitobida bayon
etdi. Unda Yerning Quyosh va o‗z o‗qi atrofida aylanishini isbotlab berdi.
403
1543
partugaliyalik Mendish Pinto Bungo viloyati hukmdori bilan Yaponiyaga turli
tovarlar qatori qurol-aslaha, porox olib kelish va ularni oltin hamda kumushga
ayirboshlash to‗g‗risida shartnoma imzoladi.
404
1547
Ivan IV Rossiya da birinchi bor Podsholik tojini kiydi (1547-1584-yillar)
405
1547
Ivan Grozniy taxtga o'tirdi. Ungacha Vladimir knyazligini Yuriy Dolgorukiy
avlodlari boshqargan.
406
1549
Ivan IV aholi turli toifalari vakillarining yig‗ilishini - Zemstvo soborini chaqirdi.
Ivan IV Zemstvo soborida boyarlar hokimiyatini keskin qoraladi. Sobor yangi
Sudebnik tuzish haqida qaror qabul qildi. Unga ko‗ra,
1) bundan buyon dvoryanlarni ayblari va nojo‗ya qilmishlari uchun boyarlar
sudiga berish taqiqlandi.
2) Dvoryanlardan ming nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib beriladigan
bo‗ldi.
3) Davlat lavozimlarini faqat zodagon naslidan bo‗lganlar egallashi tartibiga chek
qo‗yildi.
4) Boyarlarning o‗zlari uchun aholidan yig‗adigan soliqlar bekor qilindi.
5) Joylarda boyarlar boshqaravi o‗rniga Zemstvo (mahalliy o‗zini-o‗zi boshqarish
16
organlari) tuzildi.
6) Krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‗tishini yiliga bir kun -
26-noyabr bilan cheklab qo‗ydi.