17
430
1584
Ivan IV vafot etdi. Taxtga uning o‗g‗li Fyodor Ivanovich (1584-1598) o‗tqazildi. U
kasalmand bo‗lganligi uchun amalda hokimiyatni qaynisi, boyar Boris Godunov
(amalda 1584-1605-yillarda) boshqardi.
431
1585
Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga uchinchi marta elchi yubordi. Abdullaxon
Badaxshonning egallab olinishi sabablarini tushuntirishga harakat qilgan edi.
Abdullaxonning fikricha,
1) musulmonlarning muqaddas shaharlari bo‗lgan Makka va
Madinaga
boradigan yo‗l Badaxshon orqali o‗tardi.
2) Bu yo‗lni g‗ayridinlardan tozalash maqsadida
Badaxshonni egallaganini
bildiradi.
432
1586
Akbarshoh o‗z elchisini Abdullaxonning elchilariga qo‗shib Buxoroga yuboradi.
Akbarshoh o‗z maktubida Abdullaxonga
1) Turkiya Eronning bir qismini bosib olganligidan tashvishlanayotganligini,
2) Buxoro va Hindiston birgalikda Eronga yordam ko‗rsatishi zarurligini ma‘lum
qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: