Traktor va transport vositalari dvigatellarining krivoship shatunli mexanizmi tuzilishi va ishlashini o‘rganish. 4-soat 1
Download 0.65 Mb.
|
1-amaliyTraktor va transport vositalari dvigatellarining krivoship shatunli mexanizmi tuzilishi va ishlashini o
Traktor va transport vositalari dvigatellarining krivoship shatunli mexanizmi tuzilishi va ishlashini o‘rganish. 4-soat 1.Ta’sir qiluvchi kuchlar va momentlar. Krivoship shatunli mexanizm silindrlar 12, xalqalari va barmoqlari bilan birga porshenlar 25, podshipniklari bilan birga shatunlar 23 dan tashkil topgan (25-rasm). Mexanizmning barcha detallari silindrlar bloki 8 va karterda joylashadi. Ishlash jarayonida mexanizmning detallariga turli kuchlar va momentlar ta’sir qilib, ular son qiymati va yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgarib turadi. Ularning ba’zilari dvigatelning ishlashini ta’minlasa, boshqalari detallarning yeyilishiga olib keladi. Gazlarning bosim kuchi Rg (26-rasm) barqaror bo‘lmasdan, ishchi aralashmaning alangalanishi (portlashi) vaqtida keskin oshadi, ish yo‘li davomida esa ravon pasayadi. Inersiya kuchlari. Tirsakli valning ravon aylanishlari chastotasida porshen chekka nuqtadan tezlanish bilan uzoqlashadi va unga sekinlashish bilan yaqinlashadi. Harakatlanayotgan porshen va uning detallari, tezlanish olishi bilan va o‘zining tezligini saqlashga harakat qilgan holida uning o‘zgarishiga qarshilik qiladi. Krivoship shatunli mexanizm detallarining norovon harakatlanishi natijasida unga inersiya kuchlari ta’sir qiladi. Inersiya kuchlari ham doimiy bo‘lmasdan, porshenning harakatlanish tezligi kamayayotganda harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab yo‘nalgan, tezlik oshayotgan paytda esa harakat yo‘nalishiga teskari tomonga yo‘nalgan. Chekka nuqtalarda inersiya kuchi Pi eng katta qiymatga erishadi. Yu.ch.n. u yuqoriga yo‘nalgan, p.ch.n esa pastga yo‘naogan. Shuning uchun ham porshen ish yo‘lining boshida inersiya kuchi doimo gazlarning bosim kuchiga qarshilik qiladi. Taxminan porshenning tezligi ish yo‘lining o‘rtalarida eng katta bo‘lib, inersiya kuchi esa nolgacha yetadi. In ersiya va gazlar bosim kuchlarining tashkil etuvchilari. Dvigatelning ishlashi davomida porshenga ikkita kuch ta’sir qiladi: gazlarning bosim kuchi va ilgarilanma harakatlanuvchi detallarning (porshen, barmoq va shatunning yuqori qismi) inersiya kuchi. Gazlarning bosimi sikl davomida yoqiladigan yonilg‘ining miqdoriga va boshqa bir qancha sabablarga bog‘liq va porshenning silindirda siljishiga qarab o‘zgarib turadi. Inersiya kuchi ilgarilanma harakatlanuvchi detallarning massasiga, tirsakli val aylanishlari chastotasining tebranishlariga, krivoship radiusiga bog‘liq va porshenning siljishiga qarab ham o‘zgarib boradi. Ikkala kuch birgalikda qo‘shilib yoki biri ikkinchisiga qarama qarshi bo‘lib, teng ta’sir etuvchi kuch Rp ni (Rg kuchdan katta yoki kichik bo‘lgan) hosil qiladi. Ushbu kuch ikkiga taqsimlanadi: shatun bo‘ylab yo‘nalgan Rsh kuch va silindr devoriga perependikulyar yo‘nalgan N kuchga. N kuch porshenni silindrga siqadi, tirsakli valning shatun bo‘yinchasi tomonidan qabul qilinadigan Rsh kuch esa h yelkaga ko‘paytirilib, burovchi momentni hosil qiladi va ushbu moment tirsakli valni aylantiradi:
Val aylanganda shatunning pastki qismida markazdan qochma kuch Rm hosil bo‘lib, u aylanuvchi qismlarning massasiga, krivoshipning aylanish chastotasi va radiusiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Rm kuchning ta’sirida podshipniklar va val bo‘yinchalarining yeyilishi oshadi. Markazdan qochma kuch tirsakli valning posangilari bilan muvozanatlanadi. Valning o‘zak bo‘yinchalariga qo‘yilgan Rsh kuch, uning podshipniklariga va dvigatel korpusiga uzatiladi. Ushbu kuchni ikkita tashkil etuvchilarga ajratish mumkin: N' va R'n .
2. Dvigatel korpusi va silindrlar. Korpus (ostov). Dvigatel korpusi harakatsiz qismlardan tashkil topgan bo‘lib, uning ichkari va tashqarisidan mexanizm hamda agregatlarining detallari mahkamlangan. Barcha silindrlarni o‘zida jamlagan qism silindrlar bloki deyiladi, unga biriktirilgan va tirsakli val aylanadigan hamda mexanizmlarni moylash uchun moy joylashgan bo‘shliq karter deb ataladi. Suyuqlik bilan sovutiladigan dvigatellarda ushbu ikkala qism bitta umumiy quyma ko‘rinishida tayyorlangan bo‘ladi va blok-karter deyiladi. Yuqori tomondan u silindrlar kallagi bilan, pastdan esakarter poddoni bilan, old tomondan taqsimlash shesternyalari korpusi (karteri), orqadan esa maxovik karteri bilan yopilgan. Dvigatel osmasi. Turli modeldagi dvigatellarning korpuslari mashinaning ramasiga elastik rezinametall amortizatorlar orqali tayanadi. Ular dvigatel titrashining haydovchiga va mashinaga zararli ta’sirini kamaytiradi, shuningdek dvigatel korpusini rama egilganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha yuklanishlardan saqlaydi (27-rasm).
Silindr. Unda porshen harakatlanib, dvigatelning ish sikllari jarayonlari sodir bo‘ladi. Uning ichki yuzasi ishqalanish va yeyilishni kamaytirish uchun silliqlanib, juda yuqori aniqlikda ishlov berilgan va silindr oynasi deb ataladi. Suyuqlik bilan sovutiladigan dvigatellarda har bir silindr alohida, yuqori mustahkamlikga ega bo‘lgan cho‘yandan quyilgan va silindr gilzasi deyiladi. Uni blokga yuqori tomondan o‘rnatiladi (28-rasm). Silindr kallagi. Silindr kallagi o‘zining devorlari va porshen tubi bilan yonish kamerasini hosil qiladi. Suyuqlik bilan sovutiladigan dvigatellarda silindrlar kallagi 2 (29-rasm) cho‘yan yoki alyuminiy quymadan iborat bo‘lib, silindr yoki silindrlar qatorini yopadi. Silindrlar kallagida taqsimlash mexanizmi klapanlari va forsunkalar (yoki uchqunli yondirish shamchalari) joylashadi. Korbyuratorli dvigatellarda u yonish kamerasi bo‘lib xizmat qiladi. 3. Porshen, shatunlar, tirsakli val va maxovik. Porshen. Ish yo‘li davomida porshen gazlarning bosim kuchini qabul qilib, barmoq orqali shatunga uzatadi, ularning issiqligini o‘ziga olib qiziydi va uni xalqalar orqali silindr devorlariga o‘tkazadi. Yordamchi taktlarda havoni yoki yonilg‘i aralashmasini kuiritish uchun siyraklanish hosil qilinadi, ushbu havo (yoki aralashma) qisiladi va ishlatilgan gazlar silindrdan chiqariladi. Porshen issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan va ishqalanish koeffisienti kata bo‘lmagan mustahkam alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi. Porshen to‘rtta qismlarga ajratiladi: porshen tubi A, kallak B, yubka V, va bobishka G (30-rasm). Porshen xalqalari. Dvigatelning ishlash qobiliyati va uzoq muddat normal ishlashi porshen xalqalarining holatiga bog‘liq. Porshenga 3-5 xalqalar o‘rnatiladi. Kompression xalqalar porshenning yuqori qismiga o‘rnatilgan va silindr va porshenni bir-biriga jipslash zarur. Ular porshenning ariichasig erkin kiradi, lekin porshenning yuqori qismidagi gazlarning karterga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi va qizigan porshendagi issiqlikni silindr devorlariga uzatadi (31-rasm,a). Moy sidirish xalqalari kompression xalqalardan pastga o‘rnatilgan va yonish kamerasiga moy o‘tmasligi uchun xizmat qiladi. Ular silindr devorlaridan sidirilgan moyni karterga yo‘naltiradi (31-rasm, b). Moy sidirish xalqasi yig‘ma bo‘lib, ikkita yupqa qirqimli xromlangan ishchi xalqalar V dan, o‘qli G va radial A kengaytirgichlardan, bitta tangensial D kengaytirgichdan yoki prujinali B kengaytirgichdan tashkil topgan. Po rshen barmoqlari porshen bilan shatunni sharnirli biriktiradi. Barmoq shatun kallagi vtulkasiga kichik tirqish bilan o‘rnatiladi, porshen bobishkasiga escha tirqishsiz o‘rnatiladi. Shatunlar. Shatunlar porshenni tirsakli val bilan bog‘laydi. Ular po‘latdan tayyorlanib, termik ishlov beriladi. Shatun sterjen va ikkita yuqori va pastki kallakdan iborat bo‘ladi(32-rasm). Tirsakli val. Tirsakli val ish yo‘li taktida har bir shautndan uzatilgan yuklanishni qabul qiladi, Ushbu yuklanishlarni burovchi momentga aylantiradi va maxovik orqali traktor yoki avtomobilning transmissiyasiga maxovik orqali uzatadi.
Tirsakli val po‘latdan yoki mustahkamligi yuqori cho‘yandan yasaladi. U shatun bo‘yinchalari D, (33-rasm) va o‘zak (tayanch) bo‘yinchalari, G, shek V, burun qismi (oldingi qism) va orqa qismlardan (xvostovik) tashkil topgan. O‘zak va shatun bo‘yinchalari shekalar bilan birgalikda krivoshipni tashkil qiladi. O‘zak va shatun bo‘yinchalarining yuzalari 3-6 mm chuqurlikda yuqori chastotali toklar bilan toblanib keyin silliqlanadi. Bo‘yinchalar va sheklarga A kanalchalar moy uzatish uchun burg‘ulangan bo‘lib ularda blokdan o‘zak bo‘yinchalariga, undan B bo‘shliqqa (chiqindi tutuvchilarga) so‘ngra esa radial teshikchalar orqali shatun podshipniklariga uzatiladi. Bo‘yinchalardan shekalarga o‘tish ravon kechadi va u galtel deb ataladi. Tirsakli valning barcha qismlari uning o‘qiga nisbatan muvozanatlangan. Dvigatelning ishlash paytida krivoshiplar va shatunlarning pastki qismlari aylanishlari paytida markazdan qochma kuchlar yuzaga kelib, o‘zak podshipniklarining yuklanishiga olib keladi. Ushbu kuchlarning ta’sirini kamaytirish uchun ko‘plab dvigatellarning vallari shatun bo‘yinchalariga teskari tomonga shekalarda posangilar yasaladi. Gazlar bosimlarining o‘zgaruvchan kuchlari va inersiya kuchlari, burovchi momentning davriy o‘zgarishiga (tebranishiga) olib keladi va valning metallida kuchlanishni yuzaga keltiradi. Ular valni ko‘proq yoki kamroq eshishga (burashga) harakat qiladi. Ushbu tebranishlar eshuvchi tebranishlar deyiladi va ular ayniqsa tirsakli vali uzun bo‘lgan dvigatellar uchun xavfli hisoblanadi.
Dvigatellarda ushbu tebranishlarni kamaytirish uchun tirsakli valning burun qismiga eshuvchi tebranishlarni so‘ndirgichlar mahkamlanadi. Maxovik, tirsakli val bilan birgalikda aylanib, kinetik energiyani yig‘adi va uni krivoship shatunli mexanizmni chekka nuqtalardan chiqarib olish uchun sarflaydi, dvigatelni o‘t oldirishni yengillashtiradi, tirsakli valning norovon aylanishini kamaytiradi, mashina traktor agregatining yoki avtomobilning joyidan qo‘zg‘alish paytidagi oshiqcha yuklanishlarni yengishga yordam beradi, qisqa muddatli ortiqcha yuklanishlarni yengishni osonlashtiradi. Maxovik cho‘yandan quyilgan bo‘lib, uning o‘lchamlari tirsakli valning aylanishlari chastotasi va silindrlar soniga bog‘liq (ushbu parametrlar qanchalik katta bo‘lsa maxovik shunchalik yengil) bo‘ladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling